Matbuot xizmatiTadbirlarYoshlarga oid muammolar hamisha e’tibor markazida

Yoshlarga oid muammolar hamisha e’tibor markazida

Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash tizimini rivojlantirish maqsadida qulay shart-sharoitlar yaratish O‘zbekiston hukumati uchun ustuvor yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Buni hayotga tadbiq etish esa o‘z biznesini boshlash niyatida bo‘lgan yoshlar uchun imtiyozlar, kichik biznes subyektlariga maqsadli subsidiyalar yoki har bir mintaqada kafolat mablag‘lari joriy etish kabi tizimli strategiyalar orqali amalga oshadi. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, yoshlar biznesini rivojlantirish uchun ko‘plab dasturlarni yaratish nafaqat idoraviy darajadagi hokimiyatning sa’y-harakatlarini birlashtirishi, balki mintaqaviy tuzilmalarni ham qamrab olishi talab etiladi. Binobarin, ushbu strategiya mamlakatda barqaror ishbilarmonlik muhitini shakllantirishga ko‘maklashib, davlat rivoji hamda ravnaqi uchun zarur omil sifatida xizmat qiladi.

Zero, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 29-dekabr kuni parlamentga murojaat bilan chiqish qilib, o‘z nutqida yoshlarni qo‘llab-quvvatlash dolzarb ekanligi to‘g‘risida alohida to‘xtalib o‘tgani va 2021-yilni “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” deb e’lon qilishni taklif qilgani, shuningdek, O‘zbekiston yoshlari forumida so‘zlagan nutqida davomida ham yoshlarni “O‘zbekistonning eng katta boyligi, bebaho xazinasi” deb ta’riflagani bejiz emas. Yoshlar mamlakatdagi biznes muhitini shakllantirishda, shuningdek, raqobatbardoshlik ko‘rsatkichini oshirishda asosiy manba bo‘lib xizmat qiladi. Ular jamiyatning eng faol qismi sifatida yuqori tadbirkorlik salohiyatiga ega va innovatsion g‘oyalarni rivojlantirish hamda yangi kichik biznes kompaniyalarini yaratish, qo’shimcha ish o‘rinlarini tashkil etish orqali mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy o‘sishiga o‘z hissalarini qo‘shadi.

Bugungi kunda respublikamizda 230 mingga yaqin yosh tadbirkor va fermerlar, mohir hunarmandlar faoliyat olib bormoqda. Ularning safi yanada kengayishi uchun davlat tomonidan zarur shart-sharoitlar yaratib berilmoqda. Faqatgina “Yoshlar – kelajagimiz” dasturi doirasida yosh avlod vakillarining 8 000 ga yaqin biznes loyihasiga 1 trillion 630 milliard so‘mdan ziyod imtiyozli kredit mablag‘lari ajratildi, natijada 40 mingga yaqin yangi ish o‘rni tashkil etildi. Davlat dasturi doirasida ishlab chiqarish sohasida 841,8 mlrd. so‘mlik 3 987 ta, xizmat ko‘rsatish sohasida 658,8 mlrd. so‘mlik 3 123 ta, qishloq xo‘jaligi sohasida 329,4 mlrd. so‘mlik 1 521 ta loyiha realizatsiya qilindi. Kredit olib o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘ygan yosh tadbirkorlar tomonidan 4 mln. 630 ming AQSh dollari miqdoridagi mahsulotlar eksport qilinishiga erishildi hamda ushbu yosh tadbirkorlar tomonidan davlat budjetiga yiliga o‘rtacha 100 mlrd. so‘mga yaqin soliqlar ko‘rinishidagi tushumlar amalga oshirildi. Shuningdek, Davlat dasturi doirasida yoshlarning jami 28,8 mlrd. so‘mlik 56 ta loyihalariga Jamg‘arma kafilligi taqdim etilib, ularning tadbirkorlik faoliyatini boshlashlariga ko‘maklashildi.

