Startap Tashabbuslari dasturining 5-mavsumiga ariza qabul qilish boshlandi!

⁉️ Sizga innovatsion startap g’oya bormi? ⁉️ Pandemiya davri bo’lishiga qaramay o’z loyihangizni amalga oshirmoqchimisiz? ⁉️ Tajribali ekspert va mashhur tadbirkorlardan qimmatli maslahatlar olmoqchimisiz? ⁉️ Siz avval ham bu kabi tanlovlarda qatnashgansiz, lekin yuqori o’rinlarni egallay olmaganmisiz? ✅ Agar siz ushbu savollardan birortasiga «HA» deb javob bergan bo’lsangiz, u holda hech ikkilanmay dasturda ishtirok eting! […]

Тадбиркорларга санитария-эпидемиологик осойишталик белгиси берилади

2020 йил 1 октябрдан бошлаб тадбиркорларга уларнинг фаолияти санитария қоидалари, нормалари ва гигиена нормативларига мослигини ўрганиш ва таҳлиллар натижаларига асосан “Санитария-эпидемиологик осойишталик белгиси”ни бериш амалиёти жорий қилинади. Белги Санитария-эпидемиология хизмати томонидан уч хил турдаги – “яшил”, “сариқ” ва “қизил” тоифалар бўйича 12 ой муддатгача берилади. “Яшил” тоифадаги белгига эга бўлган тадбиркорлик субъектларининг фаолияти Санитария-эпидемиология хизмати […]

«Yoshlar-kelajagimiz» jamg’armasi Jizzax viloyatida ko‘p tarmoqli texnologik parklarni qurish bo’yicha tanlov e’lon qiladi.

“YOSHLAR – KELAJAGIMIZ” JAMG‘ARMASI JIZZAX VILOYATI KO’P TARMOQLI TEXNOLOGIK PARKLARI YAGONA DIREKSIYASI” masʼuliyati cheklangan jamiyati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 23 noyabrdagi “Jizzax viloyatining tadbirkorlik va investitsiya salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 936-sonli qarori ijrosi yuzasidan Jizzax viloyati, Sh.Rashidov tumani, Togʼchilik MFY hudidida, Do‘stlik tumani, А.Navoiy MFY hududida, Zomin tumani, Qo‘rg‘on […]

Nurota tumanida «Yoshlar mehnat guzari» foydalanishga topshirildi.

Joriy yilning, 22 iyun kuni «Yoshlar oyligi» doirasida mazkur «Yoshlar mehnat guzar»ning ochilish marosimi boʼlib oʼtdi. Qayd etish joizki, u yerda yosh tadbirkorlarga imtiyozli shartlarda binolar, ofis texnikasi va jihozlari ijaraga beriladi, internet bilan taʼminlanadi, shuningdek, yoshlarning biznes tashabbuslari, startaplari, gʼoyalari va loyihalarini amalga oshirishga zarur koʼmak beriladi. Biznes-rejalar ishlab chiqish, maslahat, yuridik, buxgalteriya va […]

Tomdi tumanida «Yoshlar mehnat guzari» o`z faoliyatini boshladi

Oʼzbeksiton Respublikasi Prezidentining Navoiy viloyatiga tashrifi davomida berilgan topishirqlar ijrosini taʼminlash maqsadida bugun Navoiy viloyatining olis choʼl hududlaridan biri Tomdi tumanida ham “Yoshlar – kelajagimiz” jamgʼarmasi mablagʼlari hisobidan barpo etilgan “Yoshlar mehnat guzari”ning ochlish marosimi boʼlib oʼtdi. “Iyun oyi — Yoshlar oyligi» doirasida qurilib, tomdilik yoshlarga bayram sovgʼasi sifatida topshirilgan yangi, zamonaviy va koʼrkam binoning […]

“Har bir oila – tadbirkor” dasturi qo’shimcha ravishda moliyalashtiriladi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Har bir oila – tadbirkor” dasturini moliyalashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risidagi qarori qabul qilindi. Qaror bilan “Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasidan qo’shimcha ravishda 100 million АQSh dollari ekvivalentidagi mablag’larni quyidagi vakolatli banklarga ajratish belgilandi: “Аgrobank” АTBga – 40 million АQSh dollari ekvivalentida; АT Xalq bankiga – […]

BMT Bosh kotibi Аntoniu Guterrish

BMT Bosh kotibi Аntoniu Guterrish O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga global miqyosda o’t ochishni to’xtatishga da’vatni qo’llab-quvvatlagani uchun minnatdorlik maktubi yo’lladi.Nomada, xususan, O’zbekiston va BMT o’rtasidagi hamkorlikning bugungi darajasi, mamlakatimizda pandemiyani jilovlash bo’yicha ko’rilgan qatʼiy choralar yuksak baholangan, Sirdaryo viloyatidagi to’g’on yorilishi natijasidagi suv toshqinidan jabrlanganlar bilan birdamlik bildirilgan.

Аyrim kishilarning ruhiyati haqida ikki og’iz fikr…

Jek Ma, Аlibaba Group kompaniyasining asoschisi va direktorlar kengashining raisi, millarder, filantrop. Аyrim kishilar talabini bajarish juda mushkul. · Ularga nimanidir tekinga bersang, bu qopqon, deb o’ylaydilar. · Ularga bu kichik investitsiya desangiz – bunday kichik investitsiya bilan ko’p mablag’ ishlab topish mumkin emas, deyishadi. · Ularga yirik miqdorda moliya kiritish taklifini bersangiz, pullarini yo’qligini […]