Matbuot xizmatiYangiliklarO‘zbekiston AQSHdagi mavsumiy ishlar bo‘yicha dastlabki talabnomalarni oldi

O‘zbekiston AQSHdagi mavsumiy ishlar bo‘yicha dastlabki talabnomalarni oldi

Migratsiya agentligi va AQSHning USA Farm Labor tashkiloti o‘rtasidagi dastur bo‘yicha dastlabki talabnomalar olindi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar berdi.

Taʼkidlanishicha, hozirda jarayonlar bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yilmoqda.

Ish beruvchining maʼlumotiga ko‘ra, ayrim o‘zbekistonlik fuqarolar tomonidan hamkor tashkilot saytlarga yoki tarkibidagi fermer xo‘jaliklariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilish holatlari kuzatilmoqda.

Agentlik ish beruvchining talabnomasi asosida tanlov eʼlon qilganidan so‘ng belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tilishini eslatib o‘tdi.

Qayd etilishicha, to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat natija bermaydi, mustaqil ro‘yxatdan o‘tish esa foydasiz bo‘ladi.

Migratsiya agentligi fuqarolarni vositachilar va pulli “taklif»larga aldanmaslikka chaqirmoqda.

Yanvar oyida Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning AQShdagi elchisi Furqat Sidiqovga mamlakatni mavsumiy ishchilar jalb qilinadigan davlatlar ro‘yxatiga kiritish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazishni topshirgan edi.

Mart oyida Migratsiya agentligi O‘zbekiston fuqarolarini AQSHga mavsumiy ishlarga yuborish bo‘yicha kelishuvga erishgandi. Dastur ishtirokchilari AQSH fermalari va rancholarida 9−10 oy davomida oyiga taxminan $3500 maosh bilan ishlashlari mumkin bo‘ladi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

O‘zbekistondagi 10 ta OTM milliy tadqiqot universiteti maqomini oladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Mamlakatimizda soʻnggi yillarda oliy taʼlim qamrovini kengaytirish, taʼlim sifatini...

O‘zbekistonliklar bir yilda yarim tonnadan ko‘proq oltin quymalar sotib oldi

O‘zbekistonliklar bir yilda yarim tonnadan ortiq oltin quymalar xarid qilgan. Bu haqda Markaziy bankning 2025-yil yakunlari bo‘yicha o‘lchovli oltin quymalar bozori sharhida keltirilgan. Oxirgi olti yilda o‘lchovli...

2026-yildan har bir hududda “yashil” texnikumlar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi

Shavkat Mirziyoyev Yashil makon umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish tadbirida ishtirok etdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi. 2026-yili “Men ham ko‘chat ekaman” tashabbusi doirasida 75...

Trade-in orqali yangi avtomashina xarid qilishda avtokredit foizining bir qismi qoplab beriladi

Prezidentning atmosfera havosi sifatini yaxshilashga qaratilgan Toza havo loyihasini amalga oshirish bo‘yicha farmoni qabul qilindi. Hujjat bilan eski avtomobillarini yangisiga almashtirish istagida bo‘lgan fuqarolarga avtokreditlar uchun...

Tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga ipoteka kreditining boshlang‘ich to‘lovi qoplab berilishi mumkin

Davlat tibbiyot muassasalari xodimlariga uy-joy va ta‘lim xarajatlarini qoplash bo‘yicha yangi imtiyozlar joriy etilishi mumkin. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan hukumat qarori...

Oracle O‘zbekistonda bulutli xizmatlarni joriy qilishi mumkin

AQSHning Oracle kompaniyasi O‘zbekistonda bulutli xizmatlarni joriy qilishi mumkin. Bu haqda Raqamli texnologiyalar vazirligi xabar berdi. Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov AQSHga xizmat safari doirasida Oracle kompaniyasining...