Joriy yilning, 22 iyun kuni «Yoshlar oyligi» doirasida mazkur «Yoshlar mehnat guzar»ning ochilish marosimi boʼlib oʼtdi.
Qayd etish joizki, u yerda yosh tadbirkorlarga imtiyozli shartlarda binolar, ofis texnikasi va jihozlari ijaraga beriladi, internet bilan taʼminlanadi, shuningdek, yoshlarning biznes tashabbuslari, startaplari, gʼoyalari va loyihalarini amalga oshirishga zarur koʼmak beriladi. Biznes-rejalar ishlab chiqish, maslahat, yuridik, buxgalteriya va boshqa xizmat turlarini koʼrsatish, forumlar, master-klasslar va seminarlar tashkil etish uchun «Yosh tadbirkorlar» kovorking-markazlari quriladi.