Matbuot xizmatiYangiliklarYoshlarni qanday ishlar quvontiradi?

Yoshlarni qanday ishlar quvontiradi?

Davlatimiz rahbarining bevosita tashabbusi va amaliy ko‘magi bilan mamlakatimizda yoshlar bilan ishlash mutlaqo yangicha tizim asosida yo‘lga qo‘yildi.

Xususan, o‘tgan yili yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan 47 ta normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Ushbu hujjatlar asosida 44 ta imtiyoz va qulayliklar «Yoshlar portali»ga kiritilib, bir qator amaliy natijalarga erishildi.

Jumladan, yoshlarning bandligini ta’minlash bo‘yicha yil boshida Davlat xavfsizlik xizmati, mutasaddi vazirliklar va hokimliklar bilan hamkorlikda “mahallabay” shakllantirilgan «Yoshlar balansi» asosida 621 ming 709 nafar yoshlar «Yoshlar daftari»ga kiritildi.

Kasb-hunar o‘rgatish, imtiyozli kreditlar, yer maydonlari, subsidiyalar ajratish va ijtimoiy-moddiy qo‘llab-quvvatlash natijasida 595 ming 970 nafar yoshlar bandligi ta’minlandi va 25 ming 739 nafar imkoniyati cheklangan, tibbiy yordamga muhtoj yoshlar doimiy nazoratga olindi.

Tuman (shahar)larda moliyaviy manbalari aniq belgilangan «Yoshlar daftari» jamg‘armalari tashkil etilib, mahalliy byudjetning orttirilgan qismi 15 foiz va ijro hujjatlariga oid undiruvlar hisobidan 382,8 milliard so‘m mablag‘ shakllantirildi.

Jamg‘armalar hisobidan ishsiz yoshlarga asbob-uskuna, mehnat qurollari, urug‘lik va ko‘chat xarid qilish uchun subsidiyalar ajratish, noturarjoylar ijarasi va boshqa yo‘nalishlarda 137 ming nafar yoshlarga 290 milliard so‘m miqdorda amaliy yordam ko‘rsatildi.

Ilk marotaba 424 ming nafar yoshlarga 127 ming gektar ekin maydonlari ajratilib, 681 mingga yaqin ish o‘rinlari yaratildi.

«El-yurt umidi» jamg‘armasi orqali 371 nafar yoshlarning xorijiy davlatlarning nufuzli oliy ta’lim muassasalariga tahsil olish va stajirovka o‘tashlari uchun 140 milliard so‘m miqdorida mablag‘ ajratildi.

«Talabaga madad» loyihasidan to‘lov-kontrakt mablag‘ini to‘lab berishda amaliy yordam so‘rab murojaat qilgan talaba yoshlar soni 20 760 nafarni tashkil etadi. Shundan, 3 017 nafariga to‘lov-kontrakt mablag‘lari to‘lab berildi. Bundan tashqari, «Yoshlar daftari» tizimi orqali 8 259 nafar yoshlarga 30 mlrd. so‘mdan ortiq mablag‘ to‘lab berildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida «2021 yil davomida yoshlar siyosati yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar» mavzuida matbuot anjumani tashkil etildi. Yoshlar ishlari agentligi tomonidan o‘tkazilgan anjumanda yuqorida qayd etilgan yoshlarga oid amaliy ishlar yuzasidan agentlik axborot xizmati rahbari Nodirjon Abduqodirov alohida urg‘u berdi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

Yoshlar kuni munosabati bilan yurtimizning faol va tashabbuskor yosh avlod vakillaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni Mamlakatimizda yosh avlodni qo‘llab-quvvatlash, ularning davlat va jamiyat hayotidagi faolligini oshirish maqsadida o‘zining yuksak azmu shijoati, bilim va salohiyati, iste’dod va...

«Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarda faollik ko‘rsatib, o‘zining bilim va iqtidori, intiluvchanligi va tashabbuskorligi, halol va samarali mehnati bilan Vatanimiz...

Hamkorlik uchun boshlang‘ich qadamlar

Oxirgi yillarda O‘zbekiston, qardosh mamlakatlar bilan hamkorlikni kuchaytirayotgani barchamizga ma’lum. Birgina joriy yilda poytaxtimizda Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi doirasida Yosh tadbirkorlar forumi, yaqindagina esa...

Oilaviy tadbirkorlik dasturlari bo‘yicha qanday maqsadlar uchun kredit ajratilmaydi?

Hokim yordamchisidan bir savol... Savol Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumani “Guliston” QFY hokim yordamchisi Mansur Toshpo‘latov tomonidan yo‘llangan. Mazkur savolga Markaziy bankning Tadbirkorlik sub’ektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha...

Investitsiya loyihalarining bajarilish holati ko‘rib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 27-iyun kuni Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari taqdimoti bilan tanishdi. Bu yil poytaxtimizda qariyb 4 milliard dollar investitsiya hisobiga 500 dan...

27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni

Hurmatli matbuot va ommaviy axborot vositalari fidoyilari! Sizlarni o‘zim hamda «Yoshlar — kelajagimiz» jamg‘armasining barcha xodimlari nomidan 27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari...