Matbuot xizmatiYangiliklarInson qadrini yuksaltirish haqiqatda davlat hokimiyati organlarining konstitutsiyaviy burchi va ustuvor vazifasi...

Inson qadrini yuksaltirish haqiqatda davlat hokimiyati organlarining konstitutsiyaviy burchi va ustuvor vazifasi bo‘lmog‘i shart

Davlatimiz rahbarining Konstitutsiyaviy komissiya a’zolari bilan uchrashuvi davom etmoqda.

Yig‘ilishda qayd etilganidek, insoniyat ilmiy-texnologik davrga qadam qo‘ydi. Jahonda keskin transformatsiya jarayonlari va raqobat kuchaymoqda. Ertangi kunini o‘ylagan xalqlar va davlatlar o‘z kelajagi haqida bugun har qachongidan ham jiddiy bosh qotirmoqda.

– Bu o‘rinda tabiiy savollar tug‘iladi. Mana shunday hal qiluvchi pallada va kelajakda davlatimizda, jamiyatimizda insonning o‘rni va qadri qanday? Qanday siyosiy-huquqiy, iqtisodiy-ijtimoiy va ma’naviy-gumanitar tamoyillar, qadriyat va manfaatlar biz uchun ustuvor ahamiyatga ega bo‘ladi? Eng muhimi, konstitutsiyaviy islohotlar oddiy aholiga, xalqimiz farovonligini ta’minlash, jamiyatimiz va davlatimiz taraqqiyotiga nima beradi? Bu savollarning barchasiga javobni puxta ishlangan huquqiy normalar orqali, Konstitutsiyamizda aks ettirish – davr taqozosidir, – dedi Prezident.

Ma’lumki, Asosiy qonunimizning 12-moddasida hech qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida o‘rnatilishi mumkin emasligi qayd etilgan. Bu – o‘ta muhim va juda to‘g‘ri belgilangan konstitutsiyaviy qoidadir. Chunki har qanday siyosiy partiyaning mafkurasi, u qanchalik obro‘li va ta’sirli partiya bo‘lmasin, faqat muayyan ijtimoiy guruh manfaatlarini ifoda etadi. Chinakam xalq mafkurasini, millatning eng muqaddas orzu-intilishlarini faqat uning Bosh hujjati – Konstitutsiyasida to‘liq ifoda etish mumkin.

– Yangilangan Konstitutsiya mamlakatimizning uzoq muddatli taraqqiyot strategiyalari, umuman, yurtimiz va xalqimizning ertangi farovon hayoti uchun mustahkam huquqiy asos hamda ishonchli kafolat yaratishi lozim. Bir so‘z bilan aytganda, “Inson qadri uchun” g‘oyasini hamda hozirgi islohotlarimizning bosh tamoyili bo‘lgan “Inson – jamiyat – davlat” degan yondashuvni Konstitutsiyamizning mazmuniga chuqur singdirib, amaliy hayotimizda bosh qadriyatga aylantirishimiz zarur, – dedi davlatimiz rahbari. – Ya’ni, insonning qadr-qimmati, sha’ni va g‘ururi bundan buyon barcha sohalarda birinchi o‘rinda turishi kerak. Biz barpo etayotgan Yangi O‘zbekiston uchun “Inson qadri va xalq manfaati, hamma narsadan ustundir!” Shu bois, inson qadrini yuksaltirish haqiqatda davlat hokimiyati organlarining konstitutsiyaviy burchi va ustuvor vazifasi bo‘lmog‘i shart.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

“Garri Potter” kitobining kamyob nashri $250 mingga auksionga qoʻyildi

“Garri Potter va falsafa toshi” kitobining adiba Joan Rouling dastxati tushirilgan ilk nashri kimoshdi savdosiga qoʻyildi. Lotning dastlabki narxi $250 000 ga baholangan. Ushbu kitob 1997-yilda 500 ta nusxada...

Uorren Baffet bilan birga tamaddi qilish imkoniyati $19 millionga sotildi

Taniqli sarmoyador va milliarder Uorren Baffet bilan birgalikda taom tanovul qilish imkoniyati 19 million AQSh dollari evaziga sotildi. Milliarder ushbu imkoniyatga ega boʻlgan odam bilan tamaddi vaqtida...

Vladimir Norov Braziliya elchisi bilan uchrashdi

20-iyun kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov Braziliya Federativ Respublikasining mamlakatdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Rodrigo De Lima Baen...

Nikohiga 3 yil boʼlmagan yoshlarga 33 mln so‘mgacha garovsiz kredit ajratiladi

Hukumatning “Yoshlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish maqsadida tuman...

Odatlar va yangilangan hayot tarziga erishish

Hayotga to‘g‘ri munosabatda bo‘lish, istaklarimizga mos hayot tarzini kechirish uchun bizning doimiy odatlarimiz ham ta’sir ko‘rsatadi. Buning uchun o‘zimizni biroz nazorat qilishimiz va hayot...

Ozodlikdan mahrum etilgan barcha shaxslarga nisbatan insoniy munosabat va ularning qadr-qimmati ta’minlanishi zarur

Davlatimiz rahbarining Konstitutsiyaviy komissiya a’zolari bilan uchrashuvi davom etmoqda. Ma’lumki, demokratik va insonparvar g‘oyalarni oliy qadriyat darajasiga ko‘targan dunyodagi aksariyat davlatlarda o‘lim jazosi bekor qilingan....