Matbuot xizmatiYangiliklarO‘zbekistonga tovarlarni olib kirish tartibi soddalashtiriladi

O‘zbekistonga tovarlarni olib kirish tartibi soddalashtiriladi

O‘zbekistonda jismoniy shaxslar tomonidan olib kelinadigan bir qator tovarlar uchun normalar bekor qilinishi mumkin. Maishiy texnika, kompyuter va mobil qurilmalar, alkogol va tamaki mahsulotlari, atir, zargarlik buyumlaridan tashqari boshqa tovarlarni olib kelishdagi cheklovlar olib tashlanadi.

Vazirlar Mahkamasining “Jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekistonga tovarlarni olib o‘tish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga o‘zgartirish kiritiladi.

Tegishli hujjat loyihasida aytilishicha, Vazirlar Mahkamasi qarori bilan jismoniy shaxslar uchun mamlakatga olib kiriladigan mahsulotlar hajmiga cheklovlar o‘rnatilgan.

Yuqoridagi qaror ilovasi 21-bandiga muvofiq, mamlakatga boshqa turdagi mahsulotlarni 10 kilogrammgacha bo‘lgan hajmda bojxona to‘lovlarisiz olib kirish mumkin.

Prezidentning “Jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib o‘tishni yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, jismoniy shaxslar tomonidan respublikaga avtoyo‘l (piyoda) bojxona chegaralari o‘tish punktlari orqali 300 AQSh dollarigacha bo‘lgan mahsulotlarni bojxona to‘lovlarisiz olib o‘tish mumkin.

Bildirilishicha, hozirda mamlakatga chegara postlari orqali mahsulotlarni bojxona to‘lovlarisiz olib o‘tishda ham miqdoriy, ham qiymat normalari joriy etilgan.

Mahsulotlarni mamlakat hududiga olib kirishda miqdoriy cheklovlar o‘rnatilgani sababli, ularni “yashil yo‘lak” orqali bojxona ko‘rigidan o‘tkazish imkonsiz bo‘lib, barcha jismoniy shaxslar “qizil yo‘lak” orqali bojxona ko‘rigidan o‘tkazilmoqda.

Xorijiy davlatlarda mahsulotlarni chegara postlaridan olib o‘tishda son va miqdoriy cheklovlar o‘rnatilmagan, faqat mahsulotlar umumiy qiymatiga cheklov belgilangan.

Yuqoridagilardan kelib chiqib hamda jahondagi oziq-ovqat mahsulotlari tanqisligi sharoitida aholini ijtimoiy ahamiyatga ega birlamchi mahsulotlar bilan ta’minlash, ichki bozorda oziq-ovqat mahsulotlari narxi oshib ketishi oldini olish, mamlakat fuqarolariga shaxsiy ehtiyojlari uchun mahsulotlarni olib kirishga shart-sharoit yaratish maqsadida, Vazirlar Mahkamasi qarori ilovasidan 20-21 bandlarni chiqarib tashlash taklif etilmoqda.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

O‘zbekistonda ayrim banklar xorijliklarga karta berish shartlarini kuchaytirdi

12-sentabrdan boshlab O‘zbekistonda kamida ikkita bank norezidentlarga bank kartalarini berish shartlarini kuchaytirdi. «Kapitalbank» matbuot xizmati xabariga ko‘ra, bankda naqd pul oqimlari va operatsiyalari shaffofligini ta’minlash...

O‘zbekiston birjasida shakar va un narxi pasaydi

O‘tgan hafta davomida ya’ni 5 – 11 sentabr kunlari “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi”ning barcha savdo platformalarida 2 688,9 mlrd so‘mlik tovarlar sotilgan bo‘lib,...

Dehqon xo‘jaliklari tashkil etishni qo‘llab-quvvatlash orqali aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori Mamlakatda oziq-ovqat xavfsizligini va ichki bozorlarda narxlar barqarorligini ta’minlash hamda agrar sohada aholining tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash orqali ularning daromadlarini oshirish, shuningdek, “Bir...

Mijozni ko’proq pul sarflashga undovchi “xiylalar”: supermarket misolida

Har bir kishi pulni havoga sovurmaslik va keraksiz narsalarni xarid qilmasligi uchun marketing hiylalari haqida bilishi kerak. Quyida sizga supermarket va do‘konlarda pulingizni tejashning...

Tarixda ilk bor sun’iy intelekt yordamida film yaratiladi

Nemis olimi Fabian Stelzer sun'iy intellekt yordamida film yaratish ustida ish olib bormoqchi. Kartina to‘liq neyron tarmoqlar to‘plami tomonidan suratga olinadi: biri rasm bilan...

O‘zbekistonda qaysi davlatlar kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘proq?

O‘zbekistonda Rossiya kapitali ishtirokidagi korxonalar soni boshqa mamlakatlarga nisbatan ko‘proq. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi. Qayd etilishicha, 2022-yil 1-sentabr holatiga ko‘ra respublikada faoliyat...