Matbuot xizmatiYangiliklarErdo‘g‘an O‘zbekiston xalqiga minnatdorlik bildirdi

Erdo‘g‘an O‘zbekiston xalqiga minnatdorlik bildirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, davlat rahbari Turkiya yetakchisini tavallud kuni bilan qutlab, unga mustahkam sog‘lik va katta muvaffaqiyatlar hamda qardosh turk xalqiga tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi. O‘zbekiston—Turkiya munosabatlari bugungi strategik sheriklik va ko‘p qirrali hamkorlikdek yuksak darajaga ko‘tarilishida prezident Erdo‘g‘anning shaxsiy hissasi alohida qayd etildi.

O‘zbekiston prezidenti Turkiyaning janubi-sharqiy muzofotlarida sodir bo‘lgan vayronkor zilzilalar munosabati bilan yana bir bor dalda so‘zlarini izhor etdi va ularning oqibatlarini bartaraf etishda zarur yordamni ko‘rsatishga tayyorligini tasdiqladi.

Turkiya prezidenti, o‘z navbatida, eng murakkab pallada ko‘rsatilgan ko‘mak uchun O‘zbekiston prezidenti va qardosh xalqiga chuqur minnatdorlik bildirdi. Qutqaruvchilar va tibbiyot xodimlarining faoliyati tufayli o‘nlab insonlarning hayoti saqlab qolindi, Hatay muzofotining minglab aholisiga malakali yordam ko‘rsatildi. Bundan tashqari, O‘zbekiston madaniyati va san’ati, ziyolilari va jamoatchilik vakillarining sa’y-harakatlari katta ma’naviy ko‘mak bo‘ldi.

Suhbatda ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi. 2022 yilning noyabr oyida Samarqand shahrida o‘tgan oliy darajadagi uchrashuvda erishilgan kelishuvlarni so‘zsiz amalga oshirish muhimligi qayd etildi.

Bo‘lajak uchrashuvlar rejasi, shu jumladan O‘zbekiston—Turkiya strategik hamkorlik kengashining navbatdagi yig‘ilishiga hamda Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammiti tadbirlariga tayyorgarlik ko‘rish masalalari ko‘rib chiqildi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

Markaziy bank huzurida ustav fondi $50 mlnlik venchur fond tashkil etiladi

Shu bilan birga, moliyaviy texnologiyalar sohasidagi startaplar uchun innovatsion xab yaratilib, kelasi yildan uning ishtirokchilariga moliyaviy yordam berib boriladi. 27-noyabr kuni “O‘zbekistonda moliyaviy texnologiyalar sohasini...

O‘zbekiston sunʼiy intellekt bo‘yicha 5 mln prompt-muhandisni BAA tajribasi asosida o‘qitadi

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev BAA Hukumat ishlari bo‘yicha vaziri Muhammad bin Abdulloh al-Gargaviy bilan Yosh avlod va Kitob chellenji loyihalarini yo‘lga qo‘yishni muhokama qildi. Shavkat Mirziyoyev 28-noyabr...

2026-yilda davlat tashkilotlariga budjetdan qancha mablag‘ ajratiladi?

Budjetdan ajratiladigan mablag‘larning umumiy miqdori 328,08 trln so‘mni tashkil etadi. Avvalroq Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2026-yil uchun davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasi va budjetnomani taqdim etgandi. Hujjat bilan,...

Xorijdan tovarlarni bojsiz olib kirish normasi to‘liq qayta ko‘rib chiqiladi

Bundan tashqari, ko‘chmas mulk garovini ro‘yxatga olish xizmati narxi 2 baravar kamaytiriladi. 25-noyabr kuni prezidentning “Qonunchilikdagi huquqiy bo‘shliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish to‘g‘risida"gi...

Abituriyentlar uchun xorijiy va nodavlat OTMdagi davlat grantlariga qo‘shimcha tanlov o‘tkaziladi

Davlat komissiyasi qaroriga muvofiq, 2025-2026 o‘quv yili uchun xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga ajratilgan 1 320 ta davlat granti o‘rinlaridan vakant qolgan qismi...

O‘zbekistonda havo tozalagichlar uchun bojxona to‘lovlari bekor qilinadi

Shuningdek, atmosfera havosini chuqur o‘rganishga qaratilgan maxsus laboratoriya tashkil etiladi. Avvalroq prezident Toshkentdagi ekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi farmonni imzolagani haqida xabar berilgandi. Hujjat bilan,...