Matbuot xizmatiYangiliklarPresident Tech Award tanlovining mukofot jamg‘armasi $5 mlngacha oshiriladi

President Tech Award tanlovining mukofot jamg‘armasi $5 mlngacha oshiriladi

Shavkat Mirziyoyev President Tech Awards tanlovining umumiy mukofot jamg‘armasini 5 baravarga oshirish bo‘yicha topshiriq berdi. Bu haqda IT Park matbuot xizmati xabar berdi.

Prezident bu qarorni 24-fevral kuni bo‘lib o‘tgan “Raqamli texnologiyalar yo‘nalishida eng yaxshi startap” loyihasi g‘oliblarini taqdirlash marosimida e‘lon qildi. Yangi qoidalarga ko‘ra, tanlovning mukofot jamg‘armasi $5 mlnni tashkil etadi.

Shundan $1 mlni g‘oliblarga grant shaklida beriladi. Yana $4 mln venchur investitsiyalari sifatida taqdim etiladi.

Moliyalashtirishni ko‘paytirish startaplarni qo‘llab-quvvatlash, yosh dasturchilarni rag‘batlantirish va texnologik tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan, dedi prezident. Bu loyihalarni kengaytirish va qo‘shimcha resurslar bilan ta‘minlash imkonini beradi.

Prezident matbuot xizmatining qayd etishicha, President Tech Awards tanlovining 2024-yilgi mavsumida 6 ming kishi ishtirok etgan. Jamoalar soni tanlovning birinchi yiliga nisbatan deyarli ikki barobarga ko‘payib, 862 taga yetgan.

“Biz kichik startaplar katta-katta loyihalarga, daromadli biznesga aylanishi uchun zarur sharoitlarni yaratib berishga tayyormiz. Buning uchun har bir startapchi bilan muloqot qilish, unga kerakli yordamni ko‘rsatish lozim”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

2022-yilda prezidentning IT sohasi vakillari bilan muloqoti chog‘ida Inha universiteti talabasi hamda Tahrirchi (Tilmoch) xizmati jamoasi a‘zosi Yasmina Ablayeva O‘zbekistonda texnologik loyihalar tanlovini tashkil etishni taklif qilgan edi. Davlat rahbari g‘oyani qo‘llab-quvvatlab, mukofot jamg‘armasi miqdorini $1 mln etib belgilagan edi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

8,1% o‘sish, $7,2 mlrd investitsiya: Qoraqalpog‘iston iqtisodiyoti qanday rivojlantiriladi?

Prezidentning Qoraqalpog‘iston Respublikasini 2026-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va kelgusi yillar uchun mo‘ljallangan dasturlarni tasdiqlash bo‘yicha qarori qabul qilindi. Hujjat bilan ko‘ra, 2026-yil yakunigacha yalpi hududiy mahsulot hajmini 8,1%ga,...

Jahon banki Markaziy Osiyo uchun $3,2 mln miqdorida grant ajratadi

Jahon banki Markaziy Osiyo mamlakatlarida elektr energiyasi bozorini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash uchun $3,2 mln miqdorida grant ajratadi. Ushbu mablag‘ mintaqaviy elektr energiyasi bozorini yaratish bo‘yicha dastlabki qadamlarni...

Tadbirkorlar va olimlar uchun yagona elektron platforma yaratiladi

Tadbirkorlar hamda ilmiy hamjamiyat o‘rtasida o‘zaro hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda hukumatning tegishli qarori qabul qilindi. Hujjatga muvofiq, 2026-yil 1-iyulgacha tadbirkorlar va ilmiy hamjamiyat o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish...

Yoshlarning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha imkoniyatlar belgilandi

Koʻksaroy qarorgohida Prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan muloqoti boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi studiyalar orqali 60 mingdan ziyod yoshlar vakillari ishtirok...

Qishloq xo‘jaligida startaplarni moliyalashtirish uchun venchur kompaniyasi tashkil qilinadi

Avvalroq prezident qishloq xo‘jaligini maxsus texnika bilan taʼminlash hamda sohaga raqamli texnologiyalarni keng joriy etish yuzasidan taqdimot bilan tanishgani haqida xabar berilgandi. Unda Toshkent traktor...

O‘zbekiston-Serbiya Ishbilarmonlar kengashi tashkil etiladi

O‘zbekiston va Serbiya Ishbilarmonlar kengashi tashkil etiladi. Bu haqda Savdo-sanoat palatasi xabar berdi. Toshkentda 19-fevral kuni Serbiya Bosh vaziri o‘rinbosari — Iqtisodiyot vaziri Andreana Mesarovich bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda ikki...