Marhum tadbirkor Stiv Jobs hayotlik vaqtlarida qaysi kitoblarni oʻqishni tavsiya qilgan?
1. “1984”, Jorj Oruell
Mazkur kitob bir kishining odamlar xulq-atvoridan tashqari, ularning fikrlarini ham boshqarishni istagan davlatga qarshi kurashlari haqida hikoya qiladi.
2. “Atlant yelkalarini toʻgʻriladi”, Ayn Rend
Ushbu kitobda butun dunyoning tirgagi – iqtidorli va yolgʻiz insonlar ekanligi, agar ushbu insonlar yaratishdan toʻxtab qoladigan boʻlsalar, dunyo ostin-ustun boʻlishi haqida yozilgan.
3. “Yogning tarjimai holi”, Paramaxansa Yogananda
Mazkur kitob muallifi odatiy hodisalar bilan bir qatorda hayotiy tajriba asosidagi moʻjizalar qonunini izohlashga harakat qiladi.
4. “Hozir shu yerda boʻl”, Baba Ram Dass
Kitob muallifdagi yoga yordamida sodir boʻlgan ruhiy oʻzgarishlarni yoritib beradi.
5. “Kichik sayyora uchun parhez”, Frensis Mur Lappe
Ushbu kitobda toʻgʻri taomlanish qoidalari, tarkibiga goʻsht qoʻshilmagan, asosini oqsil tashkil qiluvchi taomlar retseptlari keltirib oʻtilgan.
6. “Tornadoning ichida”, Jeffri A.Mur
Mijozlarni jalb qilishni istagan marketologlar uchun “xarita”.
7. “Dasturlash daosi”, Jeffri Jeyms
Dao uslubidagi rivoyatlar koʻrinishida yozilgan kompyuter dasturlari toʻplami.