Matbuot xizmatiYangiliklarCoursera platformasining 3000 dan ortiq kurslari o‘zbek tiliga tarjima qilinadi

Coursera platformasining 3000 dan ortiq kurslari o‘zbek tiliga tarjima qilinadi

O‘zbekistonda 2025-yil oxirigacha Coursera onlayn ta‘lim platformasi kurslari o‘zbek tiliga tarjima qilinishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda Raqamli texnologiyalar vazirligi xabar berdi.

Sherzod Shermatov AQShning yirik onlayn ta‘lim platformalaridan biri Coursera kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Unda O‘zbekiston va Coursera o‘rtasida AT-ta‘limni rivojlantirish, xalqaro standartlarga mos sertifikatlash tizimini joriy etish hamda global ta‘lim resurslariga kirish imkoniyatlarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, O‘zbekistonda yagona milliy AT-ta‘lim reyting tizimini yaratish ko‘rib chiqildi. Sertifikatlash jarayonlarini takomillashtirish hamda raqamli ta‘lim ekotizimini mustahkamlash bo‘yicha qo‘shma tashabbuslar ilgari surildi.

Uchrashuvda Coursera tomonidan 2025-yil oxirigacha 3000 ta kursni o‘zbek tiliga tarjima qilish orqali xalqaro sifatli ta‘lim resurslariga kengroq kirish imkonini yaratish masalasiga e‘tibor qaratildi.

Muzokaralar davomida bitiruvchilarni ish bilan ta‘minlashni qo‘llab-quvvatlash va sanoat bilan hamkorlikni kengaytirish orqali AT-ta‘lim jarayonini takomillashtirish muhimligi ta‘kidlandi.

Hozirda Coursera platformasida 1,5 mlndan ortiq o‘zbekistonlik o‘rganuvchilar onlayn ta‘lim olmoqda. Platforma Google, AWS, Nvidia, Meta va Microsoft kabi jahon miqyosidagi yetakchi texnologiya kompaniyalari bilan o‘quv dasturlarni yaratish bo‘yicha hamkorlik o‘rnatgan.

2023-yili O‘zbekistonda Coursera bilan onlayn kurslarning yangi mahalliy platformasi ishga tushirilgandi.

Joriy yilning aprelidan Coursera masofaviy ta’lim platformasi O‘zbekistonda soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tgandi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

Markaziy Osiyo mamlakatlari birgalikda Made in Central Asia brendini yaratmoqchi

Markaziy Osiyo mamlakatlarining o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini 20 milliard dollarga yetkazish rejalashtirilmoqda. Bu haqda 13-noyabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo va Ozarbayjon mamlakatlarining...

O‘zbekistonda sinov tarzida 1 trln so‘mlik ipoteka obligatsiyalari chiqariladi

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi doirasida ipoteka obligatsiyalari emissiyasi va muomalasi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqladi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar berdi. Nizom sekyuritizatsiya jarayonlarini,...

O‘zbekistonda 14 yoshdan boshlab mustaqil ravishda bank kartasini olish mumkin bo‘ladi

Markaziy bank O‘zbekistonda bank kartalarini chiqarish va muomalada bo‘lish qoidalariga o‘zgartirishlarni tasdiqladi. Adliya vazirligi ushbu qarorni 11-noyabr kuni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi. Hujjat bilan kartalarning ikki yangi turi...

O‘zbekistonda ishsizlik darajasi 5% dan pasaydi

O‘zbekistonda ishsizlik darajasi 5% dan pasaydi, deya xabar berdi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi matbuot xizmati. Joriy yilning iyul-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, ishsizlik darajasi 4,9% ni tashkil etdi. Bu 2024-yilning...

OTB O‘zbekistonga mikromoliyalashtirishni rivojlantirish uchun $300 mln ajratadi

Osiyo taraqqiyot banki (OTB) O‘zbekistonda, jumladan kichik korxonalar uchun ham moliyalashtirish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida $300 mln ajratishni ma’qulladi. Bu haqda bankning rasmiy saytida e’lon qilindi. OTB tomonidan...

Islomiy bank to‘g‘risidagi qonun loyihasi Senatga yuborildi

Qonunchilik palatasi islomiy bank faoliyatini joriy qilishga qaratilgan qonun loyihasini ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqdi. Bu haqda quyi palata matbuot xizmati xabar berdi. Hujjat Soliq va Fuqarolik kodekslariga...