«Facebook» kompaniyasi nomini o’zgartirdi. Bugundan boshlab endi u «Facebook» emas, balki «Meta». Nomning o’zgarishiga asosiy sabab – kompaniya bir qator bir-biriga bog’liq virtual dunyo mahsulotlari ustida ishlamoqda, deb tushuntirdi kompaniya rahbari Mark Zukerberg.
«Bizning tizim kelasi 10 yil ichida mobil internet o’rnini egallaydi», – deya da’vo qildi u.
Aytmoqchiki, 10 yildan keyin telefoningizda internet bilan bog’liq nima ish qilsangiz, deyarli hammasi «Meta» bilan bog’liq bo’ladi.
«Meta»ning asosiy xizmati – «Facebook» o’z nomini saqlab qoladi. Demak, amalda nomning o’zgarishi sizning «Facebook»dagi faoliyatingizga hech qanday ta’sir o’tkazmaydi.