Matbuot xizmatiYangiliklarPrezident TTZgacha bo‘lgan yangi metro liniyasi qurilishini 15-iyundan boshlashni topshirdi

Prezident TTZgacha bo‘lgan yangi metro liniyasi qurilishini 15-iyundan boshlashni topshirdi

Transport vazirining qayd etishicha, loyihaning qurilish ishlarini 2026-yil oxirigacha yakunlash rejalashtirilmoqda.

Avvalroq Shavkat Mirziyoyevga Toshkent metropolitenini rivojlantirish rejalari bilan tanishgani haqida xabar berilgandi. Metroni Toshkent traktor zavodi dahasigacha uzaytirish bo‘yicha tayyorlangan yangi taklifga ko‘ra, loyihani ikki bosqichda amalga oshirish rejalashtirilmoqda.

Transport vaziri Ilhom Mahkamov O‘zbekiston 24 telekanaliga bergan intervyusida Chilonzor metro liniyasini Buyuk ipak yo‘li bekatidan TTZ dahasigacha uzaytirish loyihasi tahlil qilingach, boshlang‘ich nuqta sifatida Pushkina (Salar) bekati tanlanganini qayd etdi.

Mart oyida o‘tkazilgan loyiha taqdimotida prezident bir qator vazifalarni belgilab bergandi, uning doirasida navbatdagi taqdimotda loyihani moliyalashtirish manbalari va qurilish muddatlari haqida ma’lumot berildi.

Transport vazirining qayd etishicha, TTZ dahasining yakuniy stansiya sifatida tanlanishi Chirchiq, Qibray va G‘azalkentdan har kuni 140 mingdan ortiq odam ishga kelishi bilan izohlanadi. Natijada bu Buyuk ipak yo‘li metro bekati yaqinida tirbandliklarni yuzaga keltirmoqda.

“Loyihaning qurilish ishlarini 15-iyundan boshlash topshirildi. Qurilish ishlarini xalqaro tajribaga ega qurilish kompaniyalari bilan amalga oshirish bo‘yicha ko‘rsatma berildi. Mazkur loyihani 2026-yil oxiri bilan topshirishni mo‘ljallayapmiz”, — dedi Ilhom Mahkamov.

ilhom mahkamov, metro, prezident, toshkent metropoliteni, toshkent shahri, transport vazirligi2021-yilning noyabrida davlat rahbariga Toshkent metropolitenining Buyuk ipak yo‘li bekatidan TTZ dahasigacha yerosti yo‘li hamda yerusti halqa metrosining ikkinchi bosqichini amalga oshirish rejalalari taqdim etilgandi.

Unda yerosti yo‘lini Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi yoki Buyuk ipak yo‘li ko‘chasi orqali olib o‘tish, birinchi holatda yo‘l uzunligi 8,6 kmni, ikkinchi variantda 8 kkmni tashkil etishi belgilangandi.

Joriy yilning mart oyida Toshkent metropolitenining Chilonzor yo‘nalishini TTZ dahasigacha uzaytirish rejalari ma’lum qilindi. Yangi metro bekatlarining soni 10 tani tashkil etib, bu tarmoq 30 ta mahalla, 148 ming aholini qamrab oladi.

Transport vaziri Ilhom Mahkamovning qayd etishicha, loyiha Salar bekatidan Akusherlik va ginekologiya institutigacha elektropoyezd yo‘nalishi bo‘ylab (Shahriobod bekati orqali Ekobozor’gacha) 5,5 km uzunlikdagi yer usti metrosini qurishni nazarda tutadi. Bu yerusti metrosining birinchi qismi bo‘ladi.

Avtomobil yo‘lini kesib o‘tgan to‘rtta joyda tunnellar qurish rejalashtirilgan. Pushkin metro bekatidan Salar temir yo‘l bekatigacha travolator orqali yopiq o‘tish joyi bo‘ladi.

Vazirning ta’kidlashicha, loyihani ishlab chiqish uchun xalqaro konsultantlarni jalb qilish ko‘zda tutilgan. Jarayon 1−1,5 oy davom etishi kutilmoqda. Keyinchalik yer usti liniyasi Ashxobod bog‘i orqali Kichik halqa yo‘li bo‘ylab Toshkent metro bekatigacha (Shimoliy vokzal) qo‘shimcha 4 km ga uzaytirilishi mumkin.

Transport vaziri loyiha Toshkent shahrining bosh rejasini hisobga olgan holda ishlab chiqilganini ta’kidladi. Yo‘nalish yangi turar-joy binolari va mavzelarini qurish bilan renovatsiya dasturi rejalashtirilgan hududlardan o‘tadi.

Umumiy uzunligi 10,8 km bo‘lgan yangi metro liniyasida kuniga 85 ming yo‘lovchi tashilishi kutilmoqda. Bir tomonga harakatlanish vaqti 17 daqiqani, poyezdlar orasidagi interval esa 6 daqiqa atrofida bo‘ladi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

Markaziy bank huzurida ustav fondi $50 mlnlik venchur fond tashkil etiladi

Shu bilan birga, moliyaviy texnologiyalar sohasidagi startaplar uchun innovatsion xab yaratilib, kelasi yildan uning ishtirokchilariga moliyaviy yordam berib boriladi. 27-noyabr kuni “O‘zbekistonda moliyaviy texnologiyalar sohasini...

O‘zbekiston sunʼiy intellekt bo‘yicha 5 mln prompt-muhandisni BAA tajribasi asosida o‘qitadi

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev BAA Hukumat ishlari bo‘yicha vaziri Muhammad bin Abdulloh al-Gargaviy bilan Yosh avlod va Kitob chellenji loyihalarini yo‘lga qo‘yishni muhokama qildi. Shavkat Mirziyoyev 28-noyabr...

2026-yilda davlat tashkilotlariga budjetdan qancha mablag‘ ajratiladi?

Budjetdan ajratiladigan mablag‘larning umumiy miqdori 328,08 trln so‘mni tashkil etadi. Avvalroq Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2026-yil uchun davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasi va budjetnomani taqdim etgandi. Hujjat bilan,...

Xorijdan tovarlarni bojsiz olib kirish normasi to‘liq qayta ko‘rib chiqiladi

Bundan tashqari, ko‘chmas mulk garovini ro‘yxatga olish xizmati narxi 2 baravar kamaytiriladi. 25-noyabr kuni prezidentning “Qonunchilikdagi huquqiy bo‘shliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish to‘g‘risida"gi...

Abituriyentlar uchun xorijiy va nodavlat OTMdagi davlat grantlariga qo‘shimcha tanlov o‘tkaziladi

Davlat komissiyasi qaroriga muvofiq, 2025-2026 o‘quv yili uchun xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga ajratilgan 1 320 ta davlat granti o‘rinlaridan vakant qolgan qismi...

O‘zbekistonda havo tozalagichlar uchun bojxona to‘lovlari bekor qilinadi

Shuningdek, atmosfera havosini chuqur o‘rganishga qaratilgan maxsus laboratoriya tashkil etiladi. Avvalroq prezident Toshkentdagi ekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi farmonni imzolagani haqida xabar berilgandi. Hujjat bilan,...