Matbuot xizmatiYangiliklar“Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi – o‘ziga ishongan yoshlar maskani

“Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi – o‘ziga ishongan yoshlar maskani

“Dunyoni boshqarish san’ati haqida o‘ylagan har bir inson imperiyalar taqdiri yoshlar tarbiyasiga bog‘liqligini biladi”, deya ta’kidlagan edi Aristotel. Darhaqiqat, necha ming yil oldin aytilgan ushbu so‘zlar hamon o‘z quvvati hamda og‘irligini yo‘qotganicha yo‘q. Zero, yurtning jadal rivojlanishi, muayyan yutuqlarga erishishi, xalqning farovon bo‘lishi o‘sha davlatda yoshlar ta’lim-tarbiyasi va kelajagiga beriladigan e’tibor darajasiga bog‘liq bo‘ladi.

Shu ma’noda, O‘zbekistonda ham yoshlar masalasi davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq Birinchi Prezident Islom Karimov rahnamoligida mamlakatda yoshlar huquqlari himoyasini kafolatlaydigan huquqiy va institutsional baza yaratildi. “Ta’lim to‘g‘risida”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”, “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”, “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida” va boshqa ko‘plab qonun hujjatlari qabul qilindi. Ularda yoshlarning zamonaviy o‘zgaruvchan jamiyat sharoitida hayotga moslashishi, jamiyat oldidagi mas’uliyatini anglagan fuqarolarni tarbiyalash uchun ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy, psixologik va pedagogik shart-sharoitlar yaratish ifoda etildi.

Shunga qaramay, yuqori texnologiyalarning jadal rivojlanishi, globallashuvning tobora kuchayib borayotgan muammolari, mamlakatimizning jahon iqtisodiyotiga izchil integratsiyasi oldimizga yosh kadrlar tayyorlash darajasi va sifatini hamda ularning huquqiy madaniyatini izchil oshirib borish, mafkuraviy immunitetini mustahkamlash kabi vazifalarni qo‘ydi. Bu, o‘z navbatida, yoshlarga oid davlat siyosatining huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish zarurligini taqozo etdi.

Mamlakatda yoshlarga oid davlat siyosatining huquqiy asoslari mustahkamlandi, eng muhimi, yoshlar bilan ishlash bo‘yicha Respublika idoralararo kengashi shakllantirildi. Bu yoshlar yangi bosqichga ko‘tarilayotgani va barcha umidlar yosh kadrlarga bog‘langanligi to‘g‘risidagi darakchidir. Yosh hokimiyat vakillari hokim o‘rinbosarlari lavozimlariga tayinlana boshladi. Yaqingacha davlat organlarida ishlaydigan yosh mutaxassislarning ulushi juda past edi, ammo so‘nggi kuzatuvlarga ko‘ra, keskin o‘sish kuzatilmoqda, buni esa e’tiborsiz qoldirib bo‘lmaydi.

Prezident Shavkat Mirzizoyevning 2018-yil 27-iyundagi “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturi doirasida to‘g‘risida”gi farmoni esa qilinajak ishlar samaradorligini oshirish borasidagi maqsadlar uchun yanada keng zamin yaratdi. Joylarda yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirishga, ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilishga, yosh tadbirkorlarning istiqbolli g‘oyalari va loyihalarini ro‘yobga chiqarishga, shuningdek, shu asosda yoshlar bandligini ta‘minlashga to‘sqinlik qilayotgan tizimli muammolar hanuzgacha saqlanib qolganligi tanqid qilingan mazkur Farmonda yoshlar masalalari bilan bog‘liq muammolar hamda ularning yechimlari qayd etildi. Buning natijasi o‘laroq yurtimiz bo‘ylab keng ko‘lamli ishlari amalga oshirildi. Xususan, ko‘plab yoshlarga o‘z bizneslarini tashkil etish uchun kerakli maslahatlar berildi, biznes-treninglar o‘tkazildi. Uyushmagan yoshlar uchun munosib sharoit yaratish, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, kasbga yoʻnaltirish va bandligini taʼminlash hamda tashabbuslarini ragʻbatlantirish borasidagi chora-tadbirlar jamg‘arma miqyosida yangi bosqichga olib chiqildi.  5 ta muhim tashabbus asosida “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturi doirasida 2020 yilda yosh tadbirkorlar loyihalarini ro‘yobga chiqarish orqali yoshlarning musiqa, rassomchilik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, shuningdek, zamonaviy bilim-ko‘nikmalariga ega bo‘lishini ta’minlash maqsadida o‘quv kurslari, nodavlat ta’lim muassasalari, yoshlar innovatsion markazi faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq 14,8 mlrd.so‘mlik 50 ta loyiha amalga oshirildi. Yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratish maqsadida fitnes klub, kichik futbol maydonlari, sog‘lomlashtirish maskanlari, trenajor zallari faoliyati yo‘lga qo‘yish uchun 18,3 mlrd.so‘mlik 81 ta loyiha, aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan internet klublar, kompyuter xizmatlari faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq 8,9 mlrd.so‘mlik 78 ta loyiha, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo‘naltirilgan zamonaviy Book cafe, nashriyot, kutubxona, kitob olami loyihalari faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq 900 mln.so‘mlik 7 ta loyiha ijrosi ta’minlandi. Shuningdek, xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash, imtiyozli kredit ajratish orqali ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash maqsadida yosh ayol tadbirkorlarning 78,7 mlrd.so‘mlik 437 ta loyihasining amalga oshirilishiga zamin yaratildi.

Shuningdek, jamg‘arma tomonidan zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega, mamlakatni munosib kelajagi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga ola biladigan barkamol, aniq maqsad sari intiluvchan va serg‘ayrat yoshlarni tarbiyalash, yoshlarning intelektual va ijodiy salohiyatini namoyish qilish, joylarda yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish, ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish, yosh tadbirkorlarning istiqbolli g‘oyalari va loyihalarini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish maqsadida yangi loyiha hamda tashabbuslar rejalashtirilgan. O‘z oldilariga ulkan yutuqlarga erishishni maqsad qilib qo‘ygan yoshlar bilan ishlash esa hamon davom ettirilmoqda.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, shuni aytish mumkinki, jamg‘arma kelgusida ham yoshlarning tadbirkorligini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashda, yoshlarni biznes bilan shug‘ullanishga faol jalb qilish uchun shart-sharoitlar yaratishda, ish o‘rinlari yaratishda va yoshlar bandligini ta‘minlashda huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

O‘zbekistonda 2026-yilda davlat suv kadastri joriy etiladi

Suv hisobi platformasi orqali foydalanilgan suv miqdori aniq hisoblab boriladi va iste’molchilarga elektron tarzda yetkaziladi. Shavkat Mirziyoyev 13-oktabr kuni suv xo‘jaligi sohasini raqamlashtirish, quyi bo‘g‘inda suv...

O‘zbekiston Osakadagi butunjahon ko‘rgazmasida oltin medalni oldi

Yaponiyada tashkil etilgan EKSPO butunjahon ko‘rgazmasida O‘zbekiston paviloni o‘z yo‘nalishi bo‘yicha oliy mukofotga - «Mavzuning eng yaxshi ochib berilishi» nominatsiyasida oltin medalga sazovor bo‘ldi....

Yoshlarga 2+6 dasturi asosida til o‘rganish uchun subsidiya beriladi

Hududiga qarab to‘lovlar oyiga 812 ming so‘mgachani tashkil etadi hamda subsidiya yarim yil davomida beriladi. Yoshlarning o‘quv markazlarida xorijiy tillarni o‘qish xarajatlari bir qismi uchun...

O‘zbekistonda “Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida»gi qonun eskirgan va uni qayta ko‘rib chiqish kerak — prezident

Qayd etilishicha, favqulodda hodisalarning 70% dan ortig‘i aholi uylarida asboblarning nosozligi va xavfsizlik qoidalariga rioya qilmaslik oqibatida sodir bo‘lmoqda. Shavkat Mirziyoyev 8-oktabr kuni favqulodda vaziyatlarning oldini...

O‘zbekistonda kutilayotgan inflyatsiya yillik eng past ko‘rsatkichga — 12% ga yetdi

Shu bilan birga, biznesning narxlar o‘sishi bo‘yicha median prognozi avgust oyidagi pasayishdan so‘ng yana ko‘tarildi. O‘zbekistonliklarning inflyatsion kutilmalari sentyabr oyida yillik minimumni qayd etdi. Bu haqda...

O‘zbekistonda xorijliklar uchun maxsus soliq rejimi joriy etiladi

Maxsus soliq rejimi 2026-yildan chet el fuqarolarining mamlakatdan tashqari manbalardan olingan daromadlari uchun joriy etiladi. Chet el fuqarolari uchun maxsus soliq rejimi joriy etiladi. Bu haqdagi tegishli farmon...