Matbuot xizmatiYangiliklarQishloq xo‘jaligida startaplarni moliyalashtirish uchun venchur kompaniyasi tashkil qilinadi

Qishloq xo‘jaligida startaplarni moliyalashtirish uchun venchur kompaniyasi tashkil qilinadi

Avvalroq prezident qishloq xo‘jaligini maxsus texnika bilan taʼminlash hamda sohaga raqamli texnologiyalarni keng joriy etish yuzasidan taqdimot bilan tanishgani haqida xabar berilgandi.

Unda Toshkent traktor zavodi faoliyatini sog‘lomlashtirish va qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari ham ko‘rib chiqildi.

Sohada zamonaviy bank xizmatlarini yo‘lga qo‘yish, raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellektga asoslangan yechimlarni joriy qilish borasidagi ishlar ham taqdimot qilindi.

2025-yilda Agrobank tomonidan qishloq xo‘jaligi texnikasi uchun 1,6 trln so‘mlik kreditlar ajratilgan bo‘lsa, joriy yilda bu ko‘rsatkichni 3,9 trln so‘mga yetkazish ko‘zda tutilgan. Kreditlash jarayonlarini avtomatlashtirish natijasida kredit ajratish muddati 3 kundan 3 soatgacha qisqarishi kutilmoqda.

Bundan tashqari, mijozlarga kompleks qishloq xo‘jaligi xizmatlari ko‘rsatiladi. Bunda har bir hududda bittadan agroxizmat zonalari tashkil etiladi va ularda qishloq xo‘jaligi agenti faoliyat yuritadi.

Ushbu zonalarda fermerlar bir joyning o‘zida bank, konsalting, monitoring, tuproq tahlili, ko‘chat yetkazib berish xizmatlari, agronom maslahatidan foydalanishlari, o‘quv kurslari haqida maʼlumot olishlari mumkin bo‘ladi.

Bankning chorvachilik va mevachilikda, suvni sarfini “aqlli” boshqarishda sunʼiy intellektdan foydalanish bo‘yicha pilot loyihalarni amalga oshirish, qishloq xo‘jaligida startaplarni moliyalashtirish maqsadida ustav kapitali 100 mlrd so‘mlik yangi venchur kompaniyasini taʼsis etish borasidagi rejalari ham ko‘rib chiqildi.

Davlat rahbari takliflarni maʼqullab, qishloq xo‘jaligida mexanizatsiya darajasini yana-da oshirish, mahalliy ishlab chiqarish va servisni rivojlantirish, raqamli platformalar orqali monitoring va moliyaviy xizmatlarni yaxshilash yuzasidan mutasaddilarga bir qator ko‘rsatmalar berdi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

Tadbirkorlar va olimlar uchun yagona elektron platforma yaratiladi

Tadbirkorlar hamda ilmiy hamjamiyat o‘rtasida o‘zaro hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda hukumatning tegishli qarori qabul qilindi. Hujjatga muvofiq, 2026-yil 1-iyulgacha tadbirkorlar va ilmiy hamjamiyat o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish...

Yoshlarning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha imkoniyatlar belgilandi

Koʻksaroy qarorgohida Prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan muloqoti boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi studiyalar orqali 60 mingdan ziyod yoshlar vakillari ishtirok...

O‘zbekiston-Serbiya Ishbilarmonlar kengashi tashkil etiladi

O‘zbekiston va Serbiya Ishbilarmonlar kengashi tashkil etiladi. Bu haqda Savdo-sanoat palatasi xabar berdi. Toshkentda 19-fevral kuni Serbiya Bosh vaziri o‘rinbosari — Iqtisodiyot vaziri Andreana Mesarovich bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda ikki...

Yanvarda O‘zbekistonga qariyb 1 mln nafar turist keldi

O‘zbekistonga bir oyda qariyb 1 mln nafar turist keldi, deb xabar berdi Milliy statistika qo‘mitasi. Qayd etilishicha, yanvar oyida jami 950 278 nafar chet el fuqarolari turistik...

Kelasi o‘quv yilidan ayrim texnikum o‘quvchilariga 1,2 mln so‘mgacha stipendiya beriladi

Prezident 2026-yil uchun davlat dasturini tasdiqlagani haqida xabar berildi. Hujjat bilan, 2026−2027-o‘quv yilidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Samarqand va Farg‘ona viloyatlaridagi kasbiy mahorat...

Laboratoriya uskunalarini xarid qilish tartibi tasdiqlandi

Ilmiy faoliyat sohasidagi tashkilotlar laboratoriya uskunalari bilan taʼminlanadi. Bu bo‘yicha tegishli nizom hukumat qarori bilan nizom tasdiqlandi. Hujjatga muvofiq, xarid uchun ariza masʼul shaxslar tomonidan rasmiylashtiriladi. Ilmiy...