Matbuot xizmatiYangiliklar“Tadbirkorlikka ilk qadam” o‘quv seminar trening 3-kun

“Tadbirkorlikka ilk qadam” o‘quv seminar trening 3-kun

Qoraqalpog‘iston Respublikasida yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va bandligini ta’minlash maqsadida mahallalarda xatlov ishlari amalga oshirilmoqda. Xatlov davomida “Yoshlar daftariga” kiritilgan yoshlar orasida o‘z startap g‘oyalari, dastlabki biznesni boshlash va tadbirkorlik o‘quv kurslarida ishtirok etish istagini bildirganlar ham aniqlandi.

Nukus shahrida “Yoshlar daftariga” kiritilgan yoshlarni tadbirkorlikka o‘qitish va ular bilan ochiq muloqot tashkil etish uchun “Yoshlar markazida”, “Tadbirkorlikka ilk qadam” mavzusida 3 kunlik o‘quv seminar treningi tashkil etildi. Seminarda umumiy hisobda 4 ta sektor hududidan  215 ta yoshlar ishtirok etdi.

Seminar trening davomida Savdo sanoat palatasiLoyihalar fabrikasiInnovastiya boshqarmasi yoshlarga biznes g‘oyalarni qanday qilib tuzish, startaplar ustida izlanishlar va boshqa tadbirkorlik yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zlarining tushunchalarini berib o‘tishdi.

“Yoshlar—kelajagimiz” jamg‘armasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali mas’ul xodimlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, o‘quv dasturlari, biznes sayohatlar haqida bir qator ma’lumotlar yetkazildi. Trening davomida faol yoshlar estalik sovg‘alari va sertifikat bilan taqdirlandi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

Mukammal kun tartibiga qanday erishish mumkin?

Samarali kunlik jadvalni yaratish biroz tayyorgarlikni talab qiladi. Bunda nafaqat qanday vazifalarni bajarish kerakligini tushunish, balki ularni qachon amalga oshirish mumkinligini aniq belgilash kerak....

O‘zbekiston, statistika: meva-sabzavot eksporti oshishi kuzatildi

Davlat statistika qo‘mitasi dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston qiymati qariyb 450 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 821 ming tonna meva va sabzavotlar...

“Tadbirkorlikka ilk qadam” mavzusida o‘quv seminar trening 2-kun

Nukus shahrida “Yoshlar daftariga” kiritilgan yoshlarni tadbirkorlikka o‘qitish va ular bilan ochiq muloqot tashkil etish uchun “Yoshlar markazida”, “Tadbirkorlikka ilk qadam” mavzusidagi seminarning 2-kunidan jarayonlar. ...

“Tadbirkorlikka ilk qadam” mavzusida o‘quv seminar trening

Qoraqalpog‘iston Respublikasida yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va bandligini ta’minlash maqsadida mahallalarda xatlov ishlari amalga oshirilmoqda. Xatlov davomida “Yoshlar daftariga” kiritilgan yoshlar orasida o‘z startap g‘oyalari,...

Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida favqulodda holatning amal qilishini tugatish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining favqulodda holatning amal qilishini muddatidan avval tugatish to‘g‘risidagi murojaatini hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida jamoat tartibi tiklanganligini va ko‘rilgan...

O‘zbekistonda oilaviy bog‘chalarga 3 yoshga to‘lmagan bolalarni ham qabul qilishga ruxsat beriladi

“Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi, deb xabar bermoqda Adliya vazirligi matbuot xizmati. Qarorga muvofiq, 2022-yil 1-sentabrdan: oilaviy nodavlat...