Bosh sahifa Blog Sahifa 192

Eng yaxshi biznes universitetlar aniqlandi

0

Britaniya Kengashi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va “Change School” bilan hamkorlikda mamlakatimizdagi oliy o‘quv yurtlari uchun tashkil etilgan “Tadbirkorlik universiteti mukofoti” natijalari sarhisob qilindi.

Tanlovda uchun Britaniya Kengashining “Creative Spark” dasturi ishtirokchilari bo‘lgan 11 ta yetakchi universitet sakkizta nominatsiya bo‘yicha g‘oliblik uchun bahslashdi. G‘oliblarni tanlash Buyuk Britaniyaning yetakchi tadqiqot markazlarining ijodiy-iqtisodiyot mutaxassislari tomonidan amalga oshirildi.

– Ushbu tashabbus jamoalarning birgalikdagi ishlarini namoyish etish va mehnatning samarasi uchun ajoyib imkoniyat. Ushbu tadbirda universitetlarning ishtirok etishi juda muhim, chunki u ijodiy fikrlash, kooperatsiya va tarmoqni rivojlantirishga yordam beradi. Qolaversa, iqtisodiy rivojlanish, ish bilan ta’minlash va yangi korxonalar yaratilishini qo‘llab-quvvatlaydi, – deydi O‘zbekistondagi Britaniya Kengashi direktorining o‘rinbosari Jamila G‘ulomova.

Toshkent davlat texnika universiteti “Yilning tadbirkor universiteti” mukofoti g‘olibi bo‘ldi. Universitet talabalarning g‘oyadan tijoratgacha bo‘lgan loyihalarini qo‘llab-quvvatlash uchun “Yil mukofoti”, “Muqobil energiya manbalari” o‘quv dasturini joriy qilganligi uchun “Yashil universitet” kabi uchta nominatsiya bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti “To‘qimachilik”, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti “Ta’sir”, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “O‘quv dasturida tadbirkorlik” nominatsiyalari bo‘yicha g‘olib, deb topildi.

XXL (1024×576)

Ma’lumot o‘rnida aytish joiz, “Creative Spark” – bu Britaniya Kengashi dasturi bo‘lib, u yoshlar o‘rtasida ijodiy tadbirkorlik ta’limi, ishbilarmonlik tafakkuri va ishbilarmonlik ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun oliy ta’lim sohasida ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan. Dastur MDHning yettita mamlakatida ishlaydi va Buyuk Britaniya mintaqada ijodiy iqtisodiyotni rivojlantirishga hissa qo‘shadi. Dasturda 110 ta universitet ishtirok etadi. So‘nggi uch yilda hududda tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi doirasida 750 mingdan ziyod yoshlar malaka oshirdi, 65 o‘quv kursi va 15 biznes-inkubator ochildi.

O‘z biznesini yo‘lga qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan tadbirkor Mixail Lomtadze

0

Mixail ilk biznesini talabalik yillarida tashkil etadi. O‘shanda Tbilisida “Georgia Consulting Group Audit” nomli auditorlik va konsalting kompaniyasini ochadi. 2002-yilda kompaniya global “Ernst & Young” tarmog‘inig bir qismiga aylanadi.
Shundan so‘ng bir nechta yirik kompaniyalarga hamkor bo‘lib, ularda ham faoliyat yuritadi.

Ayni paytda esa u texnologiya sohasidagi tadbirkor, Qozog‘iston chakana savdo tizimidagi eng muhim bank “Kaspi.kz” investori, hammuassisi, aktsiyadori va boshqaruv raisi, “Kolesa Group” IT kompaniyasining esa aktsiyadori va kuzatuv kengashining raisi hisoblanadi.

“Forbes Kazakhstan” ma’lumotlariga ko‘ra, “Qozog‘istonning 50 eng boy ishbilarmonlari” reytingida uchinchi, “Qozog‘istonning eng nufuzli ishbilarmonlari” reytingida o‘ninchi o‘rinni egallaydi. 2021-yilda esa birinchi marotaba 956-o‘rinni egallab, “Forbes global” milliarderlar ro‘yxatiga kiritilgan.

Hozirda uning boyligi 3,2 mlrd dollarni tashkil etadi.

O‘z biznesini yo‘lga qo‘yishga muvaffaq bo‘lga tadbirkor Judi Folkner

0

Judi Folkner mashhurlikka intilmagan odam sifatida dong qozongan. Boyligining asosi – shaxsiy aqli. U dasturchi bo‘lib, uning “Epic Systems” firmasi tibbiyot muassasalari uchun dasturlar, shuningdek, elektron tibbiyot xaritalarini sotadi.

Tadbirkor ayolga muvaffaqiyat qozonishi uchun o‘nlab yillar kerak bo‘ladi. Unga bir necha marotaba kompaniyasi sotish taklifi tushadi. Ammo barchahga rad javobini beradi. 2007-yilda kompaniya daromadi atigi 500 million dollarni tashkil qilgan bo’lsa, o‘n yil o‘tgach, ko‘rsatkich 1 milliard dollarga yetadi va shundan buyon har yili 15 foizga o‘sib boradi.

“Forbes” 2021-yilda Folknerning kompaniyadagi 47 foiz ulushini 6 milliard dollarga baholab, uni Amerikada o‘z kuchi bilan boylikka erishgan ikkinchi eng boy ayol sifatida qayd etgan.

