Matbuot xizmatiYangiliklarQoraqalpog‘iston Respublikasi hududida favqulodda holatning amal qilishini tugatish to‘g‘risida

Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida favqulodda holatning amal qilishini tugatish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining favqulodda holatning amal qilishini muddatidan avval tugatish to‘g‘risidagi murojaatini hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida jamoat tartibi tiklanganligini va ko‘rilgan choralar natijasida fuqarolarning xavfsizligi, ularning huquq va erkinliklari himoyasi ta’minlanganligini inobatga olib, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “Favqulodda holat to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonunining 11-moddasiga muvofiq:

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-iyuldagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida favqulodda holat joriy etish to‘g‘risida”gi PF‒164-son Farmoni bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida joriy etilgan favqulodda holatning amal qilishi 2022-yil 21-iyul kuni soat 05:00 dan boshlab muddatidan avval tugatilsin.

2. Mazkur Farmon 2022-yil 21-iyul kuni soat 05:00 dan e’tiboran kuchga kiradi va ommaviy axborot vositalarida darhol e’lon qilinishi shart.

3. Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi palatalariga tasdiqlash uchun yuborilsin.

4. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V.Maxmudov zimmasiga yuklansin.

 

                                O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti                                    Sh.MIRZIYOEV

 

Toshkent shahri,

2022-yil 20-iyul

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

O‘zbekiston-Tojikiston investitsiya kompaniyasi $135 mlnlik loyihalarni amalga oshiradi

O‘zbekiston-Tojikiston sarmoyaviy kompaniyasi $135 mlnlik loyihalarni amalga oshiradi. Bu haqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi. Joriy yilning 17-aprel kuni Shavkat Mirziyoyevning...

To‘qimachilik tarmog‘ini rivojlantirish chora-tadbirlari muhokama qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 16-aprel kuni to‘qimachilik sohasida eksport va investitsiya hajmlarini oshirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. To‘qimachilik barcha hududlarimizda keng tarqalgan va aholini...

2024-yilda O‘zbekiston YaIM o‘sishi 5,3%ni tashkil etadi — Jahon banki

Bankning iqtisodiy tahlilida qayd etilishicha, joriy yilda kambag‘allik darajasi 4,3%gacha qisqarishi kutilmoqda. Jahon banki “Yevropa va Markaziy Osiyo iqtisodiyotlari sharhi” nomli navbatdagi hisobotini e’lon qildi. Hisobotda O‘zbekiston...

O‘zbekiston temir yo‘llari yangi elektropoyezd dizaynini yaratish bo‘yicha tanlov e’lon qildi

Chizmalar Hyundai Rotem tezyurar poyezdi uchun qabul qilinadi hamda tanlov g‘olibi 100 mln so‘m pul mukofoti bilan taqdirlanadi. “O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasi “Hyundai Rotem” tezyurar...

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari $2 mlrdga oshdi

Jahondagi rekord narxlar fonida Markaziy bank 12 tonnadan ortiq qimmatbaho metal sotdi. Martda O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari ikki oylik pasayishdan keyin ko‘tarildi. Bu haqda Markaziy bank ma’lumotlarida keltirilgan. Joriy...

Chet elga ishlashga boruvchilarning imtihon, viza va yo‘l chiptasi xarajatlari qoplab beriladi

Prezident farmonida xorijga vaqtincha mehnat faoliyatini olib borish uchun jo‘nab ketayotgan yoki xorijda vaqtincha ishlayotgan fuqarolarga tibbiy, ijtimoiy, huquqiy, konsullik xizmatlarini ko‘rsatish masalalari ko‘rsatib...