Matbuot xizmatiTadbirlarYoshlarga oid muammolar hamisha e’tibor markazida

Yoshlarga oid muammolar hamisha e’tibor markazida

Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash tizimini rivojlantirish maqsadida qulay shart-sharoitlar yaratish O‘zbekiston hukumati uchun ustuvor yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Buni hayotga tadbiq etish esa o‘z biznesini boshlash niyatida bo‘lgan yoshlar uchun imtiyozlar, kichik biznes subyektlariga maqsadli subsidiyalar yoki har bir mintaqada kafolat mablag‘lari joriy etish kabi tizimli strategiyalar orqali amalga oshadi. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, yoshlar biznesini rivojlantirish uchun ko‘plab dasturlarni yaratish nafaqat idoraviy darajadagi hokimiyatning sa’y-harakatlarini birlashtirishi, balki mintaqaviy tuzilmalarni ham qamrab olishi talab etiladi. Binobarin, ushbu strategiya mamlakatda barqaror ishbilarmonlik muhitini shakllantirishga ko‘maklashib, davlat rivoji hamda ravnaqi uchun zarur omil sifatida xizmat qiladi.

Zero, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 29-dekabr kuni parlamentga murojaat bilan chiqish qilib, o‘z nutqida yoshlarni qo‘llab-quvvatlash dolzarb ekanligi to‘g‘risida alohida to‘xtalib o‘tgani va 2021-yilni “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” deb e’lon qilishni taklif qilgani, shuningdek, O‘zbekiston yoshlari forumida so‘zlagan nutqida davomida ham yoshlarni “O‘zbekistonning eng katta boyligi, bebaho xazinasi” deb ta’riflagani bejiz emas. Yoshlar mamlakatdagi biznes muhitini shakllantirishda, shuningdek, raqobatbardoshlik ko‘rsatkichini oshirishda asosiy manba bo‘lib xizmat qiladi. Ular jamiyatning eng faol qismi sifatida yuqori tadbirkorlik salohiyatiga ega va innovatsion g‘oyalarni rivojlantirish hamda yangi kichik biznes kompaniyalarini yaratish, qo’shimcha ish o‘rinlarini tashkil etish orqali mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy o‘sishiga o‘z hissalarini qo‘shadi.

Bugungi kunda respublikamizda 230 mingga yaqin yosh tadbirkor va fermerlar, mohir hunarmandlar faoliyat olib bormoqda. Ularning safi yanada kengayishi uchun davlat tomonidan zarur shart-sharoitlar yaratib berilmoqda. Faqatgina “Yoshlar – kelajagimiz” dasturi doirasida yosh avlod vakillarining 8 000 ga yaqin biznes loyihasiga 1 trillion 630 milliard so‘mdan ziyod imtiyozli kredit mablag‘lari ajratildi, natijada 40 mingga yaqin yangi ish o‘rni tashkil etildi. Davlat dasturi doirasida ishlab chiqarish sohasida 841,8 mlrd. so‘mlik 3 987 ta, xizmat ko‘rsatish sohasida 658,8 mlrd. so‘mlik 3 123 ta, qishloq xo‘jaligi sohasida 329,4 mlrd. so‘mlik 1 521 ta loyiha realizatsiya qilindi. Kredit olib o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘ygan yosh tadbirkorlar tomonidan 4 mln. 630 ming AQSh dollari miqdoridagi mahsulotlar eksport qilinishiga erishildi hamda ushbu yosh tadbirkorlar tomonidan davlat budjetiga yiliga o‘rtacha 100 mlrd. so‘mga yaqin soliqlar ko‘rinishidagi tushumlar amalga oshirildi. Shuningdek, Davlat dasturi doirasida yoshlarning jami 28,8 mlrd. so‘mlik 56 ta loyihalariga Jamg‘arma kafilligi taqdim etilib, ularning tadbirkorlik faoliyatini boshlashlariga ko‘maklashildi.

