Matbuot xizmatiTadbirlar“Yoshlar-kelajagimiz” jamg‘armasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali tomonidan ishsiz yoshlarni tadbirkorlikka o‘qitish davom etmoqda

“Yoshlar-kelajagimiz” jamg‘armasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali tomonidan ishsiz yoshlarni tadbirkorlikka o‘qitish davom etmoqda

“Yoshlar-kelajagimiz” jamg‘armasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali tomonidan Nukus shahrida ishsiz yoshlarni tadbirkorlikka qiziqtirish va jalb qilish maqsadida joriy yilning 10-13 mart kunlari o‘quv kurslari tashkil qilindi. O‘quv kurslari yoshlarga tadbirkorlik subyektini tashkil etish, biznes g‘oyalarni tanlash va ishlab chiqish, soliq turlari hamda kredit siyosati mavzularida tajribali mutaxassislarni jalb qilgan holda tashkil etildi.


O‘quv kurslari yakunida tinglovchi yoshlar o‘zining tanlagan biznes loyihalarining taqdimotini tegishli tijorat banki va “Yoshlar-kelajagimiz” jamg‘armasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali xodimlari tomonidan ko‘rib chiqildi.


13-mart kuni yoshlarning saralab olingan 34 ta biznes loyiha tashabuskorlariga maxsus sertifikatlar topshirildi. Maxsus sertifikat topshirish marosimida Yoshlar ishlari agentigi direktori A.Sa’dullayev, Yoshlar ishlari agentigi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi boshlig‘i A.Daniyarov va “Yoshlar-kelajagimiz” jamg‘armasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali rahbari B.Baxbergenovlar ishtirok etib yoshlarga tadbirkorlik faoliyatini boshlashida katta zafarlar tiladi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

Mahallalarda ish oʼrinlari yaratish va oilalar daromadini koʼpaytirish yangi tizimning asosiy mezoni boʼladi.

Faol islohotlar, tadbirkorlikni rivojlantirish va mahallabay ishlash natijasida oʼtgan yili mamlakatimizda yalpi ichki mahsulot 7,4 foizga oʼsdi. Hududlarda 100 mingta yangi tadbirkor ish boshladi....

“Biznes Marafon” 2-mavsum Farg‘ona viloyatida | 2-qism

Farg‘ona viloyati I.A. Karimov nomidagi teatr va konsert zalida mahoratli tadbirkorlar va yoshlar ishtirokidagi «BIZNES MARAFON» o‘z ishini boshladi.

“Biznes Marafon” 2-mavsum Farg‘ona viloyatida | 1-qism

Farg‘ona viloyati I.A. Karimov nomidagi teatr va konsert zalida mahoratli tadbirkorlar va yoshlar ishtirokidagi «BIZNES MARAFON» o‘z ishini boshladi.

Kuniga 10 ming qadam yurganlarga 3 ming so‘mdan to‘lash to‘xtatiladi

Aholini piyoda yurishga rag‘batlantirishning yangi mexanizmiga o‘tilishi ma’lum qilindi. Endilikda bir kunda kamida 10 ming qadam yurgan fuqarolar lotereya ishtirokchisiga aylanadi, har hafta oxirida...

Murod Nazarov Mehribonlik uyidan 9 nafar qiz asrab oldi

“Biznes marafon” loyihasi spikeri, taniqli tadbirkor, “Murad Buildings” kompaniyasi asoschisi Murod Nazarov 9 nafar qiz farzand asrab oldi. Ijtimoiy tarmoqlarda tadbirkor oilasining suratlari tarqalmoqda. Qayd...

125 yillikning eng yaxshi 5 kitobi bilan tanishing

“New York Times” nashri dunyoning 68 ta mamlakatida yashovchi 200 mingta kitobxon orasida soʻrovnoma oʻtkazdi va soʻnggi 125 yillikning eng yaxshi beshta kitobini tanlab...