Matbuot xizmatiYangiliklarYoshlar ishlari agentligi mutasaddilari va Amerika Kengashlarining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari bilan...

Yoshlar ishlari agentligi mutasaddilari va Amerika Kengashlarining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari bilan ikki tomonlama uchashuv o‘tkazildi

Uchrashuvda Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev va “Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi ijrochi direktori Xayrulla Sattarov tomonidan yoshlarga oida davlat siyosati sohasida bugungi kunda amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida aytib o‘tildi.  O‘z o‘rnida Vilyam O’Roark tomonidan Amerika Kengashlarining O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan loyihalari yuzasidan to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, Vilyam O’Roark O‘zbekistonda yoshlar siyosati davlat darajasida e’tibor berilayotganligi va bugungi kunda amalga oshirilayotgan ishlar tahsinga sazovor ekanligini aytib o‘tdi. Shu bilan birga, bu borada hamisha hamkorlikka tayyor ekanligini bildirdi.

Uchrashuv natijasiga ko‘ra, quyidagilarga kelishib olindi.

  • 2022-yildan boshlab, hududlardagi Yoshlar markazlarida Amerika burchaklarini tashkil etish. Bunda, xalqaro ekspertlari ishtirokida seminar-treninglar, master klasslar o‘tish, yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish.
  • Xalq ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda 10-11 sinf o‘quvchilari uchun maxsus darsliklar ishlab chiqish.
  • Startap loyihalarni rivojlantirishga qaratilgan dasturlar qabul qilish.
  • Ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida o‘zaro hamkorlik memorandumini imzolash.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

Oilaviy tadbirkorlik dasturlari bo‘yicha qanday maqsadlar uchun kredit ajratilmaydi?

Hokim yordamchisidan bir savol... Savol Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumani “Guliston” QFY hokim yordamchisi Mansur Toshpo‘latov tomonidan yo‘llangan. Mazkur savolga Markaziy bankning Tadbirkorlik sub’ektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha...

Investitsiya loyihalarining bajarilish holati ko‘rib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 27-iyun kuni Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari taqdimoti bilan tanishdi. Bu yil poytaxtimizda qariyb 4 milliard dollar investitsiya hisobiga 500 dan...

27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni

Hurmatli matbuot va ommaviy axborot vositalari fidoyilari! Sizlarni o‘zim hamda «Yoshlar — kelajagimiz» jamg‘armasining barcha xodimlari nomidan 27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari...

O‘zbekistonliklar Polsha dalalariga mavsumiy ishchi sifatida jalb qilinishi mumkin

Polshada mavsumiy ishchilar etishmasligi sababli rezavor va mevalar dalalarda ыolib ketyapti. Vaziyat har hafta yomonlashishi mumkin. Bu haqda Polsha meva ishlab chiqaruvchilar uyushmasi prezidenti,...

O‘zbekistonda elektron pul nima va undan qanday foydalanish mumkin?

2020-yilning iyunida O‘zbekistonda birinchi elektron pullar tizimi ro‘yxatdan o‘tdi. Hozirda ularning soni 10 taga yetgan: Oson E-card Click Wooppay “alif.mobi” Interpay A-pay QIWI Uzbekistan 1HLSW ...

Samarqandda yoshlar festivali tadbirlari boshlandi

Yoshlar oyligi munosabati bilan Samarqand viloyati tuman va shaharlarida qariyb bir oydan buyon “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida o‘tkazilayotgan yoshlar festivalining asosiy tadbirlari...