Matbuot xizmatiYangiliklarIlm o‘rganish uchun 37 ta foydali bepul saytlar

Ilm o‘rganish uchun 37 ta foydali bepul saytlar

Internetning menga yoqadigan birinchi raqamli jihati – bu bepul ilm o‘rganish imkoniyatidir. Haqiqiy hayotda u yoki bu sohada ilm o‘rganishingiz uchun har doim pul to‘lashingizga to‘g‘ri keladi: yoki repetitorga pul to‘laysiz, yoki shartnoma asosida o‘qiyotgan o‘quv dargohingizga… Virtual hayotda esa bularning hammasi Utopiadagi singari bepul va har qanday kishi uchun mavjud.

Internet orqali ilm olishning bir necha shartlari mavjud. Birinchi navbatda Sizda ingliz tilidan foydalanish ko‘nikmasi yaxshi shakllangan bo‘lishi shart. Asosan ingliz tilida yoza olishingiz, o‘qib tushunishingiz muhim ahamiyat kasb etadi. Audio ma’lumotlarni qabul qilish uchun esa tinglab tushunish ko‘nikmasini mustahkam egallagan bo‘lishingiz kerak. Ilm o‘rganish mumkin bo‘lgan bepul saytlarning eng yaxshilari asosan ingliz tilida faoliyat yuritadi. Ingliz tilini mukammal bilishingiz dunyoning deyarli barcha ilmlarini o‘rganishingiz uchun eshiklarni ochadi.

Uyingizdan chiqmasdan internet orqali ilm o‘rganishning yana bir shartlaridan biri sifatli internetga ulangan kompyuterga ega bo‘lishingiz hisoblanadi. YouTube orqali videolarni qiyinchiliklarsiz ko‘ra olishingiz internetingiz tezligining yaxshi ekanligidan dalolat beradi. Bundan tashqari kompyuterdan o‘rga va yuqori darajada foydalana olishingiz shart.

Sizdan talab etiladigan keyingi shart – kompyuter oldida odatdagidan ko‘proq vaqt sarflashga moyilligingiz. Juda ko‘pchilik, shu jumladan men ham, kompyuter qarshisida uzoq vaqt o‘tirishdan charchaydi. Bu charchash jismoniy holsizlik va ruhiy karaxtlik holatlarining o‘rgasi sifatida belgilanishi mumkin. Bunday holatning oldini olish uchun 20-20-20 qoidasini yodda tutushingiz kerak: kompyuter qarshisida 20 daqiqa o‘tirganingizdan so‘ng undan 20 qadamga uzoqlashib, 20 soniya chalg‘ishingiz va keyin kelib ishingizni davom ettirishingiz mumkin.

Ishonchim komilki, internet orqali ilm olish uchun ingliz tilini mukammal darajada bilsangiz, uyingizda sifatli internetga ulangan kompyuter bo‘lsa, ilm o‘rganish uchun kompyuter qarshisida o‘tirib o‘tkazadigan bo‘sh vaqtingiz bo‘lsa va albatta ilm o‘rganishni chin dildan istasangiz, sifati Oksford yoki Garvard universitetlarida olinadigan ilmdan kam bo‘lmagan ilmga ega bo‘lishingiz mumkin. Muhimi, hammasi faqat va faqat Sizga bog‘liq ekanligini unutmasligingiz kerak.

Bugundan e’tiboran o‘zingiz uchun kerakli va qiziqarli bo‘lgan ilmni quyidagi saytlardan bepul o‘rganishni boshlashingiz mumkin:

Onlayn kurslar

  1. edX  — dunyoning eng yaxshi universitetlari tomonidan taqdim etiladigan onlayn kurslar.
  2. Coursera — dunyo oliygohlarining eng yaxshi ustozlari bepul dars o’tadigan sayt.
  3. Coursmos — qisqa vaqtda o’rganish mumkin bo’lgan, kichik hajmli ilm kurslari.
  4. Highbrow — kundalik email manzilingizga yuboriladigan dars kurslari.
  5. Skillshare — dunyoqarashni shakllantiradigan kurslar.
  6. Curious — professional ko’nikmalarni shakllantirish uchun darslar.
  7. Lynda — texnologiya, biznes va yaratuvchanlik kurslari.
  8. CreativeLive — dunyo mutaxassislarining kurslari.
  9. Udemy — kompyuterga aloqador sohalarga oid kurslar.

