Matbuot xizmatiYangiliklarNikohiga 3 yil boʼlmagan yoshlarga 33 mln so‘mgacha garovsiz kredit ajratiladi

Nikohiga 3 yil boʼlmagan yoshlarga 33 mln so‘mgacha garovsiz kredit ajratiladi

Hukumatning “Yoshlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish maqsadida tuman va shaharlarda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armalari tashkil etiladi.

“Yoshlar daftari”ga kiritilgan, nikohi qayd etilganiga 3 yildan oshmagan yoshlarga esa yakka tartibdagi o‘z xonadonida qo‘shimcha uy-joy qurish uchun 33 mln so‘mgacha garovsiz kredit “Yoshlar daftari” jamg‘armasining kafilligi ostida ajratiladi. 

Bunda ariza beruvchi kafillik ajratishni so‘rab tijorat bankining Vasiylik kengashi nomiga kafillik berish haqidagi xatini taqdim etadi.

Vasiylik kengashi uch ish kuni ichida murojaatni unga ilova qilingan hujjatlar bilan birga ariza beruvchi yashab kelayotgan mahalladagi yoshlar yetakchisiga yuboradi.

Mahalladagi yoshlar yetakchisi besh ish kuni ichida kafillik berish yoki rad etish haqida xabarnomani Vasiylik kengashiga yuboradi. Bunda kafillik berishni rad etish haqida xabarnoma yuborilganda rad etish sabablari asoslanishi talab etiladi.

Agar mahalladagi yoshlar yetakchisi murojaatni unga tushgan paytdan boshlab besh ish kuni ichida ko‘rib chiqmasa yoki kafillik berishni asossiz rad etish haqida xabarnoma bersa, Vasiylik kengashi ariza beruvchining ijtimoiy himoyaga muhtojligini hamda uning murojaati ushbu paragraf talablariga muvofiqligini o‘rgangan holda uning murojaatini qanoatlantirish huquqiga ega bo‘ladi.

Murojaatni o‘rganish natijalariga ko‘ra, Vasiylik kengashi qaroriga asosan uch ish kuni ichida ariza beruvchiga kafillik berilishi mumkin.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

O‘zbekistonliklar Kanadaga ishga taklif etilmoqda

Kanada 5000 bo‘sh o‘rni taklif etmoqda! Kanada ish beruvchilari bilan erishilgan kelishuvga ko‘ra, qurilish, xizmat ko‘rsatish va texnik sohalarga fuqarolar ishga taklif etilmoqda. Dastlab qurilish sohasida: −...

Qishloq xo‘jaligida eksportni ko‘paytirish masalalari muhokama qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 18-mart kuni qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoati sohalarida investitsiyalar jalb qilish hamda eksportni ko‘paytirish masalalari muhokamasi bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. O‘tgan...

Markaziy bank asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi

Markaziy bank boshqaruvi iqtisodiyotda talab va taklif mutanosibligiga erishish bo‘yicha noaniqliklar va inflyatsiyani oshiruvchi kutilmalarning saqlanib qolayotganligini inobatga olib hamda inflyatsiyaning 5 foizlik targetigacha...

Savdo korxonalari uchun yangi sanitariya-gigiyena talablari belgilanmoqda

Shu bilan birga oziq-ovqat savdosi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar faoliyatiga to‘sqinlik qiluvchi ayrim talablar bekor qilinmoqda. Adliya vazirligi Sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan yangi tahrirdagi oziq-ovqat...

Ramazon oyini yuqori saviyada o‘tkazish, diniy-ma’rifiy, madaniy qadriyatlarni ulug‘lash chora-tadbirlari belgilandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev «Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi. Qarorda O‘zbekiston xalqi uchun ezgulik, birdamlik, olijanoblik va shukronalik timsoli bo‘lgan qutlug‘ Ramazon...

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ramazon oyi 2024-yil 11-mart, dushanba kunidan boshlanishini e’lon qildi.

O‘tgan haftada O‘zbekiston musulmonlari idorasi tashabbusi bilan Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya va Ozarbayjon kabi turkiy davlatlar Fatvo hay'atlarining onlayn majlisi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda ulamolar va soha...