Matbuot xizmatiYangiliklarO‘zbekistonda o‘qishni “perevod” qilish bo‘yicha arizalar qabul qilish boshlandi

O‘zbekistonda o‘qishni “perevod” qilish bo‘yicha arizalar qabul qilish boshlandi

O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri 2022/2023-o‘quv yili uchun talabalar o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha arizalar qabul qilish boshlanganini e’lon qildi.

Ma’lum qilinishicha, respublika oliy ta’lim muassasalariga talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash bo‘yicha arizalar quyidagi elektron tizimlar orqali qabul qilinadi:

transfer.edu.uz — respublikaning bir OTMdan boshqa OTMga yoki bir OTM doirasida;
my.dtm.uz — xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan.
Qabul 2022-yil 15-iyuldan 5-avgustgacha (shu kuni ham) davom etadi.
Kerakli hujjatlar:

ariza (onlayn tarzda)
transkript yoki reyting daftarchasi (JPG yoki PDF shakli)
akademik ma’lumotnoma (o‘qishni tiklovchilar uchun).
Eslatib o‘tamiz, 2022-yildan boshlab faqat 2 toifadagi talabalar (turmush qursa yoki davlat xizmatchisining ishi boshqa joyga o‘tganda)ga ichki “perevod” uchun o‘qishini ko‘chirishga ruxsat beriladi.
Vazirlik xabarida ta’kidlanishicha, xorijdan o‘qishni ko‘chirish bilan bog‘liq noqonuniy holatlarning oldini olish maqsadida testlar yakuniga yetgach, hujjatlar qayta tekshiriladi. Agarda ushbu jarayonda soxta hujjatlar aniqlangan, oliy ta’lim muassasasida qarzdorliklar mavjud bo‘lsa, talaba o‘tish balidan yuqori ball to‘plagan taqdirda ham unga o‘qishni ko‘chirishga ruxsat etilmaydi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

O‘zbekistonda oilaviy bog‘chalarga 3 yoshga to‘lmagan bolalarni ham qabul qilishga ruxsat beriladi

“Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi, deb xabar bermoqda Adliya vazirligi matbuot xizmati. Qarorga muvofiq, 2022-yil 1-sentabrdan: oilaviy nodavlat...

O‘zbekiston xalqiga Qurbon hayiti tabrigi

Muhtaram vatandoshlar! Mana shu fayzli damlarda Yer yuzidagi jami musulmon ummati qatori qalbi shukuhga to‘lib turgan siz, azizlarni – nuroniy otaxon va onaxonlarimizni, qadrli aka-uka...

Moliyaviy piramida qurbonlari bilmagan haqiqatlar

Kichik sarmoya kiritish evaziga katta daromad va ko‘p foyda olishingiz mumkin deb e’tiboringizni jalb qilishayotgan bo‘lsa, bilingki bu moliyaviy piramidadir. “Ko‘proq foyda olaman” deb firibgarlar...

Akademik litseylarga qabul 10-iyulga qadar uzaytirildi

Davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha davlat komissiyasining tegishli bayoniga ko‘ra, akademik litseylarga hujjatlar qabul qilishning oxirgi kuni joriy yil...

Turkiy davlatlar rahbarlari Samarqandda to‘planadi

Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlarining navbatdagi sammiti joriy yilning noyabr oyida Samarqandda bo‘lib o‘tadi. Bu haqda kecha, 5-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat...

O‘zbekistonda qaysi soha vakillari eng ko‘p maosh olishi ma’lum bo‘ldi

2022-yil iyun holatiga ko‘ra eng ko‘p maosh to‘lanadigan mutaxassisliklar ro‘yxati ma’lum qilindi. Bu haqda “Daryo”ga “hh.uz” xabar berdi. Eng ko‘p maoshli mutaxassislik konsultatsiya sohasi bo‘lib,...