Dasturlash

  1. Codecademy — dasturlashni interaktiv usulda o’rganish.
  2. Stuk.io — boshlang’ich bosqichdan boshlab dasturlashni o’rganish.
  3. Udacity — Google, Facebook, mongoDB, AT&T va boshqa kompaniyalar kurslari.
  4. Platzi — dizayn, marketing va dasturlash bo’yicha kurslar.
  5. Learnable — web ustalar tayyorlash kurslari.
  6. Code School — dasturlashni o’rganishdagi amaliy mashg’ulotlar sayti.
  7. Thinkful — ustoz bilan yakkama-yakka holatda dars bo’ladigan kurslar.
  8. Code.org — dasturlash bo’yicha boshlang’ich bosqichdagilar uchun kurslar.
  9. BaseRails — Ruby on Rails va boshqa dasturlash texnologiyalari kurslari.
  10. Treehouse — HTML, CSS bo’yicha va iOS dasturlash sohasi bo’yicha kurslar.
  11. One Month — bir oyda web dasturlash ilmini o’rgatuvchi kurslar.
  12. Dash — saytlar tayyorlashni o’rgatishga yo’naltirilgan kurslar.

Ma’lumotlar bilan ishlash

  1. DataCamp — ma’lumotlar haqida darslar va kurslar jamlanmasi.
  2. DataQuest — ma’lumotlar haqida interaktiv usulda o’rganish.
  3. DataMonkey  — o’yinlar orqali ma’lumotlar tahlilini o’rganish.

Xorijiy tillar

  1. Duolingo — xorijiy tillarni bepul o’rgatadigan kurslar.
  2. Lingvist — 200 soatda xorijiy tilni mukammal o’rganish kurslari.
  3. Busuu — yangi til o’rganishni xohlovchilar tarmog’i.
  4. Memrise — so’z boyligini oshirish uchun kartochkalar.

Dunyoqarashni shakllantirish

  1. TEDed — TED konferensiyalari asosida tayyorlangan darslar to’plami.
  2. Khan Academy — interaktiv o’rganishning ulkan manbasi.
  3. Guides.co — turli ko’rsatmalar sayti.
  4. Learnist — turli soha mutaxassislarining ma’ruzalari.
  5. Prismatic — o’zingiz istagan yo’nalishdagi yangi ilm o’rganish.
  6. Snapguide — o’z qo’li bilan nimadir yasashga o’rgatadigan sayt.

Bundan tashqari

  1. Chesscademy — shaxmat o’ynashni o’rgatuvchi sayt.
  2. Pianu — fortepiano chalishni interaktiv o’rgatuvchi sayt.
  3. Yousician — gitara chalishni o’rgatuvchi sayt.

Vaqtingizni hech qachon bekorga o’tkazmang. Internetdan foydalanish imkoniyatingizdan unumli foydalaning va ilmingizni oshiring.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

Tarixda ilk bor sun’iy intelekt yordamida film yaratiladi

Nemis olimi Fabian Stelzer sun'iy intellekt yordamida film yaratish ustida ish olib bormoqchi. Kartina to‘liq neyron tarmoqlar to‘plami tomonidan suratga olinadi: biri rasm bilan...

O‘zbekistonda qaysi davlatlar kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘proq?

O‘zbekistonda Rossiya kapitali ishtirokidagi korxonalar soni boshqa mamlakatlarga nisbatan ko‘proq. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi. Qayd etilishicha, 2022-yil 1-sentabr holatiga ko‘ra respublikada faoliyat...

Shanxay hamkorlik tashkilotining Samarqand sammiti: o‘zaro bog‘liqlikdagi dunyoda muloqot va hamkorlik

O‘zbekistonning Shanxay hamkorlik tashkilotiga raisligi dunyo miqyosida shiddatli jarayonlar kechayotgan o‘ziga xos “tarixiy evrilish” pallasiga to‘g‘ri keldi – bir tarixiy davr nihoyasiga yetmoqda hamda...

O‘zbekiston SHHTda ilgari surgan tashabbuslar 54 taga yetdi

Bu haqda Prezident huzuridagi strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti bo‘lim boshlig‘i Bahromjon Sotiboldiyev ma’lum qildi. Ekspertning aytishicha, o‘tgan yillar mobaynida O‘zbekiston ko‘plab muhim tashabbuslarni ilgari...

Avgust oyida aholi va tadbirkorlarning inflyatsion kutilmalari kamaydi. Asosiy sabablar

Avgust oyida aholi va tadbirkorlik subyektlarining inflyatsion kutilmalari pasaydi. Shuningdek, keyingi 12 oyda valyuta kursining o‘zgarishi, yoqilg‘i va transport narxlari qimmatlashishi, ish haqi va...

Meva-sabzavotchilikni kreditlash bo‘yicha yangi tizim joriy qilinadi

Prezident ko‘rsatmasiga binoan sabzavot, dukkakli va moyli ekinlar bo‘yicha urug‘lik, o‘g‘it, yoqilg‘i, o‘simliklar himoyasi hamda aylanma mablag‘ uchun garovsiz kredit ajratish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Shuningdek,...