Matbuot xizmatiYangiliklarTadbirkorlar uchun yangi axborot tizimi ishga tushirildi

Tadbirkorlar uchun yangi axborot tizimi ishga tushirildi

Biznes-ombudsman tomonidan tadbirkorlik sohasida davlat nazorati bilan bog‘liq katta hajmdagi ma’lumotlarni yig‘ish, tahlil qilish va qayta ishlash imkonini beruvchi “Yagona davlat nazorati” axborot tizimi ishga tushirildi.

Ushbu axborot tizimida barcha nazorat qiluvchi organlarning tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida o‘tkaziladigan tekshiruvlarni ro‘yxatdan o‘tkazgan holda amalga oshirilishi belgilangan. 
 
Axborot tizimi bir qancha qulayliklarga ega. Jumladan, tadbirkorlar o‘z faoliyatida o‘tkazilgan yoki o‘tkazilishi rejalashtirilgan tekshiruvlar to‘g‘risidagi ma’lumotni internet tarmog‘i va mobil ilovalardan, telegram bot va sms-xabar tarzida oladi. 
 
Yuqori darajadagi shaffoflikni ta’minlash maqsadida tizimning personal kompyuterdan foydalanish uchun “govcontrol.uz” manzilida veb-sahifa hamda “IOS” va “Android” platformasida mobil ilovalar ishlab chiqilgan bo‘lib, ushbu ilovalarni tadbirkorlar “App store” va “Play market” orqali o‘z mobil telefonlariga yuklab olishlari mumkin. 
 
Endilikda barcha tadbirkorlar ushbu tizim orqali ro‘yxatdan o‘tgan holda o‘zlarining faoliyatlarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan yoki o‘tkazilgan tekshiruvlar yuzasidan ma’lumot olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. 
 
Tadbirkorlik sub’ektlari tekshiruv haqidagi ma’lumotlarni Telegram’dagi @tekshiruvinfo_bot orqali yoki SMS orqali 4064 qisqa raqamga STIR raqamini yuborish orqali bilib olishlari mumkin. 
 
Shuningdek, “Yagona davlat nazorati” axborot tizimi (“govcontrol.uz”) orqali tadbirkorlik sub’ektlari o‘zlarining faoliyatlarida o‘tkazilgan har bir tekshiruv yuzasidan tekshiruvni o‘tkazgan nazorat organlari xodimlarining xatti-harakatlariga baho berish, g‘ayriqonuniy harakatlar, jumladan korrupsiya holatlari haqida shikoyat berish imkoniyati yaratildi. 
 
“Yagona davlat nazorati” axborot tizimi orqali tekshiruvlarni ro‘yxatga olish kitobi, yangi elektron formati yaratildi. 
 
Tadbirkorlarning huquqiy savodxonligini oshirish va ularga qonunchilikdagi o‘zgarish va yangiliklarni o‘rgatishning oson va qulay uslubini ta’minlash maqsadida tadbirkorlikka aloqador qonunchilikdagi yangiliklar 5-10 daqiqalik videodarsliklar “Yagona davlat nazorati” axborot tizimga yuklab boriladi. 
 
Barcha tadbirkorlar o‘zlarining faoliyatlarida nazorat organlari tomonidan o‘tkaziladigan tekshiruvlarni “Yagona davlat nazorati” axborot tizmidan ro‘yxatdan o‘tganligini tekshirib olishlari va ularning faoliyatida o‘tkazilgan noqonuniy tekshiruvlar yuzasidan Biznes ombudsmanga murojaat qilishlari mumkin. 

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

Milliy mustaqillik – Yangi O‘zbekistonning mustahkam asosidir

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz bir yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi   Assalomu alaykum, qadrli vatandoshlar! Muhtaram mehmonlar! Xonimlar va janoblar! Avvalo, mana shu muazzam...

Besh yil sarhisobi: O‘zbekistonda tadbirkorlikni rivojlantirish

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (Markaz) so‘nggi 5 yil ichida O‘zbekiston hududlarida tadbirkorlikning rivojlanish darajasini baholadi. 2021-yil 20-avgustda davlat rahbari birinchi marta tadbirkorlar bilan ochiq...

“Faol tadbirkor” ko‘krak nishonini ta’sis etish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori Mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholini ish bilan ta’minlash, respublikaning eksport salohiyatini oshirish va innovatsiyalar joriy qilishda o‘zining munosib hissasini qo‘shayotgan biznes vakillarini rag‘batlantirish, shuningdek, 2021-yil...

“Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoyishi Iqtisodiyotimizning barqaror rivojlanishini ta’minlash, mamlakatimizda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, tadbirkorlikni rivojlantirish, eksport salohiyatini oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, innovatsiyalarni joriy etish, soliqlarni...

Yosh tadbirkorlar bilan ochiq muloqot

Xabaringiz bor, so‘nggi yillarda tadbirkorlikka qaratilayotgan e’tibor va yaratilayotgan keng imkoniyatlar o‘zining ijobiy natijasini bermoqda. Tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning samarali faoliyat ko‘rsatishlari uchun...

O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 28,1 mlrd. AQSh dollariga teng bo‘ldi

2022-yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi 28,1 mlrd. AQSh dollariga teng bo‘ldi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.  Qayd etilishicha, bu...