Matbuot xizmatiTadbirlar“Yoshlar-kelajagimiz” Jamg‘armasi yoshlarga kredit olishda amaliy yordam beradi

“Yoshlar-kelajagimiz” Jamg‘armasi yoshlarga kredit olishda amaliy yordam beradi


Siz maktabni tamomladingiz,biroq oliy ta’lim mussasasiga kira olmadingiz,yoki muntazam ish izlaysiz-u ammo natija siz kutgandek emas. Yoxud tadbirkorlik qilmochisiz-u kredit olishda muammo bo‘lyaptimi? Mana shu kabi qator savollar qarshingizda orzularingizga qarshi chiqayotgan bir vaqtda xafsalingizni pir qilishga sira shoshilmang.“Yoshlar-kelajagimiz” Jamg‘armasi tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan yoshlarga maqbul shartlar asosida kreditlar berishdan tashqari ularga moliya-bank, soliq, marketing va buxgalteriya kabi qator yo‘nalishlarda kerakli tushuncha va maslahatlar berish bilan shug‘ullanib kelmoqda.
Xususan, “Yoshlar-kelajagimiz” Davlat dasturidan tashqari boshqa oilaviy tadbirkorlik dasturlari orqali kredit olishda amaliy yordam so‘rab murojaat qilgan 2 344 nafar yoshlarning 111,6 mlrd. so‘m miqdoridagi loyihalarini amaliyotga tatbiq etishda ko‘maklashish orqali, 1 966 nafar yoshlarning 79,5 mlrd. so‘m miqdoridagi loyihalari moliyalashtirilishiga erishildi.
Shuningdek, Jamg‘arma tomonidan kredit olib tadbirkorlik qilish istagini bildirgan, biroq mazkur kredit mablag‘i uchun yetarli garov ta’minotiga ega bo‘lmasdan, Jamg‘armaga kafillik berishni so‘rab murojaat qilgan 58 nafar yoshlarning 28,8 mlrd. so‘mlik loyihalariga 8,1 mlrd. so‘m miqdorida kafilliklar berilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-iyundagi PF-6017 son Farmoniga muvofiq Jamg‘arma tomonidan kafillik berish tartibi bekor qilingan.
Boshqa oilaviy tadbirkorlik dasturlaridan kredit olishda amaliy ko‘mak ko‘rsatish davom etmoqda.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

O‘zbekistonda 2026-yilda davlat suv kadastri joriy etiladi

Suv hisobi platformasi orqali foydalanilgan suv miqdori aniq hisoblab boriladi va iste’molchilarga elektron tarzda yetkaziladi. Shavkat Mirziyoyev 13-oktabr kuni suv xo‘jaligi sohasini raqamlashtirish, quyi bo‘g‘inda suv...

O‘zbekiston Osakadagi butunjahon ko‘rgazmasida oltin medalni oldi

Yaponiyada tashkil etilgan EKSPO butunjahon ko‘rgazmasida O‘zbekiston paviloni o‘z yo‘nalishi bo‘yicha oliy mukofotga - «Mavzuning eng yaxshi ochib berilishi» nominatsiyasida oltin medalga sazovor bo‘ldi....

Yoshlarga 2+6 dasturi asosida til o‘rganish uchun subsidiya beriladi

Hududiga qarab to‘lovlar oyiga 812 ming so‘mgachani tashkil etadi hamda subsidiya yarim yil davomida beriladi. Yoshlarning o‘quv markazlarida xorijiy tillarni o‘qish xarajatlari bir qismi uchun...

O‘zbekistonda “Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida»gi qonun eskirgan va uni qayta ko‘rib chiqish kerak — prezident

Qayd etilishicha, favqulodda hodisalarning 70% dan ortig‘i aholi uylarida asboblarning nosozligi va xavfsizlik qoidalariga rioya qilmaslik oqibatida sodir bo‘lmoqda. Shavkat Mirziyoyev 8-oktabr kuni favqulodda vaziyatlarning oldini...

O‘zbekistonda kutilayotgan inflyatsiya yillik eng past ko‘rsatkichga — 12% ga yetdi

Shu bilan birga, biznesning narxlar o‘sishi bo‘yicha median prognozi avgust oyidagi pasayishdan so‘ng yana ko‘tarildi. O‘zbekistonliklarning inflyatsion kutilmalari sentyabr oyida yillik minimumni qayd etdi. Bu haqda...

O‘zbekistonda xorijliklar uchun maxsus soliq rejimi joriy etiladi

Maxsus soliq rejimi 2026-yildan chet el fuqarolarining mamlakatdan tashqari manbalardan olingan daromadlari uchun joriy etiladi. Chet el fuqarolari uchun maxsus soliq rejimi joriy etiladi. Bu haqdagi tegishli farmon...