Oxirgi 2 yilda ichida hududlarda jami 19 ta “Yosh tadbirkorlar” kovorking-markazlari hamda 202 ta “Yoshlar mehnat guzari” komplekslari foydalanishga topshirilgan va ularda jami 2 380 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi. Qishloq joylarida esa “Har bir yoshga – bir gektar” loyihasining amalga oshirilishi natijasida 65 mingga yaqin yosh dehqonlarga 54 ming gektardan ziyod yer ajratib berildi.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, yoshlar tadbirkorligi zamonaviy jamiyat manfaatlarining markazida bo‘lib, butun aholining hayotiga ta’sir ko‘rsatadi. Iqtisodiyotning ko‘plab tarmoqlari yosh tadbirkorlar ishtirok etadigan mahsulotlar va xizmatlarning cheksiz oqimisiz qanotidan ayrilgan qush kabi yanada yuksak cho‘qqilarni zabt etishdan mosuvo bo‘ladi. Bundan tashqari, yoshlar tadbirkorligi ixtirochilik va innovatsion faoliyatni rivojlantiradi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, asosiy g‘oyalar va ixtirolar aksariyat hollarda yirik korxonalar va o‘z biznesini muvaffaqiyatli olib borayotgan hamda mustahkam o‘ringa ega bo‘lgan tadbirkorlarga qaraganda yoshlar faoliyatidan kelib chiqadi. Innovatsion muhitda tarbiyalanayotgan yoshlarning keng ma’nodagi ijodkorligi kelajakda iste’molchilar uchun yangi mahsulotlar, shuningdek, xizmatlar taklif etilishiga zamin yaratadi.

Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi yuqoridagi kabi kelajak yaratish uchun o‘z hissasini qo‘shib, yoshlarga har tomonlama ko‘mak berishda davom etadi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

O‘zbekistonda 2026-yilda davlat suv kadastri joriy etiladi

Suv hisobi platformasi orqali foydalanilgan suv miqdori aniq hisoblab boriladi va iste’molchilarga elektron tarzda yetkaziladi. Shavkat Mirziyoyev 13-oktabr kuni suv xo‘jaligi sohasini raqamlashtirish, quyi bo‘g‘inda suv...

O‘zbekiston Osakadagi butunjahon ko‘rgazmasida oltin medalni oldi

Yaponiyada tashkil etilgan EKSPO butunjahon ko‘rgazmasida O‘zbekiston paviloni o‘z yo‘nalishi bo‘yicha oliy mukofotga - «Mavzuning eng yaxshi ochib berilishi» nominatsiyasida oltin medalga sazovor bo‘ldi....

Yoshlarga 2+6 dasturi asosida til o‘rganish uchun subsidiya beriladi

Hududiga qarab to‘lovlar oyiga 812 ming so‘mgachani tashkil etadi hamda subsidiya yarim yil davomida beriladi. Yoshlarning o‘quv markazlarida xorijiy tillarni o‘qish xarajatlari bir qismi uchun...

O‘zbekistonda “Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida»gi qonun eskirgan va uni qayta ko‘rib chiqish kerak — prezident

Qayd etilishicha, favqulodda hodisalarning 70% dan ortig‘i aholi uylarida asboblarning nosozligi va xavfsizlik qoidalariga rioya qilmaslik oqibatida sodir bo‘lmoqda. Shavkat Mirziyoyev 8-oktabr kuni favqulodda vaziyatlarning oldini...

O‘zbekistonda kutilayotgan inflyatsiya yillik eng past ko‘rsatkichga — 12% ga yetdi

Shu bilan birga, biznesning narxlar o‘sishi bo‘yicha median prognozi avgust oyidagi pasayishdan so‘ng yana ko‘tarildi. O‘zbekistonliklarning inflyatsion kutilmalari sentyabr oyida yillik minimumni qayd etdi. Bu haqda...

O‘zbekistonda xorijliklar uchun maxsus soliq rejimi joriy etiladi

Maxsus soliq rejimi 2026-yildan chet el fuqarolarining mamlakatdan tashqari manbalardan olingan daromadlari uchun joriy etiladi. Chet el fuqarolari uchun maxsus soliq rejimi joriy etiladi. Bu haqdagi tegishli farmon...