Prezidentning tegishli farmoni bilan 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston prezidenti davlat stipendiyasi kvotasi:
➖ tayanch doktoranturada tahsil olayotgan doktorantlar uchun 10 ta;
➖ magistratura bosqichi talabalari uchun 22 ta;
➖ bakalavriat bosqichi talabalari uchun esa har bir OTMga 1 tadan etib belgilandi.
Shuningdek, Qoraqalpog‘istondagi OTMLarda tahsil olayotgan iqtidorli talabalarga O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq yozuvchisi To‘lepbergen Qaipbergenov hamda O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq shoiri Ibroyim Yusupov nomli davlat stipendiyalari joriy etildi.
Endilikda Prezident va nomli davlat stipendiyalari davlat OTMlarining qo‘shma ta’lim dasturlari asosida tahsil olayotgan hamda respublikada faoliyat yurituvchi xorijiy OTMlarning filiallari va nodavlat oliygohlarning bakalavriat bosqichi talabalari uchun ham tatbiq etiladi.