Matbuot xizmatiYangiliklarO‘zbekistonda magistraturaga qabul boshlandi

O‘zbekistonda magistraturaga qabul boshlandi

2022-yil 1-iyuldan respublika OTM magistratura mutaxassisliklariga qabul qilish uchun hujjatlarni onlayn roʻyxatdan oʻtkazish jarayoni boshlandi.

2022/2023-oʻquv yili uchun davlat OTMning magistratura mutaxassisliklariga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni topshirish jarayoni vazirlikning rasmiy veb-sayti orqali 30-iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

Eslatib oʻtamiz, 2022/2023-oʻquv yilidan boshlab magistraturaga qabul abituriyentning bakalavriat diplom bali oʻrtacha koʻrsatkichi hamda xorijiy tilni bilish darajasi boʻyicha tegishli milliy yoki xalqaro sertifikat bali asosida, ballar ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilgan holda amalga oshiriladi. Qoʻshimcha imtihon oʻtkazilmaydi.

Shu oʻrinda, magistratura mutaxassisliklari hamda oliy taʼlimdan keyingi taʼlim ixtisosliklariga tanlovlarda milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishi mumkin boʻladi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

Telegram Premium narxini “kelishtirsak” bo‘ladimi?

Bir necha oylardan beri mish-mish bo‘lib kelayotgan Telegram Premium obunasi vanihoyat navbatdagi ilova yangilanishi bilan barcha asosiy platformalar: iOS, Android, Windows va macOS uchun...

Telefon ekranini qanday tozalash kerak?

Telefoningiz ekranini oxirgi marta qachon tozalagansiz? Bilasizmi, telefoningiz ekrani barmoq izlaringiz xiralashib ketishidan tashqari, u kundalik hayotning iflosligi bilan ham telefoningizni mobil mikroblar fermasiga...

Klaviaturaning ko‘pchilik bilmaydigan 13 funksiyasi

Klaviaturalar bizga yozish bilan birga ishmizni yengillashtiradi ham. Siz quyidagi yashirin funksiyalardan nechtasini bilasiz? 1. F2 Bu tugma papka va fayllar nomini osongina o‘zgartirishga yordam beradi....

O‘zbekistonda shahodatnoma dublikati endi elektron shaklda beriladi

O‘zbekistonda 1-iyuldan boshlab turli sabablarga ko‘ra yo‘qolgan, buzilgan, yaroqsiz holga kelgan shahodatnomalar o‘rniga dublikatni 5 kunda olish mumkin bo‘ladi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi...

Azmu shijoatli yoshlarimiz – Yangi O‘zbekiston bunyodkorlaridir

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Yoshlar kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi Qadrli yoshlar, aziz farzandlarim! Avvalo, barcha Yangi O‘zbekiston yoshlarini bugungi qutlug‘ bayram – Yoshlar kuni...

Yoshlar kuni munosabati bilan yurtimizning faol va tashabbuskor yosh avlod vakillaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni Mamlakatimizda yosh avlodni qo‘llab-quvvatlash, ularning davlat va jamiyat hayotidagi faolligini oshirish maqsadida o‘zining yuksak azmu shijoati, bilim va salohiyati, iste’dod va...