Matbuot xizmatiYangiliklarIjtimoiy himoyaga muhtoj barcha xotin-qizlar «Ayollar daftari»ga ro‘yxatga olinadi

Ijtimoiy himoyaga muhtoj barcha xotin-qizlar «Ayollar daftari»ga ro‘yxatga olinadi

“Ayollar daftari”ga respublikadagi barcha ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlar ro‘yxatga olinadi. Bu haqda AOKAda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi axborot xizmati rahbari Saodat Boymirzayeva ishtirokidagi brifingda ma’lum qilindi.

Ta’kidlanishicha, hozirgi kunda “Ayollar daftari” bilan ishlash tizimining 3-bosqichi boshlandi. Ayni vaqtda respublikadagi barcha mahallalarda yashovchi 30 yoshdan oshgan xotin-qizlarni xonadonma-xonadon yurish orqali qayta ro‘yxatdan o‘tkazish ishlari boshlangan.

“Ayollar daftari”ning 3-bosqichida  ayollarning muammolari qaytadan o‘rganiladi. Bunda hech bir ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qiz chetda qolib ketmasligiga alohida e’tibor beriladi. “Ayollar daftari”ning 3-bosqich ishlari joriy yil 10 fevralida yakunlanadi.

“Ayollar daftari”ning 3-bosqichida quyidagi xotin-qizlar “Ayollar daftari”ga kiritilmaydi: “Temir daftar”ga kiritilgan oilalardagi xotin-qizlar va farzandi “Yoshlar daftari”ga kiritilgan ayollar; “Ayollar daftari”ning 1- va 2-bosqichlarida 1-toifa bo‘yicha ro‘yxatga olingan hamda doimiy ish o‘rni bilan ta’minlangan yoki tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ygan xotin-qizlar.

Qayd etilishicha, “Ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha huquqiy-normativ hujjat loyihasi ishlab chiqilmoqda.

Loyihaga muvofiq, 2022 yilda “Ayollar daftari”ga xotin-qizlar quyidagi 6 ta toifalar bo‘yicha ro‘yxatga olinishi rejalashtirilmoqda:

1-toifa: ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlar. Bunda bandligi ta’minlanmagan, ammo ishlash istagida bo‘lgan, daromad manbaiga ega bo‘lmagan ehtiyojmand xotin-qizlar kiritiladi.

2-toifa: tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan ehtiyojmand xotin-qizlar. Bunda bandligi ta’minlanmagan, tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan ehtiyojmand xotin-qizlar kiritiladi.

3-toifa: boquvchisi bo‘lmagan ehtiyojmand xotin-qizlar. Bunda boquvchisi vafot etgan yoki jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan yoxud ruhiy kasallikka chalingan, I va II guruh nogironligi bo‘lgan, shuningdek boquvchisi bedarak yo‘qolgan hamda nikohi bekor qilingan ehtiyojmand xotin-qizlar hamda FHDYo organlarining ma’lumotnomasiga ko‘ra yolg‘iz ayollar kiritiladi.

4-toifa: ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi bo‘lgan xotin-qizlar. Bunda mehnatga layoqatsiz, o‘zgalar parvarishiga muhtoj xotin-qizlar kiritiladi.

5-toifa: uy-joyga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar. Bunda noturar joylarda istiqomat qilayotgan, doimiy turar joyi yo‘q yoki turar joyida yashash uchun sharoiti bo‘lmagan, shuningdek, bir xonadonda 3 va undan ortiq oila bo‘lib yashayotgan, biroq o‘zining yoki birgalikda yashovchi oila a’zolarining nomida turar joy mavjud bo‘lmagan ehtiyojmand xotin-qizlar kiritiladi.

6-toifa: qaramog‘ida nogironligi bo‘lgan farzandi mavjud ehtiyojmand xotin-qizlar. Bunda nogironligi bo‘lgan farzandini parvarishlayotgan ehtiyojmand xotin-qizlar kiritiladi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

O‘zbekistonliklar Polsha dalalariga mavsumiy ishchi sifatida jalb qilinishi mumkin

Polshada mavsumiy ishchilar etishmasligi sababli rezavor va mevalar dalalarda ыolib ketyapti. Vaziyat har hafta yomonlashishi mumkin. Bu haqda Polsha meva ishlab chiqaruvchilar uyushmasi prezidenti,...

O‘zbekistonda elektron pul nima va undan qanday foydalanish mumkin?

2020-yilning iyunida O‘zbekistonda birinchi elektron pullar tizimi ro‘yxatdan o‘tdi. Hozirda ularning soni 10 taga yetgan: Oson E-card Click Wooppay “alif.mobi” Interpay A-pay QIWI Uzbekistan 1HLSW ...

Samarqandda yoshlar festivali tadbirlari boshlandi

Yoshlar oyligi munosabati bilan Samarqand viloyati tuman va shaharlarida qariyb bir oydan buyon “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida o‘tkazilayotgan yoshlar festivalining asosiy tadbirlari...

Abituriyentlarni qiziqtirgan savollarga javob… (+video)

Ma’lumki, 20-iyundan 2022/2023-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi. Davlat test markazi xodimlari bilan “Abituriyentlar uchun bu yilgi...

Ozarbayjon Prezidentining tashrifi yakunlandi

Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning mamlakatimizga davlat tashrifi yakunlandi. Prezidentlarning muloqoti juda samarali bo‘ldi. Ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklikni chuqurlashtirish va har tomonlama hamkorlikni kengaytirish...

“Garri Potter” kitobining kamyob nashri $250 mingga auksionga qoʻyildi

“Garri Potter va falsafa toshi” kitobining adiba Joan Rouling dastxati tushirilgan ilk nashri kimoshdi savdosiga qoʻyildi. Lotning dastlabki narxi $250 000 ga baholangan. Ushbu kitob 1997-yilda 500 ta nusxada...