Bosh sahifa Blog Sahifa 196

Ijtimoiy tarmoqlar orqali yoshlarni tadbirkorlikka faol jalb qilishga qaratilgan loyihalar

0

Yoshlarga tadbirkorlik va biznes yuritish ko‘nikmalarini masofadan o‘rgatish maqsadida bizneskurs.uz onlayn platformasi tashkil etildi. Ushbu platforma orqali yoshlar yurtimizdagi xalqaro biznes trenerlarning tadbirkorlik kurslarini bepul ravishda o‘zlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
“Tomorqa daromad manbai” mavzusida meva va sabzavotlar, poliz ekinlari, uy xo‘jaligi hayvonlarini yetishtirish va bu orqali daromad olishga o‘rgatuvchi ma’lumotlar bazasi Telegram orqali foydalanish uchun qulay formatda yoshlarga taqdim etildi

(https://telegra.ph/TOMORQA-DAROMAD-MANBAI-04-14).
Yoshlarda biznes reja ishlab chiqish ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida Telegram tarmog‘i orqali kichik biznesning ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligi sohalarida jami 32 yo‘nalishdagi biznes reja namunalari taqdim etildi

(https://teletype.in/@yoshlar-kelajagimiz/93b0QRTJs).
Jamg‘armaning YouTube tarmog‘idagi rasmiy kanalida yoshlarda tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan tajribali biznes trenerlar ishtirokidagi vebinarlar seriyasi tashkil etilib kelinmoqda. Tashkil etilgan vebinarlarda 12 ming nafarga yaqin yoshlar ishtirok etdi.
Farg‘ona shahridagi O‘zbekiston – Koreya xalqaro universiteti va Buxoro davlat universitetida tajriba-sinov tariqasida “Biznes akselerator” faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Mazkur faoliyatni muvofiqlashtirib borish maqsadida www.accelerators.uz sayti ishlab chiqilib ushbu sayt faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Yoshlarga o‘zining turmushini yaxshilash, kasb-hunar va biznes bilan shug‘ullanish orqali daromad topish hamda ularga bunday faoliyatni yo‘lga qo‘yishning amaliy jihatlarini o‘rgatishga qaratilgan video materiallar va darsliklar, motivasion roliklar, elektron biznes kitoblar, audio kitoblar, tadbirkorlik sohasidagi imtiyozlar katalogi, biznes reja namunalarini o‘z ichiga olgan @biznesga_qadambot Telegram bot faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

“Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi yoshlarni biznes seminarlar, ko‘rgazma-savdo yarmarkalari va biznes sayohatlarda jamlamoqda

0

Joylarda tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagidagi yoshlarning bilimlarini oshirish maqsadida malakali mutaxassislar tomonidan 3 180 ta biznes seminarlar o‘tkazildi. Tashkil qilingan seminarlar o‘z ichiga 182,6 ming nafar yoshlarni qamrab oldi.


Davlat dasturi doirasida barcha tuman (shahar)larda imtiyozli kredit olib, o‘z tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ygan yosh tadbirkorlar o‘z mahsulotlarining savdo yarmarkalarini tashkil qildi. Savdo yarmarkalarida 36,5 ming nafarga yaqin tadbirkorlik faoliyatiga qiziqqan yoshlar jalb qilindi.


O‘z oldiga tadbirkorlik faoliyatini boshlashni maqsad qilgan
43 ming nafar yoshlarni hududlardagi yirik ishlab chiqarish korxonalariga bosqichma bosqich 1 402 marta biznes sayohatlarni amalga oshirdi. Bu orqali yoshlarda tadbirkorlikka qiziqishlarini orttirish, dastlabki ko‘nikmalarning hosil bo‘lishi va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarga samarali yechim topish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi.

