Matbuot xizmatiYangiliklar“Tadbirkorlikka ilk qadam” mavzusida o‘quv seminar trening

“Tadbirkorlikka ilk qadam” mavzusida o‘quv seminar trening

Qoraqalpog‘iston Respublikasida yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va bandligini ta’minlash maqsadida mahallalarda xatlov ishlari amalga oshirilmoqda. Xatlov davomida “Yoshlar daftariga” kiritilgan yoshlar orasida o‘z startap g‘oyalari, dastlabki biznesni boshlash va tadbirkorlik o‘quv kurslarida ishtirok etish istagini bildirganlar ham aniqlandi.

Nukus shahrida “Yoshlar daftariga” kiritilgan yoshlarni tadbirkorlikka o‘qitish va ular bilan ochiq muloqot tashkil etish uchun “Yoshlar markazida”, “Tadbirkorlikka ilk qadam” mavzusida 3 kunlik o‘quv seminar treningi tashkil etildi. Seminarda umumiy hisobda 4 ta sektor hududidan  215 ta yoshlar ishtirok etdi.

Seminar trening davomida Savdo sanoat palatasi, Loyihalar fabrikasi, Innovastiya boshqarmasi yoshlarga biznes g‘oyalarni qanday qilib tuzish, startaplar ustida izlanishlar va boshqa tadbirkorlik yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zlarining tushunchalarini berib o‘tishdi.

Markaziy bank tomonidan “Xalq banki”, “Agrobank” ATB, “Mikrokredit bank” ATB Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiallari tomonidan biriktirilgan bir qator malakali mutaxassislar o‘zlari faoliyat yuritayotgan banklardagi imtiyozlar, yoshlar uchun imkoniyatlar haqida ma’lumotlarni berdi. 

 

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

O‘zbekiston-Tojikiston investitsiya kompaniyasi $135 mlnlik loyihalarni amalga oshiradi

O‘zbekiston-Tojikiston sarmoyaviy kompaniyasi $135 mlnlik loyihalarni amalga oshiradi. Bu haqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi. Joriy yilning 17-aprel kuni Shavkat Mirziyoyevning...

To‘qimachilik tarmog‘ini rivojlantirish chora-tadbirlari muhokama qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 16-aprel kuni to‘qimachilik sohasida eksport va investitsiya hajmlarini oshirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. To‘qimachilik barcha hududlarimizda keng tarqalgan va aholini...

2024-yilda O‘zbekiston YaIM o‘sishi 5,3%ni tashkil etadi — Jahon banki

Bankning iqtisodiy tahlilida qayd etilishicha, joriy yilda kambag‘allik darajasi 4,3%gacha qisqarishi kutilmoqda. Jahon banki “Yevropa va Markaziy Osiyo iqtisodiyotlari sharhi” nomli navbatdagi hisobotini e’lon qildi. Hisobotda O‘zbekiston...

O‘zbekiston temir yo‘llari yangi elektropoyezd dizaynini yaratish bo‘yicha tanlov e’lon qildi

Chizmalar Hyundai Rotem tezyurar poyezdi uchun qabul qilinadi hamda tanlov g‘olibi 100 mln so‘m pul mukofoti bilan taqdirlanadi. “O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasi “Hyundai Rotem” tezyurar...

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari $2 mlrdga oshdi

Jahondagi rekord narxlar fonida Markaziy bank 12 tonnadan ortiq qimmatbaho metal sotdi. Martda O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari ikki oylik pasayishdan keyin ko‘tarildi. Bu haqda Markaziy bank ma’lumotlarida keltirilgan. Joriy...

Chet elga ishlashga boruvchilarning imtihon, viza va yo‘l chiptasi xarajatlari qoplab beriladi

Prezident farmonida xorijga vaqtincha mehnat faoliyatini olib borish uchun jo‘nab ketayotgan yoki xorijda vaqtincha ishlayotgan fuqarolarga tibbiy, ijtimoiy, huquqiy, konsullik xizmatlarini ko‘rsatish masalalari ko‘rsatib...