Ushbu tartib joriy yilning 1-oktabridan joriy etilib, uning doirasida platformalardan qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish va sotib olishda foydalanish mumkin.
Investitsiya faoliyati zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda amalga oshiriladi. Bu haqda prezidentning tegishli qarorida qayd etildi.
Qarorga ko‘ra, 2025-yil 1-oktabrdan 2026-yil 1-oktabrgacha investitsiya platformalaridan “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimida bir qator yo‘nalishlarda foydalanishga ruxsat beriladi.
Jumladan, qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish va sotib olishda, venchur va pay fondlarini moliyalashtirishda hamda kommandit shirkatlarga hissa kiritishda foydalanish mumkin.
Investitsiya platformalari operatori uchun ham qator talablar belgilandi. Xususan:
- rezident yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lishi;
- vakolatli davlat organi tomonidan yuritiladigan maxsus elektron reyestrga kiritilgan bo‘lishi;
- o‘z faoliyatini vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadigan qoidalarga muvofiq amalga oshirishi;
- investitsiya platformasi orqali rasmiylashtirilgan shartnomalar reyestrini yuritishi.