Matbuot xizmatiYangiliklarO‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 15 ta hujjat imzolandi

O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 15 ta hujjat imzolandi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Xitoy xalq respublikasi raisi Si Szinpinning samarali muzokaralaridan so‘ng ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli to‘plami qabul qilindi, deb xabar bermoqda prezident matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, davlat rahbarlari qo‘shma bayonot imzoladi, unda asosiy kelishuvlar qayd etilgan, har tomonlama strategik sheriklikning bugungi holati va uni mustahkamlash istiqbollari aks etgan.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati

Shuningdek, oliy darajadagi tashrif doirasida 15 ta hujjat imzolandi. Shu jumladan:

  • “Yashil” taraqqiyot sohasidagi investitsiyaviy hamkorlik to‘g‘risida memorandum;
  • Raqamli iqtisodiyot sohasidagi investitsiyaviy hamkorlikni mustahkamlash to‘g‘risida memorandum;
  • Foydali qazilmalarni o‘zlashtirish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida memorandum;
  • Korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum;
  • Qurilish sohasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum;
  • 2022—2025-yillarda madaniy almashinuv dasturi;
  • Milliy axborot agentliklari o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;
  • Samarqand viloyati va Shandun provinsiyasi o‘rtasida sheriklik aloqalarini o‘rnatish to‘g‘risida bitim;
  • Toshkent viloyati va Chunsin megapolisi o‘rtasida sheriklik aloqalarini o‘rnatish to‘g‘risida bitim;
  • Buxoro viloyati va Yunnan provinsiyasi o‘rtasida sheriklik aloqalarini o‘rnatish to‘g‘risida bitim;
  • Buxoro va Kunmin shaharlari o‘rtasida sheriklik aloqalarini o‘rnatish to‘g‘risida bitim.

Shuningdek, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikka doir umumiy qiymati 15 milliard dollarlik kelishuvlarga erishildi va bitimlar imzolandi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

O‘zbekistonda kompaniyalari eng ko‘p bo‘lgan davlatlar ro‘yxati ma’lum

O‘tgan yilga nisbatan 1,6 mingtaga ko‘p xorijiy kompaniyalar mavjud. Joriy yilning 1-sentabr holatiga xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni 14,7 mingtadan oshdi, bu o‘tgan yilning shu...

O‘zbekiston va Xitoy 15 mlrd dollarlik kelishuvlar imzoladi

Samarqandda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Xitoy raisi Si Jinpingning muzokaralari bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi har tomonlama strategik sheriklikni mustahkamlash yo‘nalishlari belgilab olindi. 15...

Nodavlat sport-ta’lim muassasalari uchun qanday soliq imtiyozlari bor?

Soliq kodeksiga asosan, nodavlat sport-ta’lim muassasalari ijtimoiy sohada faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar uchun belgilangan soliq imtiyozlaridan foydalanishi mumkin. Bu haqda Moliya vazirligi xabar bermoqda. Imtiyoz...

Tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlar o‘tkazishni muvofiqlashtirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori Joriy yilning 22-avgust kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti doirasida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash, shuningdek, tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatiga asossiz aralashuvlarning oldini...

O‘zbekistonda ayrim banklar xorijliklarga karta berish shartlarini kuchaytirdi

12-sentabrdan boshlab O‘zbekistonda kamida ikkita bank norezidentlarga bank kartalarini berish shartlarini kuchaytirdi. «Kapitalbank» matbuot xizmati xabariga ko‘ra, bankda naqd pul oqimlari va operatsiyalari shaffofligini ta’minlash...

O‘zbekistonga tovarlarni olib kirish tartibi soddalashtiriladi

O‘zbekistonda jismoniy shaxslar tomonidan olib kelinadigan bir qator tovarlar uchun normalar bekor qilinishi mumkin. Maishiy texnika, kompyuter va mobil qurilmalar, alkogol va tamaki mahsulotlari,...