Kovorking markazlari va mehnat guzarlari haqida

0

Xabaringiz bor, shu kunlarda “Yoshlar-kelajagimiz” Davlat dasturi doirasida mansabdor shaxslar tomonidan mablag‘larning o‘zlashtirilishi holati to‘g‘risidagi ma’lumotlar jamg‘arma imidjiga salbiy ta’sir ko‘rsatmay qolmadi.
Vaziyatga xolis ko‘z bilan qaraydigan bo‘lsak, noqonuniy xatti-harakat sodir etilgan har qanday holatda, huquqbuzarlikni sodir etgan shaxs, albatta jazosini oladi. Shu o‘rinda yana bir savol tug‘iladi. Davlat dasturi doirasida berilgan imtiyozlar qanchalik suiiste’mol qilingan yoki ajratilgan mablag‘larning hammasi talon-taroj qilinganmi?
Mazkur savolga javob topish maqsadida, Davlat dasturi doirasida qurib foydalanishga topshirilgan kovorking-markazlari va mehnat-guzarlari to‘g‘risida quyidagi ma’lumotlarga e’tiboringizni havola etamiz.
“Yosh tadbirkorlar” kovorking-markazlari hamda “Yoshlar mehnat guzari” komplekslarini qurish uchun tadbirkorlik sub’ektlariga Davlat dasturi doirasida yer ajratishdir. Yer ajratishining asosiy shartlaridan biri, yosh tadbirkorlarga imtiyozli shartlarda binolar, ofis texnikasi va sarflash materiallarini ijaraga berishdan iborat. Uning doirasida chakana savdo va maishiy xizmatlar ko‘rsatish faoliyatini tashkil etish orqali tadbirkorlik sub’ektlariga imtiyozli shartlarda ijaraga joy ajratish va yoshlarni ish bilan ta’minlashdir.
Ma’lumot o‘rnida, hozirgi kunda Davlat dasturi doirasida hududlarda 19 ta “Yosh tadbirkorlar” kovorking-markazlari hamda 212 ta “Yoshlar mehnat guzari” komplekslari foydalanishga topshirilgan. Ularda 2,5 mingga yaqin yangi ish o‘rinlari yaratilgan. Mazkur komplekslarda qariyb 700 ga yaqin kichik savdo va xizmat ko‘rsatish obektlari o‘z faoliyatini olib bormoqda.
Yuqoridagi raqamlarda keltirib o‘tilgan barcha tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar o‘z vaqtida va halol ravishda to‘lab borilayotganligi to‘g‘risida asosli ma’lumot taqdim qila olmasligimiz mumkin (tadbirkorlik subektlarining xo‘jalik faoliyatini o‘rganish Jamg‘arma vakolatiga kirmaydi). Biroq mazkur komplekslarda Davlat dasturi doirasida ko‘zlangan maqsadlarga erishib kelinayotganligini aytish lozim. Zero, imtiyozli shartlar asosida faoliyatini boshlagan tadbirkor oldidagi ijtimoiy majburiyat hissi so‘zimizning isboti bo‘la oladi.

O‘zbekistonda Startap loyihalarini moliyalashtirish mumkinmi!? Аlbatta endi buni imkoni bor

0

Yurtimizda StartUp loyihalarni qo‘llab-quvvatlash tizimi tobora rivojlanib borayotganligidan xabaringiz bor va bu o‘z navbatida yoshlarga oid davlat siyosatining muxim vazivalaridan biri hisoblanadi. Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan Аndijon viloyatidagi yoshlarning bir qator StartUp loyihalarini amaliyotga joriy etish uchun 2 mlrd. so‘m miqdoridagi “Unicorns” grant loyihasi amalga oshirildi.
“Unicorns” loyihasi doirasida, startap jamoalari tomonidan 466 ta onlayn ariza kelib tushgan bo‘lib , bu loyihalarning 215 tasi dastlabki saralash bosqichidan o‘tib intervyu bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
“Unicorns” loyihasining intervyu bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan 69 ta startap loyihalar jamoasi akseleratsiya dasturiga taklif etildi. Tajribali mentorlar va trekkerlarni jalb qilgan holda 69 ta startap loyihalar jamoasi bilan akseleratsiya dasturi tashkil etildi. “Unicorns” loyihasining final bosqichi (Demo day) joriy yilning 23 noyabr sanasida Аndijon shahridagi “Digital city” texnoparkida tashkil etilib, akseleratsiya dasturidan muvaffaqiyatli o‘tgan 25 ta jamoa o‘z loyihalarini yig‘ilganlar e’tiboriga namoyish qildi.
Tajribali biznes ekspertlar guruxidan tashkil topgan hakamlar hayʼati qaroriga ko‘ra loyihada g‘olib deb topilgan 15 ta istiqbolli startap loyihaga 1,8 mlrd.so‘m maqsadli grant mablag‘i ajratildi.
Xususan o‘tgan yili “Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi xamda BMTning Taraqqiyot dasturi bilan hamkorlikda Koronavirus pandemiyasining oqibatlarini barqarorlashtirishga qaratilgan innovatsion vositalar va yechimlar onlayn tanlovi – “Covid-19 Challenge 2020” o‘tkazildi.
“Covid-19 Challenge 2020” tanlovida g‘olib bo‘lgan startap loyihalarga jami 475 mln. so‘m beg‘araz, maqsadli grant mablag‘lari ajratildi.
Shuningdek jamg‘arma tomonidan yoshlarning startap g‘oyalari va loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, istiqbolli startap loyihalarni moliyalashtirish maqsadida “Startap tashabbuslar” dasturi amalga oshirilyapti.
Ushbu dastur doirasida ishtirok etgan 1 972 nafar yoshlar (shundan 559 nafari qizlar)dan iborat bo‘lgan 905 ta startap jamoalari ishtirok etdi.
Loyihaning intervyu bosiqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan 273 ta jamoa akseleratsiya dasturiga taklif etildi. Ushbu loyihalardan
30 tasi amaliyotga joriy qilingan va o‘zining dastlabki mijozlariga ega, 121 ta loyihaning prototiplari yaratilgan, 122 ta loyiha esa g‘oya bosqichida.
Dastur yakunida g‘olib bo‘lgan 40 ta startap loyihalarga
50 mln. soʼmdan jami 2 mlrd. soʼm grant mablagʼi ajratilishi rejalashtirilgan. Shundan, 1 mlrd. so‘m “Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi, 1 mlrd. so‘m BMTning Taraqqiyot Dasturi mablag‘lari hisobidan ajratiladi.

