Matbuot xizmatiYangiliklar“Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi tomonidan yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash tizimi to‘g‘risida

“Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi tomonidan yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash tizimi to‘g‘risida

Davlatimiz rahbari tomonidan yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish sohasida belgilab berilgan ustuvor vazifalardan kelib chiqib “Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi 530 ming nafar yoshlarni qamrab olishga qaratilgan quyidagi yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi.

  1. Yoshlarning innovatsion, amaliy va istiqbolli startap loyihalariga grant mablag‘lari ajratish orqali 700 nafar yoshlar qamrab olinadi.
  2. Xalqaro miqyosdagi yuqori nufuzga ega notiqlar jalb qilingan holda motivatsion tadbirlar o‘tkazilib, u orqali 20 ming nafar yoshlar qamrab olinadi.
  3. 300 nafar yosh tadbirkorlarning xalqaro forum va yarmarkalardagi ishtiroki bevosita ta’minlanadi.
  4. Oliy ta’lim muassasalari bazasida talabalarga biznes akseleratorlar tashkil etish orqali 95 ming nafar yoshlar qamrab olinadi.
  5. 80 ming nafar yoshlar uchun joylarda ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish tashkilotlariga yoshlarning biznes sayohatlarini tashkil etish yo‘lga qo‘yiladi.
  6. 60 ming nafar Yosh tadbirkorlarga huquqiy, buxgalteriya, marketing, brending, bank, sug‘urta, mehnat va boshqa sohalarda konsalting xizmatlari ko‘rsatiladi.
  7. Yosh tadbirkorlar mahsulotlarining ko‘rgazmali savdo yarmarkalarini tashkil etish orqali 75 ming nafar yoshlar qamrab olinadi.
  8. Biznesni o‘rgatishga qaratilgan masofaviy o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazish, qo‘llanmalar yaratish va onlayn o‘quvlar tashkil etish orqali 75 ming nafar yoshlar qamrab olinadi.
  9. Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan yiliga 5 ta hududda ko‘p tarmoqli “Yosh tadbirkorlar” texnologik parklarini tashkil etish orqali 2 ming nafar yoshlar qamrab olinadi.
  10. Yurtimizda xalqaro yosh tadbirkorlar biznes forumlarini tashkil etish orqali 25 ming nafar yoshlar qamrab olinadi.
  11. Yosh tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar va ko‘rsatilayotgan xizmatlarnining “elektron bozori” – portalini yaratish orqali 11 ming nafar yoshlar qamrab olinadi.
  12. 20 ming nafar yoshlarni talabgorlik yuqori bo‘lgan kasb-hunarlarga onlayn platforma orqali o‘qitish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
  13. Tadbirkorlik uyushmalari, vazirliklar hamda tijorat banklari bilan hamkorlikda 5 ming nafar yosh tadbirkorlar loyihalarini moliyalashtirish choralari ko‘riladi.
  14. Xalqaro moliyaviy muassasalardan mablag‘lar jalb qilish orqali loyihalarni amaliyotga tatbiq etish natijasida 7 ming nafar yoshlar qamrab olinadi.
  15. Jamg‘arma tomonidan yoshlarning biznes loyihalarini tadbirkolrlik dasturlari orqali moliyalashtirish bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirish natijasida 2 ming nafar yoshlarga amaliy ko‘mak ko‘rsatiladi.
  16. “Yosh tadbirkorlar” kovorking markazlari faoliyatini uslubiy jihatdan tashkil etish orqali 4 ming ming nafar yoshlar qamrab olinadi.
  17. Hayotda o‘z o‘rnini topa olmayotgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “My Business” realiti shousini tashkil etish orqali 3 ming nafar yoshlar qamrab olinadi.
  18. Yosh tadbirkorlar tomonidan shogird tayyorlash amaliyotini joriy etish orqali 11 ming nafar yoshlar qamrab olinadi.
  19. “Yoshlar biznes markazi” faoliyatini tashkil qilish orqali 4 ming nafar yoshlar qamrab olinadi.
  20. Yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash sohasida rivojlangan davlatlar tajribasini o‘rganish va tadbiq etish orqali 15 ming nafar yoshlar qamrab olinadi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

Hamkorlik uchrashuvi bo’lib o’tdi

19-aprel “Shakes Pear” kitoblar olamida “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi hamda Markaziy Osiyo va Janubi-Sharqiy Osiyo biznes hamjamiyati™ (CASEA-BC™) bosh direktori singapurlik Rudy Fang bilan...

Tadbirkorlarga qo‘llaniladigan moliyaviy jarimalar kamaytiriladi

Soliq kodeksining 227−1-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun qo‘llaniladigan moliyaviy sanksiyalar miqdorini kamaytirishini nazarda tutuvchi qonun ko‘rib chiqildi. Oliy Majlis Senatining Budjet va iqtisodiy islohotlar...

O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 37 millionga yetdi

22 aprel kuni soat 03:24 holatiga ko‘ra O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 37 millionga yetdi. 22 aprel kuni soat 03:24 holatiga ko‘ra respublikaning doimiy aholisi soni...

O‘zbekiston-Tojikiston investitsiya kompaniyasi $135 mlnlik loyihalarni amalga oshiradi

O‘zbekiston-Tojikiston sarmoyaviy kompaniyasi $135 mlnlik loyihalarni amalga oshiradi. Bu haqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi. Joriy yilning 17-aprel kuni Shavkat Mirziyoyevning...

To‘qimachilik tarmog‘ini rivojlantirish chora-tadbirlari muhokama qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 16-aprel kuni to‘qimachilik sohasida eksport va investitsiya hajmlarini oshirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. To‘qimachilik barcha hududlarimizda keng tarqalgan va aholini...