Matbuot xizmatiYangiliklar2045-yilgacha Toshkentda $58,4 mlrdlik investitsiya loyihalari amalga oshiriladi

2045-yilgacha Toshkentda $58,4 mlrdlik investitsiya loyihalari amalga oshiriladi

Poytaxt hokimining qayd etishicha, uy-joy kommunal infratuzilma obyektlarining zilzilabardoshligi hamda foydalanishga tayyorligini qat’iy nazoratga olish topshirilgan.

Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzakov O‘zbekiston 24 telekanaliga bergan intervyusida davlat rahbariga 2045-yilgacha amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari taqdim etilganini ma’lum qildi. Taqdimotda 2025−2029-yillarga mo‘ljallangan rejalar atroflicha ko‘rib chiqildi.

Master-rejaga ko‘ra, 394 ta investitsiya loyihasining umumiy qiymati $58,4 mlrdni, ularning umumiy maydoni 5,51 ming gektarni tashkil etadi.

Umurzakov prezident dastlabki besh yillik loyihaga yo‘naltiriladigan aniq mablag‘lar, investorlar, loyiha natijasida yaratiladigan ish o‘rinlari, sanoat va xizmatlar hajmi bo‘yicha masalalarni qo‘ygani, yangi yondashuv qo‘llanilishini qayd etdi.

“Loyihani amalga oshirishdan oldin qanday sohalarda qancha ish o‘rinlari paydo bo‘lishi, nechta podstansiya qurish, qancha elektr, gaz, suv tarmoqlarini yotqizish, oqova quvvatlarini qanchaga oshirish kerakligi yilma-yil hisob-kitob qilingan”, — dedi u.

Prezident poytaxt hokimligiga yangi qurilayotgan uylarning zilzilabardoshligi va yangi investitsiya loyihalari uchun uy-joy kommunal infratuzilma obyektlarining foydalanishga tayyorligi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatish bo‘yicha topshiriq berdi. Buning uchun xalqaro tajriba o‘rganilib, chet ellik mutaxassislar jalb etilgan.

2024-yilning oktabrida davlat rahbari Toshkent shahrining bosh rejasi loyihasi bilan tanishgandi. Loyihaga ko‘ra, Toshkent shahri 2045-yilgacha 7,5 mln aholiga mo‘ljallangan megapolisga aylantiriladi.

Yil oxirida 2045-yilgacha bo‘lgan bosh reja tasdiqlandi. Unda poytaxtning qaysi hududlarida rekonstruksiya yoki renovatsiya ishlari rejalashtirilganligi ko‘rsatilgan.

Joriy yilning may oyida Shavkat Mirziyoyev Toshkentda rejalashtirilgan renovatsiya va investitsiya loyihalari taqdimoti bilan tanishdi. Bosh rejada 300 dan ortiq renovatsiya manzili belgilangan bo‘lib, 2025−2026 yillarga mo‘ljallangan birinchi bosqichda 65 ta loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan. Bu orqali mazkur hududlar funksional jihatdan boyitiladi, aholi uchun sharoitlar yaxshilanadi, atrof obodonlashtiriladi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

Mahalla yettiligi joylashadigan binolar 7 yilgacha yer va mol-mulk solig‘idan ozod etiladi

Endilikda mahalla raisi va hokim yordamchisi bo‘sh turgan 5 ming kvgacha bo‘lgan davlat mulkini auksionga chiqarishi mumkin bo‘ladi. Avvalroq prezident raisligida mahalla tizimini yana-da takomillashtirish va joylarda...

O‘zbekistonda 2026-yilda davlat suv kadastri joriy etiladi

Suv hisobi platformasi orqali foydalanilgan suv miqdori aniq hisoblab boriladi va iste’molchilarga elektron tarzda yetkaziladi. Shavkat Mirziyoyev 13-oktabr kuni suv xo‘jaligi sohasini raqamlashtirish, quyi bo‘g‘inda suv...

O‘zbekiston Osakadagi butunjahon ko‘rgazmasida oltin medalni oldi

Yaponiyada tashkil etilgan EKSPO butunjahon ko‘rgazmasida O‘zbekiston paviloni o‘z yo‘nalishi bo‘yicha oliy mukofotga - «Mavzuning eng yaxshi ochib berilishi» nominatsiyasida oltin medalga sazovor bo‘ldi....

Yoshlarga 2+6 dasturi asosida til o‘rganish uchun subsidiya beriladi

Hududiga qarab to‘lovlar oyiga 812 ming so‘mgachani tashkil etadi hamda subsidiya yarim yil davomida beriladi. Yoshlarning o‘quv markazlarida xorijiy tillarni o‘qish xarajatlari bir qismi uchun...

O‘zbekistonda “Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida»gi qonun eskirgan va uni qayta ko‘rib chiqish kerak — prezident

Qayd etilishicha, favqulodda hodisalarning 70% dan ortig‘i aholi uylarida asboblarning nosozligi va xavfsizlik qoidalariga rioya qilmaslik oqibatida sodir bo‘lmoqda. Shavkat Mirziyoyev 8-oktabr kuni favqulodda vaziyatlarning oldini...

O‘zbekistonda kutilayotgan inflyatsiya yillik eng past ko‘rsatkichga — 12% ga yetdi

Shu bilan birga, biznesning narxlar o‘sishi bo‘yicha median prognozi avgust oyidagi pasayishdan so‘ng yana ko‘tarildi. O‘zbekistonliklarning inflyatsion kutilmalari sentyabr oyida yillik minimumni qayd etdi. Bu haqda...