Yoshlarni kasb-hunarga oʻqitishga qaratilgan onlayn platformani keng miqyosda ommalashtirish maqsadida targʻibot videroligi yaratish

0

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida 2021-yil 27-yanvar kuni “Yoshlar bandligini ta’minlash va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” o‘tkazilgan 5-sonli yig‘ilish bayoni (№02-PA 1-2272, 02.02.2021 yil) 11-bandida “Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi zimmasiga talab yuqori bo‘lgan 15 ta kasb-hunar bo‘yicha onlayn platformani ishga tushirish hamda joriy yilda kamida 20 ming nafar yoshlarni ushbu platformada o‘qitish vazifasi belgilangan.

Jamg‘arma tomonidan Davlat xaridlari maxsus axborot portali (https://d-xarid.uz) orqali onlayn platformani ishga tushirish uchun tanlov e’lon qiladi.

Manzil: O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahar, Shayhontoxur tumani, Navoiy ko‘chasi, 11-uy.

Tel.: +998 99 001-71-73, +998 93 379-87-19. Mas’ul kotib: Gʻ.Jo‘rayev

Suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyasini joriy etish uchun subsidiyalar ajratiladi

0

Hukumat qarori (95-son, 23.02.2021 y.) bilan Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarining suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha xarajatlarining bir qismini qoplash va berilgan subsidiyani qaytarish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra, suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyasini joriy etish uchun subsidiya Davlat budjetidan har bir konturga faqat bir marta ajratiladi.

  1. Subsidiyalar:
  • Suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan paxta yetishtirishda joriy etilgan tomchilatib sug‘orish texnologiyasiga sarflangan xarajatlarning bir qismini qoplash uchun;
  • Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan donli ekinlar, sabzavot ekinlari va kartoshka, poliz ekinlari va ozuqabop, moyli, dukkakli ekinlar va dorivor o‘simliklar yetishtirish uchun suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy qilish, lazer uskunali yer tekislagichlar bilan tekislash hamda mahalliy ishlab chiqaruvchilardan lazerli qurilmaga ega avtomatlashtirilgan yer tekislagich agregatlarni sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun;
  • Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi tomonidan mevali ekinlar va uzum (sanoat usulda yetishtiriladigan texnik navli uzum plantatsiyasidan tashqari) yetishtiriladigan hamda Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi tomonidan sanoatbop usulda yetishtiriladigan texnik navli uzum plantatsiyalari uchun joriy etilgan suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalariga sarflangan xarajatlarning bir qismini qoplash uchun beriladi.

2. Suvni tejaydigan texnologiyasini joriy qilib subsidiya olgan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari ushbu texnologiyani:
● birinchi yil foydalanmasa subsidiyaning 100 foiz;
● ikkinchi yil foydalanmasa subsidiyaning 80 foiz:
● uchinchi yil foydalanmasa subsidiyaning 60 foiz:
● to‘rtinchi yil foydalanmasa subsidiyaning 40 foiz:
● beshinchi yil foydalanmasa subsidiyaning 20 foiz qismini subsidiya bergan vazirlik va idoraga belgilangan tartibda qaytaradi.

Agar qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari ushbu texnologiyani besh yil davomida to‘liq foydalansa, berilgan subsidiya unda to‘liq qoldiriladi.

Shuningdek, jamoatchilik tomonidan suvni tejaydigan texnologiyalardan o‘rnatilgan tartibda foydalanmaslik holatlari to‘g‘risidagi videoyozuvlarni yuborgan shaxslar pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi.

Rag‘batlantirish talabgorlardan undirilgan subsidiyaning 5 foizi miqdorida bir yilda bir marta amalga oshiriladi. Pul mukofoti ma’lumotni taqdim etgan shaxsning bank kartasiga o‘tkazib beriladi.

Manbaa: Huquqiy Axborot