Beshinchi sinfda shirinlik pishirish mashg‘ulotini yaxshi ko‘rib qolgan Sabina qiziqishini keyinchalik tadbirkorlik darajasigacha ko‘tara olgan.
Bundan oldin esa 15 yoshida pul topishning turli yo‘llarini sinab ko‘rgan: maktabda ovqat pishirib sotgan, buyurtma bo‘yicha kiyim tikkan, ofitsiant, bufetchi, kassachi bo‘lib ham ishlagan.
Uning pazanda ekanini yaxshi bilgan barcha yaqinlari Sabinaga qandolatchilik do‘koni ochishni maslahat bergan. Bo‘lajak tadbirkor esa ushbu maslahatga quloq solishga qaror qilgan. Moskvaga borib, qandolatchilik kurslariga qatnashgan.
“2019-yil 28 avgust kuni qandolatchilik do‘konimning rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Biz buyurtma uchun har qanday murakkablikdagi shirinliklar va tortlar tayyorlay olamiz”, — deydi Sabina.