Matbuot xizmatiPrezident Shavkat Mirziyoyev “Zarafshon oyna” korxonasini ishga tushirishga bag‘ishlangan marosimda ishtirok etdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev “Zarafshon oyna” korxonasini ishga tushirishga bag‘ishlangan marosimda ishtirok etdi

Prezidentning Navoiy viloyatiga tashrifi chog‘ida “Zarafshon oyna” korxonasini ishga tushirishga bag‘ishlangan marosim bo‘ldi.

Ma’lumki, oyna sanoat, qurilish va maishiy hayotda eng ko‘p ishlatiladigan mahsulotlardan. Xususan, yurtimizda qurilish oynasiga bo‘lgan talab yiliga 38 million kvadrat metr. Navoiy viloyati esa pardozbop tosh, kvars qumi, bazalt va kaolin zaxiralariga boy.

Shu bois davlatimiz rahbari 2018-yilda viloyatga tashrifi chog‘ida oyna ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ko‘rsatma bergan edi. Bugunga kelib, 250 million dollarlik ushbu loyiha hayotga ko‘chdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev ramziy tugmani bosib, “Zarafshon oyna” korxonasini ishga tushirdi.

– Hozirgacha bunday korxonalar Farg‘ona va Jizzaxda bor edi. Mana, ularning safiga yangi barpo etilgan, keng turdagi mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Zarafshon oyna” korxonasi ham qo‘shilmoqda. U kelgusida yanada rivojlanib, xalqimizga xizmat qilishiga ishonamiz, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Korxonaning yillik ishlab chiqarish quvvati 12 million kvadrat metr. Mahsulotlar import o‘rnini bosish bilan birga eksportga ham mo‘ljallangan. Bu yerda 700 kishi ish bilan ta’minlangan.

Tadbirda G‘ozg‘on shahridagi “Marmarobod” korxonasi bilan ham videoaloqa orqali bog‘lanildi. U marmar va granit toshlarni qazib olib, qayta ishlashga ixtisoslashgan. Xitoy va Eron davlatlaridan uskunalar olib kelinib, muhandis va mutaxassislar jalb qilingan. 300 kishi ish bilan ta’minlangan.

Davlatimiz rahbari Navoiy shahridagi “Gidro Stanko Servis” mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan tanishdi.

Navoiy viloyati sanoatlashgan hudud. Bu yerda tog‘-kon, metallurgiya, kimyo, energetika korxonalari ko‘p. Ularga, umuman, yurtimiz sanoati va qishloq xo‘jaligiga mashinasozlik mahsulotlari doim zarur.

“Gidro Stanko Servis”da aynan shular ishlab chiqariladi. Bu yerda kooperatsiya orqali 100 dan ortiq qurilma va mingdan ortiq turdagi ehtiyot qismlar mahalliylashtirilgan. Natijada 2021-yilda 12 million dollardan ziyod valyuta mablag‘larini tejashga erishilgan. Joriy yil yakuni bilan ishlab chiqarish miqdori 23 million dollar bo‘lishi kutilmoqda.

Korxonaga uskunalar Germaniya, Turkiya, Italiya va Xitoydan keltirib o‘rnatilgan. 370 kishi ish bilan ta’minlangan.

Bugungi kunda korxonada quyuv sexi tashkil etish va mahsulotlar turini ko‘paytirish ustida ish olib borilmoqda.

Prezidentimiz mutasaddilarga mahalliylashtirish darajasini oshirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Bugungi kunda Navoiy viloyatida mahalliylashtirish dasturi doirasida qiymati 1 trillion so‘mga yaqin 113 ta loyihalar amalga oshirilmoqda. Bularning natijasida joriy yilning o‘zida 100 million dollarlik import qisqartirilishiga erishiladi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

Mahalla yettiligi joylashadigan binolar 7 yilgacha yer va mol-mulk solig‘idan ozod etiladi

Endilikda mahalla raisi va hokim yordamchisi bo‘sh turgan 5 ming kvgacha bo‘lgan davlat mulkini auksionga chiqarishi mumkin bo‘ladi. Avvalroq prezident raisligida mahalla tizimini yana-da takomillashtirish va joylarda...

O‘zbekistonda 2026-yilda davlat suv kadastri joriy etiladi

Suv hisobi platformasi orqali foydalanilgan suv miqdori aniq hisoblab boriladi va iste’molchilarga elektron tarzda yetkaziladi. Shavkat Mirziyoyev 13-oktabr kuni suv xo‘jaligi sohasini raqamlashtirish, quyi bo‘g‘inda suv...

O‘zbekiston Osakadagi butunjahon ko‘rgazmasida oltin medalni oldi

Yaponiyada tashkil etilgan EKSPO butunjahon ko‘rgazmasida O‘zbekiston paviloni o‘z yo‘nalishi bo‘yicha oliy mukofotga - «Mavzuning eng yaxshi ochib berilishi» nominatsiyasida oltin medalga sazovor bo‘ldi....

Yoshlarga 2+6 dasturi asosida til o‘rganish uchun subsidiya beriladi

Hududiga qarab to‘lovlar oyiga 812 ming so‘mgachani tashkil etadi hamda subsidiya yarim yil davomida beriladi. Yoshlarning o‘quv markazlarida xorijiy tillarni o‘qish xarajatlari bir qismi uchun...

O‘zbekistonda “Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida»gi qonun eskirgan va uni qayta ko‘rib chiqish kerak — prezident

Qayd etilishicha, favqulodda hodisalarning 70% dan ortig‘i aholi uylarida asboblarning nosozligi va xavfsizlik qoidalariga rioya qilmaslik oqibatida sodir bo‘lmoqda. Shavkat Mirziyoyev 8-oktabr kuni favqulodda vaziyatlarning oldini...

O‘zbekistonda kutilayotgan inflyatsiya yillik eng past ko‘rsatkichga — 12% ga yetdi

Shu bilan birga, biznesning narxlar o‘sishi bo‘yicha median prognozi avgust oyidagi pasayishdan so‘ng yana ko‘tarildi. O‘zbekistonliklarning inflyatsion kutilmalari sentyabr oyida yillik minimumni qayd etdi. Bu haqda...