Matbuot xizmatiYangiliklarO‘zbekistonda tadbirkorlikni yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lgan migrantlar uchun «50x50» dasturi joriy etiladi

O‘zbekistonda tadbirkorlikni yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lgan migrantlar uchun «50×50» dasturi joriy etiladi

Prezidentning “Xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirib O‘zbekistonga qaytib kelgan fuqarolarni ish bilan bandligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

2022-yil 1-iyuldan xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish natijasida orttirgan mablag‘lari hisobidan O‘zbekistonda tadbirkorlikni yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lgan mehnat migrantlari tomonidan tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish uchun “50×50” tamoyili asosida dastur joriy etiladi. Bunda:

loyiha umumiy qiymatining 50 foizi miqdorida, lekin bazaviy hisoblash miqdorining 150 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi hisobidan subsidiya ajratiladi;
ajratiladigan subsidiyalar har bir ishga qabul qilingan fuqaro uchun bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravaridan oshmasligi kerak;
subsidiya ajratishda Yagona milliy mehnat tizimida ro‘yxatdan o‘tkazilgan mehnat shartnomasi asos hisoblanadi.
Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan yoki qaytib kelgan mehnat migrantlar uchun “O‘z kelajagimga o‘zim investor” loyihasi joriy etiladi. Bunda:

dastur doirasida TIF “Milliy bank”, AT “Xalq bank” va AT “Sanoatqurilishbank” tomonidan kamida 1 ming nafar mehnat migrantiga ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi, qurilish, transport, xizmat ko‘rsatish yo‘nalishidagi har bir loyiha uchun bazaviy hisoblash miqdorining 500 baravarigacha kredit ajratiladi;
kredit olmoqchi bo‘lgan fuqaroning mehnat migratsiyasidan qaytganligi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining “labor-migration” dasturiy majmuasida qayd etilgan ma’lumotlar asosida taqdim etiladigan tasdiqnoma bilan tasdiqlanadi;
dasturni amalga oshirish uchun Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi mablag‘laridan mazkur kichik bandda ko‘rsatilgan banklarga 30 milliard so‘m miqdorida resurs ajratiladi;
kredit resurslari Reintegratsiya markazi rahbari va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining hududiy filiallari tomonidan taqdim etiladigan manzilli ro‘yxat asosida moliyalashtiriladi;
dastur doirasida 33 million so‘mgacha ajratilayotgan kredit mablag‘lari mahallalardagi hokim yordamchilari tavsiyasiga asosan garov ta’minotisiz ajratiladi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

O‘zbekistonliklar Kanadaga ishga taklif etilmoqda

Kanada 5000 bo‘sh o‘rni taklif etmoqda! Kanada ish beruvchilari bilan erishilgan kelishuvga ko‘ra, qurilish, xizmat ko‘rsatish va texnik sohalarga fuqarolar ishga taklif etilmoqda. Dastlab qurilish sohasida: −...

Qishloq xo‘jaligida eksportni ko‘paytirish masalalari muhokama qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 18-mart kuni qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoati sohalarida investitsiyalar jalb qilish hamda eksportni ko‘paytirish masalalari muhokamasi bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. O‘tgan...

Markaziy bank asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi

Markaziy bank boshqaruvi iqtisodiyotda talab va taklif mutanosibligiga erishish bo‘yicha noaniqliklar va inflyatsiyani oshiruvchi kutilmalarning saqlanib qolayotganligini inobatga olib hamda inflyatsiyaning 5 foizlik targetigacha...

Savdo korxonalari uchun yangi sanitariya-gigiyena talablari belgilanmoqda

Shu bilan birga oziq-ovqat savdosi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar faoliyatiga to‘sqinlik qiluvchi ayrim talablar bekor qilinmoqda. Adliya vazirligi Sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan yangi tahrirdagi oziq-ovqat...

Ramazon oyini yuqori saviyada o‘tkazish, diniy-ma’rifiy, madaniy qadriyatlarni ulug‘lash chora-tadbirlari belgilandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev «Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi. Qarorda O‘zbekiston xalqi uchun ezgulik, birdamlik, olijanoblik va shukronalik timsoli bo‘lgan qutlug‘ Ramazon...

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ramazon oyi 2024-yil 11-mart, dushanba kunidan boshlanishini e’lon qildi.

O‘tgan haftada O‘zbekiston musulmonlari idorasi tashabbusi bilan Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya va Ozarbayjon kabi turkiy davlatlar Fatvo hay'atlarining onlayn majlisi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda ulamolar va soha...