O‘z biznesini yo‘lga qo‘yishga muvaffaq bo‘lga tadbirkor Li Ka Shing

0

 

Gongkongning eng boy fuqarosi hisoblanadigan Li Ka Shing katta biznesga 1950-yilda kirib kelgan. U asos solgan “Cheung Kong” firmasi plastmassa bozorida dastlab sovundon va taroqlari bilan paydo bo‘lgan.

Plastmassadan yasalgan yangi mahsulot bozorda haqiqiy “portlash” sodir etgan. Ulgurji xaridorlar Lining plastmassa sovundonlarini sotib olish uchun bir oy avval ro‘yxatga yozilgan.

1979-yil Li Ka Shing “Hongkong & Shanghai” banki ko‘magida “Hutchison Whampoa” korporatsiyasining boshqaruv paketini qo‘lga kiritadi. Bu korporatsiyaning tarkibiy faoliyatiga ko‘chmas mulk, savdo, salqin ichimliklar ishlab chiqarish va hokazolar kiradi. Korporatsiyani qo‘lga kiritgan tadbirkor uni tubdan isloh qiladi. Kam daromad keltirayotgan korxonalarni sotib yuborib, besh yo‘nalishda biznesini yo‘lga qo‘ydi.

Birinchi biznesida Gongkongda zamonaviy binolar qura boshlaydi. Hozir u qurgan binolarda Gongkongning har o‘ttiztadan bitta aholisi yashamoqda. Ular xarid uchun kiradigan supermarketlarning deyarli hammasi Li Ka Shinga tegishli. Undan tashqari, tadbirkorning biznesi mamlakat tashqarisida ham gullamoqda.

Tayvanda 145 dorixonadan iborat tarmoq, Singapur va Malayziyadagi 90 ta supermarket unga qarashli. Salqin ichimliklarni ham bu tarmoqlarga Li Ka Shinning o‘zi yetkazib beradi. Uning kompaniyasi Janubiy-Sharqiy Osiyodagi distillangan va gazlangan suv yetkazib beruvchilar orasida
eng yirigi hisoblanadi.

“Forbes” 2021 yilgi ma’lumotlariga ko’ra, biznesmenning boyligi ayni paytda 34,6 milliardni tashkil etadi.

Samarqandlik yoshlar tadbirkorlardan saboq oldi

0

Registon maydonida tashkil etilgan mahorat darslarida tadbirkorlik sohasida yuksak muvaffaqiyatlarga erishgan yurtimiz va xorijda samarali faoliyat olib borayotgan 12 nafar tadbirkor “Muvaffaqiyatga erishish sirlari” mavzusida yoshlar bilan muloqot qildi. “Biznes marafon” ishtirokchilari mahoratli tadbirkorlardan biznes yuritish borasida o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olish imkoniga ega bo‘ldi.

 

– “Biznes marafon” motivatsion treningni o‘tkazishdan maqsad sohaga kirib kelayotgan yoki bo‘lmasam tadbirkor bo‘lishga qiziqayotgan, lekin nimadan boshlashni bilmay turgan yoshlar o‘ziga xos yo‘l-yo‘riq ko‘rsatib, ularga dalda berish va ruhlantirishdan iborat, – deydi “Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi ijrochi direktori Xayrulla Sattarov. – Ta’kidlash joizki, viloyatlar kesimida o‘tkazilayotgan biznes darslarimizga qiziquvchilar soni sekin asta ortib bormoqda. Samarqandda eng ko‘p ishtirokchi – 3500 nafar yosh tadbirkor bilan oflayn tarzda muloqot qildi. Eng muhimi, biz muloqotni onlayn tarzda ham yo‘lga qo‘yganmiz. “Biznes marafon”da qatnashish imkoniga ega bo‘lmagan yoshlarimiz ijtimoiy tarmoqlar orqali ham o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mahoratli tadbirkorlarimizga yo‘llab javob olish imkoniga ega bo‘ldi.

“Biznes marafon” motivatsion trening darslarida ishtirok etgan spikerlar o‘zlarining biznesdagi ilk qadamlari haqida ham ma’lumot berib, yoshlarni o‘zlari qiziqqan sohada qo‘rqmasdan faoliyat boshlashi lozimligini alohida ta’kidlashdi.

Yurtimiz va xorijda mahorat bilan biznes yuritayotgan tadbirkorlarimizning saboqlari samarqandlik yoshlarni tadbirkorlik sohasidagi rejalarini hayotdagi asosiy maqsadga aylantirdi. “Biznes marafon”da qatnashgan ko‘plab yoshlar shu yerning o‘zida kelgusi maqsadlarini aniq qilib oldi.

“Biznes marafon” yoshlarning savollar marafoniga aylanib ketdi. Spikerlar yoshlar tomonidan har bir savolga batafsil javob qaytarib, ularga zarur tavsiyalarni berdi.

TENDER SAVDOLARI O‘TKAZILISHI TO‘GʻRISIDA E’LON

0

Tender nomi: WEB dasturiy ta’minotni muvozanatlantiruvchi tizim va zamonaviy IP telefoniya.

“Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi tomonidan Davlat xaridlari maxsus axborot portali (https://dxarid.uzex.uz/) orqali yoshlar orasida talab yuqori bo‘lgan kasb-hunarlarni o‘rgatishga qaratilgan onlayn platformaga WEB dasturiy ta’minotni muvozanatlantiruvchi tizim va zamonaviy IP telefoniya uchun tanlov e’lon qiladi.

Manzil: O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahar, Shayhontoxur tumani, Navoiy ko‘chasi, 11-uy.

Tel.: +998 99 001-71-73, +998 99 001-70-34 Mas’ul kotib: A.Xolmatov