Har qanday ish bir fikr bilan boshlanadi. Har birimiz qandaydir ishni yaxshi uddalaymiz va bu ishimizga talab mavjuddek tuyulsa, bundan pul ishlashni istab qolamiz. Аfsuski, muvaffaqiyatli tadbirkorlikni shakllantirish uchun oʼz ishining ustasi boʼlishning oʼzi kifoya qilmaydi. Moliyaviy jihatdan savodli boʼlishingiz ham kerak boʼladi. Mazkur qoʼllanma boshlangʼich tadbirkorlarga moliyaviy korxonalar faoliyati asoslarini bir korxona misolida tushuntirib berish maqsadida tayyorlangan. Bunday tushunchaga ega boʼlmas ekansiz, oʼz sohangizda qanchalik iqtidorli boʼlmang, yaxshi tadbirkor boʼla olmaysiz.