Istiqbolli loyihalar milliy agentligi “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi doirasida ipoteka obligatsiyalari emissiyasi va muomalasi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqladi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar berdi.
Nizom sekyuritizatsiya jarayonlarini, buning uchun pulga kiritiladigan ipoteka kreditlariga qo‘yiladigan talablarni, ipoteka obligatsiyalarini chiqarish va ularning muomalasi, shu jumladan REPO operatsiyalarini amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Shu bilan birga, u bank-originatorlar, maxsus vakolatli tashkilot, O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi, ILMA, Markaziy depozitariy va sekyuritizatsiya bitimining boshqa ishtirokchilari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik mexanizmlarini tartibga soladi.
O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan maxsus vakolatli tashkilot — UMRC SPV mamlakatning beshta banki tomonidan berilgan ipoteka kreditlarini sekyuritizatsiya qilish orqali 1 trln so‘mlik ipoteka obligatsiyalarini sinov tariqasida chiqaradi.
