Matbuot xizmatiYangiliklarO‘zbekistonda davlat organlarining korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligi reytingi e’lon qilindi

O‘zbekistonda davlat organlarining korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligi reytingi e’lon qilindi

O‘zbekistonda davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlar samaradorligi reyting baholashdan o‘tkazildi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xabar berdi.

Baholash natijalariga ko‘ra, 62 ta davlat tashkilotining korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligi 0 balldan 100 ballgacha reytingda baholanib, ularning faoliyat samaradorligi quyidagi toifalarga ajratilgan:

  • 12 ta tashkilot “yaxshi” – (81-100 ball);
  • 30 ta tashkilot “qoniqarli” – (55-80 ball);
  • 20 ta tashkilot “qoniqarsiz” – (55 balldan past).

Tahlil natijalari davlat tashkilotlari faoliyatidagi korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida bir qator kamchiliklar mavjudligini ko‘rsatgan.

Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligi “yaxshi” deya baholangan tashkilotlar ro‘yxatiga Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qo‘mitasi boshchilik qilgan (93 ball). Undan keyingi o‘rinlari Ipoteka bank (93 ball), O‘zbekiston sanoat-qurilish banki (91 ball), “O‘zkimyosanoat” (89 ball) egallagan. Adliya vazirligi bo‘lsa 81 ball bilan ro‘yxatning 12-pog‘onasini band etgan.

“Qoniqarli” tashkilotlar ro‘yxatining eng yuqorisidan esa “O‘zbekneftgaz” va O‘rmon xo‘jaligi agentligi (80 balldan) o‘rin olgan. Buxoro viloyati hokimligi va Transport vazirligi mos ravishda 77 hamda 76 ball bilan keyingi o‘rinlarni band etgan.

Surxondaryo viloyati hokimligi (11 ball), Suv xo‘jaligi vazirligi (13 ball), Adijon viloyati hokimligi (18 ball) Energetika vazirligi (21 ball), Uzbekistan Airports (23 ball) bilan korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligi “Qoniqarsizlar” ro‘yxatining oxirini egallagan.

Davlat tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash “E-Antikcor.uz” elektron platformasi orqali amalga oshiriladi. Unda 5 ta yo‘nalish bo‘yicha belgilangan 29 ta indikator asosida tegishli ma’lumotlar kiritiladi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

Toshkent viloyatidagi 20 mingga yaqin bino Yangi Toshkent hududiga o‘tkaziladi

Yuqori Chirchiq tumanidan 6 556ta, O‘rta Chirchiq tumanidan esa 3 167ta obyekt o‘tkazilmoqda. Toshkent viloyatidan 20 mingga yaqin binolar Yangi Toshkent hududiga o‘tkazilmoqda. Bu haqda viloyat...

O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi salkam 16 mlrd dollarga yetdi

O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 6,2 foizga oshgan. 2024 yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 15,8 mlrd AQSh dollariga yetgan. Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, tashqi savdo aylanmasi...

O‘zbekiston mart oyida 1,35 mlrd dollarlik oltin eksport qildi

Mart oyida O‘zbekiston 1,35 mlrd dollarlik, yil boshidan buyon esa 2,66 mlrd dollarlik oltin eksport qildi. 2024 yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 15,8...

Hamkorlik uchrashuvi bo’lib o’tdi

19-aprel “Shakes Pear” kitoblar olamida “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi hamda Markaziy Osiyo va Janubi-Sharqiy Osiyo biznes hamjamiyati™ (CASEA-BC™) bosh direktori singapurlik Rudy Fang bilan...

Tadbirkorlarga qo‘llaniladigan moliyaviy jarimalar kamaytiriladi

Soliq kodeksining 227−1-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun qo‘llaniladigan moliyaviy sanksiyalar miqdorini kamaytirishini nazarda tutuvchi qonun ko‘rib chiqildi. Oliy Majlis Senatining Budjet va iqtisodiy islohotlar...