Matbuot xizmatiYangiliklarDavlat tashkilotlarining qisqarishi budjet xarajatlarini qanchaga kamaytiradi?

Davlat tashkilotlarining qisqarishi budjet xarajatlarini qanchaga kamaytiradi?

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, ma’muriy islohotlarni amalga oshirish hisobiga 2,8 trln so‘m mablag‘ tejaladi. Ushbu mablag‘larning ijtimoiy sohaga yo‘naltirilishi kutilmoqda.

Moliya vaziri o‘rinbosari Odilbek Isoqov Xalqaro press-klub sessiyasida ma’muriy o‘zgarishlardan keyin qancha  miqdorda budjet mablag‘lari iqtisod qilinishi haqida ma’lumot berdi.

«Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, ma’muriy islohotlarni amalga oshirish hisobiga 2,8 trln so‘m mablag‘ tejaladi. Jumladan, 2,4 trln so‘m vazirlik va idoralar shtat birliklarini 30 foizgacha qisqartirish hisobiga, tashkilot va idoralarni maqbullashtirish hisobiga bo‘shagan 300dan ortiq binolarni sotishdan 300 mlrd so‘m mablag‘ budjetga tushadi. Rahbar lavozimi qisqarishi tufayli 55ta avtomashinani auksionda sotishdan 16,5 mlrd so‘m, hududlarga xizmat safarlarini kamaytirish, onlayn qabul tizimini qo‘llash hisobiga esa qariyb 17 mlrd so‘m mablag‘ tejalishi kutilmoqda. Davlat boshqaruvi apparatini saqlash bilan bog‘liq xarajatlarni maqbullashtirish hisobiga 22 mlrd so‘m iqtisod qilinadi. Rasmiy tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha maksimal narxlarni o‘z ichiga oluvchi me’yorlarni belgilash orqali xarajatlarni maqbullashtirish hisobiga 18 mlrd so‘m tejalishi rejalashtirilgan. Ushbu mablag‘lar ijtimoiy sohaga yo‘naltiriladi», – dedi Odilbek Isoqov.

Ma’lumot uchun, “Yangi O‘zbekistonning ma’muriy islohotlari” deb atalgan o‘zgarishlar natijasida vazirliklar soni 25 tadan 21 taga kamaydi. Agentliklar, qo‘mitalar va inspeksiyalarning aksariyati saqlanib qoldi, lekin mustaqilligidan ayrilib, vazirliklar tarkibiga o‘tkazildi. Jami 9 ta agentlik va 3 ta idora yopildi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

O‘zbekiston-Tojikiston investitsiya kompaniyasi $135 mlnlik loyihalarni amalga oshiradi

O‘zbekiston-Tojikiston sarmoyaviy kompaniyasi $135 mlnlik loyihalarni amalga oshiradi. Bu haqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi. Joriy yilning 17-aprel kuni Shavkat Mirziyoyevning...

To‘qimachilik tarmog‘ini rivojlantirish chora-tadbirlari muhokama qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 16-aprel kuni to‘qimachilik sohasida eksport va investitsiya hajmlarini oshirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. To‘qimachilik barcha hududlarimizda keng tarqalgan va aholini...

2024-yilda O‘zbekiston YaIM o‘sishi 5,3%ni tashkil etadi — Jahon banki

Bankning iqtisodiy tahlilida qayd etilishicha, joriy yilda kambag‘allik darajasi 4,3%gacha qisqarishi kutilmoqda. Jahon banki “Yevropa va Markaziy Osiyo iqtisodiyotlari sharhi” nomli navbatdagi hisobotini e’lon qildi. Hisobotda O‘zbekiston...

O‘zbekiston temir yo‘llari yangi elektropoyezd dizaynini yaratish bo‘yicha tanlov e’lon qildi

Chizmalar Hyundai Rotem tezyurar poyezdi uchun qabul qilinadi hamda tanlov g‘olibi 100 mln so‘m pul mukofoti bilan taqdirlanadi. “O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasi “Hyundai Rotem” tezyurar...

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari $2 mlrdga oshdi

Jahondagi rekord narxlar fonida Markaziy bank 12 tonnadan ortiq qimmatbaho metal sotdi. Martda O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari ikki oylik pasayishdan keyin ko‘tarildi. Bu haqda Markaziy bank ma’lumotlarida keltirilgan. Joriy...

Chet elga ishlashga boruvchilarning imtihon, viza va yo‘l chiptasi xarajatlari qoplab beriladi

Prezident farmonida xorijga vaqtincha mehnat faoliyatini olib borish uchun jo‘nab ketayotgan yoki xorijda vaqtincha ishlayotgan fuqarolarga tibbiy, ijtimoiy, huquqiy, konsullik xizmatlarini ko‘rsatish masalalari ko‘rsatib...