“YOSHLAR – KELAJAGIMIZ” JAMG‘ARMASI JIZZAX VILOYATI KO’P TARMOQLI TEXNOLOGIK PARKLARI YAGONA DIREKSIYASI” masʼuliyati cheklangan jamiyati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 23 noyabrdagi “Jizzax viloyatining tadbirkorlik va investitsiya salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 936-sonli qarori ijrosi yuzasidan Jizzax viloyati, Sh.Rashidov tumani, Togʼchilik MFY hudidida, Do‘stlik tumani, А.Navoiy MFY hududida, Zomin tumani, Qo‘rg‘on MFY hududida ko‘p tarmoqli texnologik parklarni qurish uchun qurilish tashkilotlariga qurilishning boshlang‘ich narxini pasaytirib borish tartibida tanlov eʼlon qiladi (tanlov hujjatlarini oxirgi qabul kuni, eʼlon qilingan kundan 10 kalendar kuni mobaynida, o‘ninchi kun ham kiradi).

Sh.Rashidov tumanidagi obʼekt qurilishining boshlang‘ich bahosi
17 747 547 729 (o‘n yetti milliard yetti yuz qirq yetti million besh yuz qirq yetti ming yetti yuz yigirma to‘qqiz) so‘m 00 tiyin.

Do‘stlik tumanidagi obʼekt qurilishining boshlang‘ich bahosi 13 910 855 800 (o‘n uch milliard to‘qqiz yuz o‘n million sakkiz yuz ellik besh ming sakkiz yuz) so‘m 00 tiyin.

Zomin tumanidagi obʼekt qurilishining boshlang‘ich bahosi 18 361 656 381 (o‘n sakkiz milliard uch yuz oltmish bir million olti yuz ellik olti ming uch yuz sakson bir) so‘m 00 tiyin.

Tanlovda ishtirok etish uchun murojaat xati bilan quyidagi hujjatlar konvertda yopiq holda, imzo va muxr bilan tasdiqlangan holatda taqdim etilishi lozim:

— tashkilot guvohnomasi va nizomi (ustavi);

— oxirgi 3 yillik balans hisoboti (barcha ilovalari va soliqdan hisobot qabul qilinganligi to‘g‘risidagi elektron maʼlumotnoma bilan);

— muddati 90 kundan o‘tgan debetor va kreditorlik qarzlari to‘g‘risida maʼlumot;

— asosiy vositalari yoyilmasi;

— qurilish bo‘yicha mutaxassislarning shtat birligi va ushbu shtatlardagi xodimlar to‘g‘risida ma’lumot;

— So‘ngi bir yilda amalga oshirilgan qurilish ishlari bo‘yicha buyurtmachi tavsifnomasi;

Manzil — Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Qatartol ko‘chasi, 60B-uy,
3-qavat, 310-xona. Murojaat uchun telefonlar: 99 001-71-73, 97 770-56-29.

Leave a comment

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *