Matbuot xizmatiYangiliklarTurkiy davlatlar rahbarlari Samarqandda to‘planadi

Turkiy davlatlar rahbarlari Samarqandda to‘planadi

Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlarining navbatdagi sammiti joriy yilning noyabr oyida Samarqandda bo‘lib o‘tadi. Bu haqda kecha, 5-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an o‘rtasida kechgan telefon suhbatida so‘z borgan. 

Muloqotda 2022-yil noyabr oyida Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti yuzasidan fikr almashilgan.

Ahamiyatli jihati shundaki, O‘zbekistonda o‘tkazilishi rejalashtirilgan sammit Turkiy davlatlar tashkilotining ilk yig‘ilishi sifatida tarixda qoladi. Bungacha tashkilot Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi nomi bilan faoliyat yuritgan. 

Tashkilotning so‘nggi sammiti 2021-yilning 13-noyabr kuni Turkiyaning Istanbul shahrida o‘tkazilgan edi. Ushbu sammitda tashkilot nomi Turkiy davlatlar tashkiloti deya qayta nomlandi. 

O‘zbekiston ushbu tashkilotga 2019-yilning oktyabr oyida a’zo bo‘lgan. 

Ayni vaqtda tashkilotga Qozog‘iston, Turkiya, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Ozarbayjon a’zo sanaladi. Vengriya va Turkmaniston esa kuzatuvchi davlat maqomiga ega. 

2021-yilda o‘tgan sammitda davlat rahbarlari 10 dan ortiq hujjat – sammitning yakuniy deklaratsiyasi, “Turkiy dunyo nigohi – 2040” dasturiy hujjati va kun tartibiga kiritilgan boshqa qarorlarni imzolaganlar. 

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

O‘zbekiston sayyohlar oqimi eng tez o‘sayotgan mamlakatlar qatoriga kirdi

Mamlakatga kelayotgan sayyohlar oqimi 2019-yilga nisbatan 73% ga oshib, O‘zbekiston dunyodagi eng tez o‘sayotgan sayyohlik yo‘nalishlari top-20 taligiga kirdi. O‘zbekiston dunyoda sayyohlar oqimi eng tez o‘sayotgan...

O‘zbekistonda oilalar ijtimoiy-iqtisodiy holatiga qarab toifalarga ajratiladi

ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash oilalarning daromadi va bandlik imkoniyatlaridan kelib chiqib differensial yondashuv asosida yo‘lga qo‘yiladi. Shavkat Mirziyoyev 17-dekabr kuni ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish, hududlarda...

2026-yil Toshkent uchun “Jadal rivojlanish va aholi daromadlari o‘sishi” yili bo‘ladi — Shavkat Mirziyoyev

Kelgusi yilda jon boshiga xorijiy investitsiyani $3 ming, 2027-yili $3,5 mingga yetkazish uchun poytaxt tumanlari 3 ta yo‘nalishda rivojlantiriladi. Avvalroq prezident Toshkentda amalga oshirilgan ishlarni sarhisob...

Toshkentda bir vaqtning o‘zida elektr va issiqlik ishlab chiqaradigan markaz ishga tushirildi

Xitoyning CNTIC kompaniyasi bilan birga amalga oshirilgan loyiha 3,5 gektar maydonda joylashgan bo‘lib, unga $65 mln investitsiya yo‘naltirilgan. Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri Yunusobod tumanida barpo...

Tadbirkorlarga davlat va xususiy xizmatlar Biznes hamroh loyihasi orqali ko‘rsatiladi

Loyiha 2026-yil martidan boshlanib, dastlab 14 ta hudud markazlarida tashkil etiladi. O‘zbekistonda Biznes hamroh loyihasi amalga oshiriladi. Bu haqda prezidentning tegishli qarori qabul qilindi. Hujjatga ko‘ra, 1000 dan ortiq...

Markaziy bank yil yakuni bilan iqtisodiyot 7−7,5% atrofida o‘sishini kutmoqda

Shu bilan birga, prognozlar umumiy inflyatsiya 2025-yilda 7,3% atrofida bo‘lishini ko‘rsatmoqda. Markaziy bank boshqaruvi 11-dekabrdagi yig‘ilishida asosiy stavkani yillik 14% darajasida saqlab qolish to‘g‘risida qaror...