Matbuot xizmatiYangiliklarO‘zbekistonda Startap loyihalarini moliyalashtirish mumkinmi!? Аlbatta endi buni imkoni bor

O‘zbekistonda Startap loyihalarini moliyalashtirish mumkinmi!? Аlbatta endi buni imkoni bor

Yurtimizda StartUp loyihalarni qo‘llab-quvvatlash tizimi tobora rivojlanib borayotganligidan xabaringiz bor va bu o‘z navbatida yoshlarga oid davlat siyosatining muxim vazivalaridan biri hisoblanadi. Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan Аndijon viloyatidagi yoshlarning bir qator StartUp loyihalarini amaliyotga joriy etish uchun 2 mlrd. so‘m miqdoridagi “Unicorns” grant loyihasi amalga oshirildi.
“Unicorns” loyihasi doirasida, startap jamoalari tomonidan 466 ta onlayn ariza kelib tushgan bo‘lib , bu loyihalarning 215 tasi dastlabki saralash bosqichidan o‘tib intervyu bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
“Unicorns” loyihasining intervyu bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan 69 ta startap loyihalar jamoasi akseleratsiya dasturiga taklif etildi. Tajribali mentorlar va trekkerlarni jalb qilgan holda 69 ta startap loyihalar jamoasi bilan akseleratsiya dasturi tashkil etildi. “Unicorns” loyihasining final bosqichi (Demo day) joriy yilning 23 noyabr sanasida Аndijon shahridagi “Digital city” texnoparkida tashkil etilib, akseleratsiya dasturidan muvaffaqiyatli o‘tgan 25 ta jamoa o‘z loyihalarini yig‘ilganlar e’tiboriga namoyish qildi.
Tajribali biznes ekspertlar guruxidan tashkil topgan hakamlar hayʼati qaroriga ko‘ra loyihada g‘olib deb topilgan 15 ta istiqbolli startap loyihaga 1,8 mlrd.so‘m maqsadli grant mablag‘i ajratildi.
Xususan o‘tgan yili “Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi xamda BMTning Taraqqiyot dasturi bilan hamkorlikda Koronavirus pandemiyasining oqibatlarini barqarorlashtirishga qaratilgan innovatsion vositalar va yechimlar onlayn tanlovi – “Covid-19 Challenge 2020” o‘tkazildi.
“Covid-19 Challenge 2020” tanlovida g‘olib bo‘lgan startap loyihalarga jami 475 mln. so‘m beg‘araz, maqsadli grant mablag‘lari ajratildi.
Shuningdek jamg‘arma tomonidan yoshlarning startap g‘oyalari va loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, istiqbolli startap loyihalarni moliyalashtirish maqsadida “Startap tashabbuslar” dasturi amalga oshirilyapti.
Ushbu dastur doirasida ishtirok etgan 1 972 nafar yoshlar (shundan 559 nafari qizlar)dan iborat bo‘lgan 905 ta startap jamoalari ishtirok etdi.
Loyihaning intervyu bosiqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan 273 ta jamoa akseleratsiya dasturiga taklif etildi. Ushbu loyihalardan
30 tasi amaliyotga joriy qilingan va o‘zining dastlabki mijozlariga ega, 121 ta loyihaning prototiplari yaratilgan, 122 ta loyiha esa g‘oya bosqichida.
Dastur yakunida g‘olib bo‘lgan 40 ta startap loyihalarga
50 mln. soʼmdan jami 2 mlrd. soʼm grant mablagʼi ajratilishi rejalashtirilgan. Shundan, 1 mlrd. so‘m “Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi, 1 mlrd. so‘m BMTning Taraqqiyot Dasturi mablag‘lari hisobidan ajratiladi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

Farg‘ona viloyatida “Yoshlar biznes markazi” tashkil etildi

Bu orqali “Book kafe”, “Kovorking” markazi, “IT” markaz, “Arxitektura va art dizayn” markazi, “Yuridik klinika”, kitob do‘koni, “Yoshlar mediya studiyasi”, DILRABO TRAVEL” sayyohlik agentligi,...

“GEW-2021” 5-chi Global Tadbirkorlik Haftaligi

Har yili o‘tkaziladigan Global Tadbirkorlik Haftaligi tadbiri hamkor tashkilotlar va davlat xizmatlari, shuningdek, biznes birlashmalari tomonidan tobora ko‘proq qiziqish uyg‘otmoqda. Shuningdek, ochilish marosimida davlat...

Nimaga IT olamida xatolar bag (bug — hasharot) deb ataladi bilasizmi?

— Afsonaga qaraganda 1947-yilning 9-sentyabrida Harward universitetida, Greys Myurrey Xopper Mark II Aiken Relay Calculator qurilmasini tekshirayotgan vaqtida xatolikka duch keladi. Keyinchalik aniqlanishi boʻyicha...

Nimaga Telegram foydalanuvchilari soni keskin oshib ketdi bilasizmi?

— Telegram yuklab olinishlar soni bir milliarddan oshib ketdi, bunga asosiy sabab esa 2021-yil 5-oktabr kuni Facebookning 6 soat davomida ishlamay qolishi boʻldi. Facebook...

“e-kasb.uz” onlayn platformasining taqdimot marosimi

Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyda Yoshlar ishlari agentligi hamda “Yoshlar - kelajagimiz” jamg‘armasi tomonidan ishlab chiqilgan yoshlar orasida talab yuqori boʻlgan kasb-hunarlarni oʻrgatishga qaratilgan “E-kasb.uz”...

O‘zbekistonda talabalar soni yarim milliondan oshdi

2020/2021 — o‘quv yili boshiga respublikadagi oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan talabalar soni 571,5 mingtani tashkil etgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi. Ulardan: 🔹...