Matbuot xizmatiYangiliklarTurkiy davlatlar rahbarlari Samarqandda to‘planadi

Turkiy davlatlar rahbarlari Samarqandda to‘planadi

Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlarining navbatdagi sammiti joriy yilning noyabr oyida Samarqandda bo‘lib o‘tadi. Bu haqda kecha, 5-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an o‘rtasida kechgan telefon suhbatida so‘z borgan. 

Muloqotda 2022-yil noyabr oyida Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti yuzasidan fikr almashilgan.

Ahamiyatli jihati shundaki, O‘zbekistonda o‘tkazilishi rejalashtirilgan sammit Turkiy davlatlar tashkilotining ilk yig‘ilishi sifatida tarixda qoladi. Bungacha tashkilot Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi nomi bilan faoliyat yuritgan. 

Tashkilotning so‘nggi sammiti 2021-yilning 13-noyabr kuni Turkiyaning Istanbul shahrida o‘tkazilgan edi. Ushbu sammitda tashkilot nomi Turkiy davlatlar tashkiloti deya qayta nomlandi. 

O‘zbekiston ushbu tashkilotga 2019-yilning oktyabr oyida a’zo bo‘lgan. 

Ayni vaqtda tashkilotga Qozog‘iston, Turkiya, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Ozarbayjon a’zo sanaladi. Vengriya va Turkmaniston esa kuzatuvchi davlat maqomiga ega. 

2021-yilda o‘tgan sammitda davlat rahbarlari 10 dan ortiq hujjat – sammitning yakuniy deklaratsiyasi, “Turkiy dunyo nigohi – 2040” dasturiy hujjati va kun tartibiga kiritilgan boshqa qarorlarni imzolaganlar. 

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

Toshkent viloyatidagi 20 mingga yaqin bino Yangi Toshkent hududiga o‘tkaziladi

Yuqori Chirchiq tumanidan 6 556ta, O‘rta Chirchiq tumanidan esa 3 167ta obyekt o‘tkazilmoqda. Toshkent viloyatidan 20 mingga yaqin binolar Yangi Toshkent hududiga o‘tkazilmoqda. Bu haqda viloyat...

O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi salkam 16 mlrd dollarga yetdi

O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 6,2 foizga oshgan. 2024 yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 15,8 mlrd AQSh dollariga yetgan. Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, tashqi savdo aylanmasi...

O‘zbekiston mart oyida 1,35 mlrd dollarlik oltin eksport qildi

Mart oyida O‘zbekiston 1,35 mlrd dollarlik, yil boshidan buyon esa 2,66 mlrd dollarlik oltin eksport qildi. 2024 yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 15,8...

Hamkorlik uchrashuvi bo’lib o’tdi

19-aprel “Shakes Pear” kitoblar olamida “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi hamda Markaziy Osiyo va Janubi-Sharqiy Osiyo biznes hamjamiyati™ (CASEA-BC™) bosh direktori singapurlik Rudy Fang bilan...

Tadbirkorlarga qo‘llaniladigan moliyaviy jarimalar kamaytiriladi

Soliq kodeksining 227−1-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun qo‘llaniladigan moliyaviy sanksiyalar miqdorini kamaytirishini nazarda tutuvchi qonun ko‘rib chiqildi. Oliy Majlis Senatining Budjet va iqtisodiy islohotlar...