Oxirgi 2 yilda ichida hududlarda jami 19 ta “Yosh tadbirkorlar” kovorking-markazlari hamda 202 ta “Yoshlar mehnat guzari” komplekslari foydalanishga topshirilgan va ularda jami 2 380 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi. Qishloq joylarida esa “Har bir yoshga – bir gektar” loyihasining amalga oshirilishi natijasida 65 mingga yaqin yosh dehqonlarga 54 ming gektardan ziyod yer ajratib berildi.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, yoshlar tadbirkorligi zamonaviy jamiyat manfaatlarining markazida bo‘lib, butun aholining hayotiga ta’sir ko‘rsatadi. Iqtisodiyotning ko‘plab tarmoqlari yosh tadbirkorlar ishtirok etadigan mahsulotlar va xizmatlarning cheksiz oqimisiz qanotidan ayrilgan qush kabi yanada yuksak cho‘qqilarni zabt etishdan mosuvo bo‘ladi. Bundan tashqari, yoshlar tadbirkorligi ixtirochilik va innovatsion faoliyatni rivojlantiradi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, asosiy g‘oyalar va ixtirolar aksariyat hollarda yirik korxonalar va o‘z biznesini muvaffaqiyatli olib borayotgan hamda mustahkam o‘ringa ega bo‘lgan tadbirkorlarga qaraganda yoshlar faoliyatidan kelib chiqadi. Innovatsion muhitda tarbiyalanayotgan yoshlarning keng ma’nodagi ijodkorligi kelajakda iste’molchilar uchun yangi mahsulotlar, shuningdek, xizmatlar taklif etilishiga zamin yaratadi.

Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi yuqoridagi kabi kelajak yaratish uchun o‘z hissasini qo‘shib, yoshlarga har tomonlama ko‘mak berishda davom etadi.

Bo‘limlar

So‘nggi yangiliklar

O‘z biznesini yo‘lga qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan yosh tadbirkor Aleksandr Konotopskiy

Talabalik yillaridayoq xavfsizlik tizimlarini sotadigan muvaffaqiyatli biznesni yo‘lga qo‘ygan Aleksandr hozirda “Ajax Systems” kompaniyasi asoschisi hamda egasi hisoblanadi. O‘z vaqtida Konotopskiy ushbu yo‘nalishda o‘rtacha narxdagi...

O‘z biznesini yo‘lga qo‘ya olgan yosh tadbirkor Freyzer Doerti

Shotlandiyada dunyoga kelgan hozirda 36 yoshli Freyzer 14 yoshida buvisining retseptlari ustida turli tajribalar o‘tkazib ko‘radi. Tajribalari natijasida sovitkichdagi bor masalliqlardan tayyorlangan ilk murabbolar kichik...

O‘z biznesini yo‘lga qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan tadbirkor Oleg Husaenov

1990-yilda derazalarni tozalash bilan pul ishlashni boshlagan aviatsiya muhandisi bo‘lgan Oleg Moskva fuqarolik aviatsiyasi muhandislari instituti yotoqxonasidagi xonadoshi va boshqa sheriklari bilan birgalikda Belarus,...

Prezident stipendiyasi har bir OTMga 1 ta beriladigan bo‘ldi

Prezidentning tegishli farmoni bilan 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston prezidenti davlat stipendiyasi kvotasi: ➖ tayanch doktoranturada tahsil olayotgan doktorantlar uchun 10 ta; ➖ magistratura bosqichi talabalari...
02:14:44

“Biznes ustoz” loihasining bugungi mehmoni “Asaxiy books” loyihasi asoschisi Feruzbek Allayev.

Aziz doʻstlar, biznesga oid bilim va tajribangizni oshirishni istaysizmi, unda mahoratli va tajribali tadbirkorlar ishtirokidagi jonli muloqotga taklif etamiz. Spiker: Feruzbek Allayev (https://t.me/allaevuzb) - asaxiy.uz...

“Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi Andijon viloyat filiali tomonidan tadbirkorlikka qiziqqan yoshlar ishtirokida oʻquv-seminarlar tashkil etilmoqda

2021-yil 8-sentabr kunning birinchi yarmida Andijon mashinasozlik institutining 1-kurs talabalari ishtirokida “Tadbirkorlik sirlari” mavzusida oʻquv-seminari oʻtkazildi. Kunning ikkinchi yarmida esa Andijon shahrida joylashgan kunlik mehnat...