Maqsad va vazifalarimiz
Zamonaviy bilim va koʼnikmalarga ega, mamlakatning munosib kelajagi uchun javobgarlikni oʼz zimmasiga ola biladigan barkamol, maqsadga intiluvchan va sergʼayrat yoshlarni tarbiyalash mamlakatni barqaror va ildam rivojlantirishning eng muhim shartidir.
Yoshlar tadbirkorligini har tomonlama qoʼllab-quvvatlash, yoshlarni biznes bilan shugʼullanishga faol jalb qilish uchun shart-sharoitlar yaratish, ish oʼrinlari yaratish va yoshlar bandligini taʼminlash maqsadida, shuningdek, 2017 — 2021 yillarda Oʼzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʼnalishi boʼyicha Harakatlar strategiyasining vazifalariga muvofiq:
- Yoshlarning biznes tashabbuslari, startaplari, gʼoyalari va loyihalarini roʼyobga chiqarishga koʼmaklashish va qoʼllab-quvvatlash, band boʼlmagan yoshlarni mehnat bozorida talab yuqori boʼlgan mutaxassisliklar va biznes yuritish koʼnikmalariga oʼqitish, shuningdek, umuman yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish orqali ularning bandligini taʼminlashga qaratilgan «Yoshlar — kelajagimiz» Davlat dasturini Toshkent viloyatining Quyichirchiq tumanida va Toshkent shahrining Chilonzor tumanida amalga oshirish boshlanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
- 2018 yil 1 iyuldan boshlab respublikaning barcha tuman (shahar)larida «Yoshlar — kelajagimiz» Davlat dasturi (keyingi oʼrinlarda Davlat dasturi deb yuritiladi) amalga oshirilsin.
Davlat dasturi doirasida quyidagilar amalga oshirilishi belgilansin:
a) Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi huzurida «Yoshlar — kelajagimiz» jamgʼarmasini (keyingi oʼrinlarda — Jamgʼarma), shuningdek, uning tuman va shahar filiallarini tashkil etish, Jamgʼarmaning mablagʼlaridan Davlat dasturidagi tadbirlarni moliyalashtirish, jumladan quyidagilarni amalga oshirish uchun foydalanish:
Oldingi tahrirga qarang.
tijorat banklari orqali yoshlarning biznes tashabbuslari, startaplari, gʼoyalari va loyihalarini amalga oshirish uchun 2019 yil 31 dekabrga qadar — yillik 7 foiz stavkada, 2020 yil 1 yanvardan Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasida, 2021 yil 1 yanvardan esa tijorat banklari tomonidan bozor tamoyillari asosida mustaqil ravishda oʼrnatiladigan stavkalarda kredit va mol-mulkni lizingga berish;
(2-band «a» kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 12 dekabrdagi PF-5893-sonli Farmoniga asosan oʼz kuchini yoʼqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2019 y., 06/19/5893/4150-son)
Davlat dasturi doirasida olinadigan kreditlar boʼyicha kredit hajmining 50 foizidan koʼp boʼlmagan miqdorda kafilliklar berish;
Davlat dasturi doirasida amalga oshiriladigan tadbirkorlik loyihalarida ular qiymatining 50 foizidan koʼp boʼlmagan miqdorda ishtirok etish, keyinchalik Jamgʼarma ulushini 5 yil davomida realizatsiya qilish;
tegishli koʼnikmalarga ega, band boʼlmagan yoshlar yashaydigan uy xoʼjaliklari uchun 20 tagacha parranda va quyon bolasi, 5 ta mayda va 2 ta yirik qoramol sotib olish, ularning qiymatini kelishilgan muddatlarda qaytargan holda ularni boqish va keyinchalik realizatsiya qilishda koʼmaklashish;
yosh tadbirkorlarga imtiyozli shartlarda binolar, ofis texnikasi va sarflash materiallarini ijaraga berish, ularni internet bilan taʼminlash, shuningdek, yoshlarning biznes tashabbuslari, startaplari, gʼoyalari va loyihalarini amalga oshirishga boshqacha koʼmak berish, jumladan biznes-rejalar ishlab chiqish, maslahat, yuridik, buxgalteriya va boshqa xizmat turlarini koʼrsatish, forumlar, master-klasslar va seminarlar tashkil etish uchun «Yosh tadbirkorlar» kovorking-markazlarini;
savdo-maishiy va kichik ishlab chiqarish maydonlarini tashkil etish uchun mehnat kuchi haddan ziyod boʼlgan tumanlarda «Yoshlar mehnat guzari» komplekslarini qurish.
Davlat dasturi ishtirokchisi boʼlgan yosh tadbirkorlarga «Yosh tadbirkorlar» kovorking-markazlari va «Yoshlar mehnat guzari» komplekslarida joy berish, ularga maqbul narxlarda xizmatlar koʼrsatish, shuningdek, ularda ish oʼrinlari umumiy sonining kamida 70 foizi miqdorida band boʼlmagan yoshlarni ishga qabul qilish sharti bilan mustaqil ravishda tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishni;
Jamgʼarmaning tuman va shahar filiallarini joylashtirish uchun «Yosh tadbirkorlar» kovorking-markazlaridagi xonalarni bepul taqdim etishni;