Matbuot xizmatiYangiliklarYosh tadbirkorlar bilan ochiq muloqot

Yosh tadbirkorlar bilan ochiq muloqot

Xabaringiz bor, so‘nggi yillarda tadbirkorlikka qaratilayotgan e’tibor va yaratilayotgan keng imkoniyatlar o‘zining ijobiy natijasini bermoqda. Tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning samarali faoliyat ko‘rsatishlari uchun barcha sharoitlar yaratilmoqda. “Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi ham yoshlarni tadbirkorlikka o‘qitish, dastlabki biznes g‘oyalarini rivojlantirishda ko‘maklashib, yoshlar va tadbirkorlar orasida munosib ko‘prik vazifasini bajarib kelmoqda.

 

 Davlatimiz rahbari tadbirkorlar bilan ilk bor ochiq muloqot o‘tkazgan edi. Bu sana mamlakatimizda “Tadbirkorlar kuni” sifatida belgilandi. Bunday uchrashuvlarni an’anaviy tarzda, har yili tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Mamlakatimizda ilk bor o‘tkazilgan ushbu uchrashuvda jami 10 mingga yaqin tadbirkor ishtirok etdi. «Siz kabi ishning ko‘zini biladigan, ishbilarmon yurtdoshlarimiz timsolida biz tom ma’nodagi Yangi O‘zbekiston bunyodkorlarini ko‘ramiz», — deya ta’kidlagandi prezident.

Davlatimiz rahbarining 2022-yil 22 avgust kuni tadbirkorlar bilan o‘tkazadigan navbatdagi ochiq muloqoti oldidan 16-avgust kuni soat 16:00 da “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi  hamda “Yoshlar” telekanali hamkorligida “Yosh tadbirkorlar bilan ochiq muloqot” mavzusida “Yoshlar press klubi” ning navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda Savdo-sanoat palatasi, Markaziy bank, Soliq qo‘mitasi, Bojxona qo‘mitasi, Investitsiya va tashqi savdo vazirligi vakillari hamda Biznes ombudsman, shuningdek, muvaffaqiyatga erishgan yosh tadbirkorlar ishtirok etdi.

Press-klub davomida tadbirkorlik sub’yektlarining olis, chekka qishloqlar va mahallalarda rivojlanishiga zarur shart-sharoitlar yaratish, tadbikorlik sub’yektlarining biznes g‘oyalari va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash kabi mavzular ko‘tarildi, ularga yechim bo‘la oladigan xulosalar berildi. Shuningdek, aholi bandligini ta’minlash, yoshlar orasida tashabbuskorlik va ishbilarmonlik ruhini o‘stirish bo‘yicha fikrlar bildirildi.

Muloqot davomida tadbirkorlar faoliyatida uchrayotgan to‘siqlar, qator muammo va kamchiliklarni bartaraf etishga alohida e’tibor qaratilib, tadbirkorlarning tashabbuslari va loyihalarini qo‘llab-quvvatlash yuzasidan tegishli xulosalar berildi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

Tadbirkorlar uchun yangi axborot tizimi ishga tushirildi

Biznes-ombudsman tomonidan tadbirkorlik sohasida davlat nazorati bilan bog‘liq katta hajmdagi ma’lumotlarni yig‘ish, tahlil qilish va qayta ishlash imkonini beruvchi “Yagona davlat nazorati” axborot tizimi...

Besh yil sarhisobi: O‘zbekistonda tadbirkorlikni rivojlantirish

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (Markaz) so‘nggi 5 yil ichida O‘zbekiston hududlarida tadbirkorlikning rivojlanish darajasini baholadi. 2021-yil 20-avgustda davlat rahbari birinchi marta tadbirkorlar bilan ochiq...

“Faol tadbirkor” ko‘krak nishonini ta’sis etish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori Mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholini ish bilan ta’minlash, respublikaning eksport salohiyatini oshirish va innovatsiyalar joriy qilishda o‘zining munosib hissasini qo‘shayotgan biznes vakillarini rag‘batlantirish, shuningdek, 2021-yil...

“Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoyishi Iqtisodiyotimizning barqaror rivojlanishini ta’minlash, mamlakatimizda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, tadbirkorlikni rivojlantirish, eksport salohiyatini oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, innovatsiyalarni joriy etish, soliqlarni...

O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 28,1 mlrd. AQSh dollariga teng bo‘ldi

2022-yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi 28,1 mlrd. AQSh dollariga teng bo‘ldi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.  Qayd etilishicha, bu...

O‘zbekistonda chiqindilar bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar uchun foyda va ijtimoiy soliqlar stavkasi 1 foizga tushiriladi

15-avgust kuni Davlat ekologiya qo‘mitasi tomonidan 20-avgust—Tadbirkorlar kuni munosabati bilan tadbirkorlar uchun ochiq muloqot tashkil etildi. Bu haqda qo‘mita axborot xizmati xabar qildi. Unda aytilishicha, qo‘mita...