Matbuot xizmatiYangiliklarO‘zbekistonliklar 25-sentabrdan Iordaniyaga vizasiz borishlari mumkin bo‘ladi

O‘zbekistonliklar 25-sentabrdan Iordaniyaga vizasiz borishlari mumkin bo‘ladi

Vizasiz rejim to‘g‘risidagi kelishuv 26-avgust kuni imzolangandi. Fuqarolar qirollikda 30 kungacha vizasiz qolishlari mumkin.

O‘zbekiston fuqarolari 25-sentabrdan boshlab Iordaniyaga vizasiz borishlari mumkin. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Ahror Burxonov Spot’ga ma’lum qildi.

26-avgust kuni Samarqandda Shavkat Mirziyoyev va Iordaniya podshohi Abdulla II ibn al-Husayn o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tgandi. Tomonlar bir nechta hujjatlarni, jumladan, viza talablarini bekor qilish to‘g‘risidagi bitimni imzoladilar.

TIVning aniqlik kiritishicha, O‘zbekiston va Iordaniya o‘rtasida vizasiz rejimni joriy etish to‘g‘risidagi bitim imzolanganidan 30 kun o‘tib — 25 sentabrdan kuchga kiradi.

Unga ko‘ra, o‘zbekistonliklar Iordaniyada 30 kungacha vizasiz qolishlari mumkin bo‘ladi.

Bundan tashqari, tomonlar turizm sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim va havo qatnovi to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi bayonnomani imzoladilar. Xususan, poytaxtlar o‘rtasida — Toshkent-Ummon yo‘nalishi bo‘yicha aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.

Uchrashuv doirasida yetakchilar ikki mamlakat poytaxtlari o‘rtasida muntazam aviaqatnovlarning yo‘lga qo‘yilishi va vizasiz rejim joriy qilinishi ishbilarmonlik aloqalari va o‘zaro sayyohlar oqimining ko‘payishiga xizmat qilishini taʼkidlagandilar.

Bungacha o‘zbekistonliklar Iordaniyaga tashrif buyurganlarida vizani (visa on arrival) olishlari mumkin edi. Shu tariqa qirollik fuqarolar tashrif buyurishi uchun viza talab qilinmaydigan 36-davlatga aylanadi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

2026-yil Toshkent uchun “Jadal rivojlanish va aholi daromadlari o‘sishi” yili bo‘ladi — Shavkat Mirziyoyev

Kelgusi yilda jon boshiga xorijiy investitsiyani $3 ming, 2027-yili $3,5 mingga yetkazish uchun poytaxt tumanlari 3 ta yo‘nalishda rivojlantiriladi. Avvalroq prezident Toshkentda amalga oshirilgan ishlarni sarhisob...

Toshkentda bir vaqtning o‘zida elektr va issiqlik ishlab chiqaradigan markaz ishga tushirildi

Xitoyning CNTIC kompaniyasi bilan birga amalga oshirilgan loyiha 3,5 gektar maydonda joylashgan bo‘lib, unga $65 mln investitsiya yo‘naltirilgan. Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri Yunusobod tumanida barpo...

Tadbirkorlarga davlat va xususiy xizmatlar Biznes hamroh loyihasi orqali ko‘rsatiladi

Loyiha 2026-yil martidan boshlanib, dastlab 14 ta hudud markazlarida tashkil etiladi. O‘zbekistonda Biznes hamroh loyihasi amalga oshiriladi. Bu haqda prezidentning tegishli qarori qabul qilindi. Hujjatga ko‘ra, 1000 dan ortiq...

Markaziy bank yil yakuni bilan iqtisodiyot 7−7,5% atrofida o‘sishini kutmoqda

Shu bilan birga, prognozlar umumiy inflyatsiya 2025-yilda 7,3% atrofida bo‘lishini ko‘rsatmoqda. Markaziy bank boshqaruvi 11-dekabrdagi yig‘ilishida asosiy stavkani yillik 14% darajasida saqlab qolish to‘g‘risida qaror...

Talabalar uchun poyezd chiptalariga 50% chegirma e’lon qilindi

Undan 18-dekabrdan 12-yanvargacha amalga oshiriladigan mahalliy yo‘nalishdagi qatnovlar uchun foydalanish mumkin. Talabalar uchun poyezd chiptalariga chegirma e’lon qilindi. Bu haqda O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi matbuot xizmati xabar bermoqda. Mamlakat oliy ta’lim...

Kambag‘allikni qisqartirishda har bir oila uchun individual reja ishlab chiqish kerak — prezident

Mahallalarda kambag‘allik va ishsizlikni qisqartirishda ularning muammolari va o‘sish nuqtalarini aniqlash topshirildi Shavkat Mirziyoyev mahallalarni ishsizlik va kambag‘allikdan xoli hududlarga aylantirish, aholi bandligini taʼminlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan...