Matbuot xizmatiYangiliklarEhtiyojmand xotin-qizlarga OTMga kirish uchun tavsiyanomaga arizalar qabuli boshlandi

Ehtiyojmand xotin-qizlarga OTMga kirish uchun tavsiyanomaga arizalar qabuli boshlandi

Arizalarni joriy yilning 8-iyunigacha onlayn topshirish mumkin.

Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga oliy ta’lim muassasalariga kirishga tavsiyanoma olish uchun arizalar qabuli boshlandi. Bu haqda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Tavsiyanomalar xotin-qizlarga qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlari doirasida ajratiladigan o‘rinlar uchun qo‘mita tomonidan taqdim etiladi.

Bunda nomzodlar quyidagi mezonlar asosida tanlab olinadi:

  • kam ta’minlangan oilalardagi xotin-qizlar. (har bir a’zosiga belgilangan MHTEKMning 0,5 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda to‘g‘ri keladigan bir oylik o‘rtacha jami daromadga ega bo‘lgan oila);
  • to‘liqsiz oilada tarbiyalanayotgan — otasi yoki onasi yoxud ularning ikkalasi ham vafot etgan ijtimoiy himoyaga muhtoj qizlar;
  • turmush o‘rtog‘i vafot etgan, voyaga yetmagan farzandini yolg‘iz tarbiyalayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar;
  • nogironligi bo‘lgan farzandi bor ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar;
  • ikki va undan ortiq farzandlarini tarbiyalayotgan, boshqa qarindoshlaridan alohida (ijarada) yashayotgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj yolg‘iz ayollarning qiz farzandlari;
  • ota-onalaridan biri yoki har ikkisi ham birinchi yoki ikkinchi guruh nogironi bo‘lgan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar.

Tavsiyanoma olish uchun talabgor ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha yashash joyidagi tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limlariga elektron shaklda murojaat qiladi.

Qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlari doirasida tanlovda umumiy o‘rta ta’lim (11-sinf) yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjatga ega bo‘lgan xotin-qizlar ishtirok etishi mumkin.

Arizalarni joriy yilning 8-iyunigacha tavsiyanoma.ijro.uz platformasi orqali jo‘natish mumkin. Undan keyin ishchi guruh tomonidan arizalar 10-iyungacha ko‘rib chiqilib, 15-iyunga qadar tavsiyanoma beriladi.

Tavsiyanoma ajratilgan qo‘shimcha 4%li davlat grantiga qabul doirasida xotin-qizlarga abituriyent sifatida ro‘yxatdan o‘tishda tanlagan birinchi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etish huquqini beradi. Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim olish uchun tanlovda ishtirok etishga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Kirish imtihonlarida to‘plash mumkin bo‘lgan eng yuqori ballning 30%idan kam bo‘lmagan ball to‘plagan tavsiyanoma egalari ballar ketma-ketligiga qat’iy rioya etilgan holda, qo‘shimcha 4%li grant asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida talabalikka tavsiya etiladi.

Tavsiyanoma ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga bir yil muddatga beriladi. Batafsil ma’lumot bu yerda.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

Markaziy bank huzurida ustav fondi $50 mlnlik venchur fond tashkil etiladi

Shu bilan birga, moliyaviy texnologiyalar sohasidagi startaplar uchun innovatsion xab yaratilib, kelasi yildan uning ishtirokchilariga moliyaviy yordam berib boriladi. 27-noyabr kuni “O‘zbekistonda moliyaviy texnologiyalar sohasini...

O‘zbekiston sunʼiy intellekt bo‘yicha 5 mln prompt-muhandisni BAA tajribasi asosida o‘qitadi

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev BAA Hukumat ishlari bo‘yicha vaziri Muhammad bin Abdulloh al-Gargaviy bilan Yosh avlod va Kitob chellenji loyihalarini yo‘lga qo‘yishni muhokama qildi. Shavkat Mirziyoyev 28-noyabr...

2026-yilda davlat tashkilotlariga budjetdan qancha mablag‘ ajratiladi?

Budjetdan ajratiladigan mablag‘larning umumiy miqdori 328,08 trln so‘mni tashkil etadi. Avvalroq Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2026-yil uchun davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasi va budjetnomani taqdim etgandi. Hujjat bilan,...

Xorijdan tovarlarni bojsiz olib kirish normasi to‘liq qayta ko‘rib chiqiladi

Bundan tashqari, ko‘chmas mulk garovini ro‘yxatga olish xizmati narxi 2 baravar kamaytiriladi. 25-noyabr kuni prezidentning “Qonunchilikdagi huquqiy bo‘shliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish to‘g‘risida"gi...

Abituriyentlar uchun xorijiy va nodavlat OTMdagi davlat grantlariga qo‘shimcha tanlov o‘tkaziladi

Davlat komissiyasi qaroriga muvofiq, 2025-2026 o‘quv yili uchun xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga ajratilgan 1 320 ta davlat granti o‘rinlaridan vakant qolgan qismi...

O‘zbekistonda havo tozalagichlar uchun bojxona to‘lovlari bekor qilinadi

Shuningdek, atmosfera havosini chuqur o‘rganishga qaratilgan maxsus laboratoriya tashkil etiladi. Avvalroq prezident Toshkentdagi ekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi farmonni imzolagani haqida xabar berilgandi. Hujjat bilan,...